Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
45
 
Agar seshanba boʻlsa, senga. Chunki biz seshanba odamlarimiz. 
Men jilmaydim. Seshanba odamlari. 
–  Mich,  shundan  ortiq  oʻzimga achinishim mumkin  emas.  Har  tong 
oz-ozdan, bir-
ikki tomchi koʻz-yosh toʻkaman, boʻldi. 
Men  tonglari  soatlab  oʻz  qadriga  achinib  oʻtiradigan  tanishlarimni 
yodga  olaman.  Oʻzingga  achinishning  kunlik  miqdoriga  cheklov 
qoʻyish  qanchalar  foydali  boʻlardi.  Bir  necha  daqiqa  koʻz  yosh 
toʻkasan, keyin yana kundalik hayotingni davom ettiraverasan. Agar 
shunday  dahshatli  xastalikka  chalingan  Morri  buni  uddalayotgan 
boʻlsa… 
–  Xastaligimni  dahshatli  deb  hisoblasanggina,  u  dahshat  soladi,  –  
dedi  Morri. 
–    Jismim  qovjirab,  yoʻq  boʻlib  ketayotganini  kuzatish 
dahshatli.  Boshqa  tomondan,  u  menga  hamma  bilan  xayrlashish 
uchun  vaqt  berayotgani  quvonarli, 
–    jilmaydi  u.  –    Hamma  ham 
menchalik omadli emas. 
Men  uni  diqqat  bilan  kuzatdim:  oʻrnidan  turish,  yuvinish  va  hatto 
shimini  koʻtarib qoʻyishni  ham  eplolmaydi. Shumi  omad?  Nahotki u 
buni chindan ham omad deb bilsa? 
Tanaffus  paytida 
–  Morri  hojatxonaga  chiqqanida,  uning  kursisi 
yonida  yotgan  Boston  gazetasini  varaqladim.  Unda  bir  kichik 
shaharcha
da  ikki  nafar  oʻsmir  qiz  ular  bilan  doʻstlashgan  yetmish 
uch  yoshli  qariyani  qiynab  oʻldirib,  keyin  uning  uy-vagonida 
doʻstlariga  bazm  uyushtirib,  murdani  kelganlarga  koʻz-koʻz  qilib, 
qilgan  ishlaridan  maqtangani  haqidagi  maqolaga  koʻzim  tushdi. 
Boshqa  maq
olada  bir  erkak  unga  telekoʻrsatuv  orqali  sevgi  izhor 
qilgan gey  kishini  oʻldirgani  va  tez  orada  uning  ishi  sudda  koʻrilishi 
haqida hikoya qilingandi. 
Gazetani  joyiga  qoʻydim.  Har  doimgidek  yuzidan  tabassum 
arimaydigan  Morrini  xonaga  surib  olib  kirishdi,  K
onni  uni  koʻtarib, 
nogironlar aravachasidan yumshoq kresloga oʻtqazib qoʻyish uchun 
egildi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
46
 
– Istasangiz, men oʻtqazib qoʻyaman? –  dedim men. 
Oraga  bir  lahza 
jimlik  choʻkdi,  nega  toʻsatdan  bunday  taklif 
bildirganimni oʻzim ham bilmasdim. Biroq Morri Konniga qaradi va: 
– Qanday qilishni unga koʻrsatib yuborasanmi? –  deb soʻradi. 
– Albatta, –  javob qildi Konni. 
Uning  koʻrsatmalariga  amal  qilgan  holda  ikki  qoʻlimni  Morrining 
qoʻltiqlari  ostidan  oʻtkazib  birlashtirdim  va  katta  bolorni  tagidan 
ushlab koʻtargandek uni oʻzimga tortdim. Keyin esa qaddimni tiklab, 
uni  koʻtardim.  Odatda  biror  kishini  koʻtarganingizda,  ularning 
yiqilmaslik  uchun  qoʻllari  bilan  boʻyningizdan  quchoqlab  olishini 
kutasiz,  ammo  Morri  bunday  qilolmasdi.  U  jonsiz  yukdek  tuyulardi, 
uni koʻtarganimda boshi ohista yelkamga urildi, tanasi oʻta yumshoq 
ulkan nondek shalvirab qolgandi.  
– Aaaahhh, –  sekin ingradi Morri. 
– Tutib turibman sizni, tutib turibman, –  dedim men. 
Uni  mana  shunday  bagʻrimga  bosib,  tutib  turganimda,  qalbimda 
uygʻongan  his-tuygʻularni  taʼriflab  berolmayman.  Uning  soʻlib 
borayotgan tanasida oʻlim urugʻlari nish urayotganini his qildim. Uni 
kursiga yotqizib, yostiqni boshiga toʻgʻrilab qoʻyar ekanman, achchiq 
haqiqatni 
– vaqtimiz tugab borayotganini angladim. 
Nimadir qilishim shart edi.  
1978-yil, universitetda uchinchi kurs talabasiman. Disko musiqasi va 
“Rokki”  filmi  rosa  urf  boʻlgan  paytlar.  Brandeysda  jamiyatshunoslik 
fanidan 
Morrining  “Guruhlardagi  jarayon”  nomli  noodatiy  darsida 
oʻtiribmiz. 
Har 
hafta 
guruhimizdagi 
talabalarning 
oʻzaro 
munosabatlarini  oʻrganamiz,  ular  jahl,  rashk  va  eʼtiborga  qanday 
javob  bildirishlarini  kuzatamiz.  Biz 
–    odam  qiyofasidagi  tajriba 
kalamushlari
miz.  Aksariyat  hollarda  birortamiz  yigʻlab  yuboramiz. 
Men  jamiyatshunoslik  darslariga  “taʼsirchan  va  koʻngilchan”  deb 
nom qoʻyib olganman. Morri meni teran fikrli boʻlishga chaqiradi. 
Shu  kuni  Morri  biz  uchun  mashq  tayyorlab  qoʻyganini  aytadi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
47
 
Oʻrnimizdan turib, bir kursdoshimizga orqa burishimiz va u bizni tutib 
qolishiga  ishonib,  ortga  yiqilishimiz  soʻraladi.  Koʻpchilik  ichida 
oʻngʻaysizlanadi, orqaga bir-ikki dyuym ogʻib, keyin yiqilishdan oʻzini 
toʻxtatib  qoladi.  Xijolat  ichida  kulamiz.  Va  nihoyat,  ozgʻin,  kamgap, 
qora sochli, deyarli har doim baliqchinikidek keng oq jemferlar kiyib 
yuradigan  qiz  qoʻllarini  koʻksiga  chalishtirib,  koʻzlarini  yumgancha 
oʻzini orqaga tashlaydi, xuddi Lipton choyi reklamasidagi model qiz 
oʻzini suvga tashlagandek. 
Bir soniya 
u yerga gursillab tushadigandek tuyuladi menga. Soʻnggi 
lahzalarda  sherigi  uning  boshi  va  yelkalaridan  tutib  qolib,  yuqoriga 
itaradi. 
–  Uxxxx,  –    baqirib  yuboradi  bir  nechta  talaba.  Baʼzilar  qarsak 
chaladi. Morri tabassum qiladi. 
–  Koʻrdingmi,  –    deydi  u  qizga,  –    sen  koʻzingni  yumding. 
Boshqalardan  farqing  shunda  edi.  Baʼzida  koʻzimiz  bilan  koʻrib 
turgan  narsalarimizga  ishonolmaymiz,  shunda  ichki  tuygʻularimizga 
suyanishga  toʻgʻri  keladi.  Oʻzgalar  sizga  ishonishini  xohlasangiz, 
oʻzingiz  ham  ularga  ishona  olishingizni  his  qilishingiz  kerak: 
koʻzingizni  chirt  yumuq  boʻlsa  ham,  hatto  qulayotgan  paytingizda 
ham. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin