Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Professor
 
U sakkiz yoshda edi. Shifoxonadan telegramma keldi. Rus muhojiri 
boʻlgan  otasi  ingliz  tilida  oʻqiy  olmaganligi  sababli  yangilikni 
Morrining  oʻzi  maʼlum  qilishiga  toʻgʻri  keldi.  U  onasining  oʻlimi 
haqidagi xabarnomani doskaga chiqarilgan oʻquvchidek tutilib-tutilib 
oʻqidi. “Chuqur hamdardligimizni bildirgan holda, sizga shuni maʼlum 
qilamizki...”  —  oʻqishni  boshladi  Morri.  Dafn  marosimi  kuni  tongda 
Morrining  qarindoshlari  Manxettenning  quyi  sharqiy  qismidagi 
qashshoq  mavzeda  joylashgan  koʻp  qavatli  binoning  zinalaridan 
birma-bir  tushib  keldi.  Erkaklar  qora  kostyum-shimda,  ayollar  esa 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
56
 
boshlariga qora toʻr yopinchiq tashlab olgandi. Maktabga yoʻl olgan 
qoʻshni  bolalar  ularning  yonidan  oʻtganda  Morri  yerga  qarab  olar, 
chunki  sinfdoshlari  uni  bu  ahvolda  koʻrib  qolishlaridan  uyalar  edi. 
Morrining  xolalaridan  biri 
–  toʻlachadan  kelgan  ayol  uni  bagʻriga 
bosib, sannay ketdi: 
–  Onasiz  qolgan  bolaginam,  endi  nima  qilasan?  Shu  kunlar  ham 
bormidi boshingda? Holing ne kechadi endi? 
Morri hoʻngrab yigʻlab yubordi. Sinfdoshlari esa qochib ketdi. 
Qabristonda  Morri 
onasining  qabrini  tuproq  bilan  koʻmishlarini 
tomosha  qilib  turdi.  U  hayotligida  birga  oʻtkazgan  baxtiyor  onlarni 
eslashga urindi. Onasi betob boʻlib, yotib qolishidan avval shirinliklar 
doʻkonini  yuritardi.  Xastalikka  chalinganidan  keyin  esa  koʻp  vaqtini 
u
xlash  yoki  derazadan  tashqariga  termilib  oʻtirish  bilan  oʻtkazardi; 
deraza  yonida  u  juda  nimjon  va  oriq  koʻrinardi.  Baʼzan  u  oʻgʻliga 
dorilarini keltirishni aytib qichqirardi, koʻchada toʻp changitib yurgan 
kichkina  Morri  oʻzini  eshitmaganlikka  solardi.  Xayolida,  kasallikka 
eʼtibor bermasa, u oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadigandek tuyulardi. 
Bolakay boshqa qanday usulda xastalikka qarshi turishi mumkin? 
Morrining  otasini  hamma  Charli  deb  chaqirardi.  U  Rus  armiyasida 
xizmat  qilishdan  qochib,  Amerikaga  kelib  qolga
ndi.  U  moʻynachilik 
sohasida  ishlar,  ammo  tez-
tez  ishsiz  qolardi.  Tayinli  oʻqimagan, 
ingliz tilida bazoʻr gapiradigan otasi nihoyatda qashshoq kishi boʻlib, 
oila  asosan  davlat  tomonidan  beriladigan  moddiy  yordam  hisobiga 
kun  kechirardi.  Ular  shirinliklar  d
oʻkonining  orqa  tomonida 
joylashgan  qorongʻi,  tor  va  zimiston  uyda  yashardi.  Pul  faqat 
roʻzgʻordagi  eng  kerakli  narsalarga  yetardi,  xolos.  Mashinali  boʻlish 
ular uchun orzu edi. Baʼzan bir oz pul ishlab olish maqsadida Morri 
ukasi  Devid  bilan  odamlarning  uyi  oldidagi  zinalarni  besh  sentga 
yuvib berishardi. 
Onasining  vafotidan  soʻng  bolakaylarni  Konnektikut  oʻrmonlarida 
joylashgan kichkina mehmonxonaga yuborishdi. Mehmonxona katta 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
57
 
yogʻoch  uy  boʻlib,  u  yerda  bir  nechta  oila  ijarada  turar  va  umumiy 
oshxonadan  foydalanar  edi.  Qarindosh-
urugʻlar  bolalar  uchun  toza 
havo  foydali  boʻladi  degan  toʻxtamga  kelgandi.  Morri  va  Devid 
umrlari bino boʻlib, buncha koʻp oʻsimliklarni koʻrmaganliklari sababli 
kun  boʻyi  daladan  beri  kelmay  yugurib,  oʻynab  yurishardi.  Bir  kuni 
kechki  ovqatdan  keyin  ular  sayrga  chiqishgandi 
–  yomgʻir  sharros 
quyib  yubordi.  Lekin  ular  uyga  qaytish  oʻrniga,  soatlab  yomgʻirda 
chopqillab, jiqqa hoʻl boʻlishdi. 
Ertasi kuni uygʻonishganda, Morri yotogʻidan sakrab turdi. 
– Boʻlaqol, tur oʻrningdan, — dedi u ukasiga. 
– Turolmayman. 
– Bu nima deganing? 
Devidning yuzini vahima egalladi. 
– Men...qimirlayolmayapman. 
U poliomiyelit kasalligiga chalingandi. 
Albatta,  xastalikning  sababchisi  yomgʻir  emasdi.  Biroq  Morrining 
yoshidagi bolakay qayerdan ham buni tushunsin. Ancha vaqtgacha 
ukasining  uy  va  ixtisoslashtirilgan  shifoxona  oʻrtasida  sargardon 
qatnashi  va  oyoqlariga  maxsus  moslama  taqib  yurishga  majbur 
boʻlganidan  oqsoqlana  boshlaganini  koʻrib,  Morri  oʻzini  aybdor  his 
qilardi. 
Mazkur  voqealar  taʼsirida  Morri  ertalablari  sinagogaga  qatnay 
boshladi. Otasi xudojoʻy kishi boʻlmagani sababli ibodat qilishga bir 
oʻzi  borardi.  Uzun  qora  paltoli  kishilar  safida  turib,  Xudodan 
marhuma onasi va betob ukasini oʻz panohida asrashini soʻrardi. 
Tushdan  keyin  esa  metroning  kirish  eshigida  jurnal  sotib,  topgan-
tutganini oziq-ovqat olish uchun oilasiga keltirib berardi. 
Kechki payt jimgina ovqatini yeyayotgan otasini kuzatar, uning biror 
bir  shirin  soʻz  aytishi,  mehr,  eʼtibor  koʻrsatishidan  behuda  umidvor 
boʻlardi. 
Toʻqqiz yoshida yelkasida togʻdek yukni koʻtarib yurgandek sezardi 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin