Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
ochkoʻzlarcha yopishishlarini tasavvur qildim.
– Mich? — chaqirdi Morri.
Men boshimni silkib tashlab, hech nima deb javob qilmadim. Biroq
Morri mendagi parishonlikni sezdi.
– Mich, — dedi u. — Jamiyatimiz oʻlim toʻshagiga
mixlanmaguningcha bunday narsalar haqida fikr yuritishingga yoʻl
qoʻymaydi. Biz shaxsiy manfaatlarimiz domiga tushib qolganmiz:
mansab, oila, pul topish, ipoteka qarzlarini qaytarish, yangi mashina
olish, buzilgan isitish radiatorimizni tuzatish
– boʻsh qolmaslik uchun
millionlab mayda-
chuyda ishlarga koʻmilib yashayveramiz. Bir nafas
tin olib, hayotimizga tashqaridan nazar tashlab, oʻz-oʻzimizga savol
berishga odatlanmagan
miz: “Bor-yoʻgʻi shumi? Men istagan
narsalarning bari shumi? Nimadir yetishmayotganmikan?”
U bir oz jim qoldi.
– Bu yoʻnalishda fikrlash uchun kimdir senga turtki boʻlishi kerak. Bu
oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan jarayonmas.
Men uning nima demoqchi boʻlayotganini bilardim. Bu hayotda
hammamiz ustozga muhtojmiz. Meniki qarshimda oʻtirardi.
“Boʻpti, — oʻyladim men, — talaba boʻlish peshonamga bitilgan
ekan, imkonim yetgancha yaxshi talaba boʻlishga harakat qilaman”.
Oʻsha kuni samolyotda uyga qaytar ekanman, sariq yon
daftarchamga
ichimizda
barchamizni
qiynaydigan
masalalar
roʻyxatini yozib chiqdim: baxt, keksayish, farzandli boʻlishdan
boshlab to oʻlimgacha. Albatta, oʻz-oʻzimizni anglash uchun ushbu
mavzularda minglab kitoblar yozilgan, bir dunyo telekoʻrsatuvlar bor,
soati 9 dollar turuvchi maslahat darslari mavjud. Amerika oʻz-oʻziga
yordam berish sohasida naq fors bozoriga aylangan.
Shunday boʻlsa-da, aniq-tiniq javoblar yoʻq edi. Atrofingdagilar
haqida qaygʻurishing kerakmi yoki “ichingdagi bolakay” parvarishiga
eʼtibor berishing lozimmi? Anʼanaviy qadriyatlarga qaytish lozimmi
yoki urf-odatlarni befoydaga chiqarib, ulardan voz kechish kerakmi?
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
51
Muvaffaqiyatga intilish kerakmi yoki oddiylikkami? Shunchaki, “Yoʻq”
deyishni oʻrgangan yaxshimi yoki gap-soʻzlarni yigʻishtirib, ishga
kirishgan afzalroqmi? Men bir narsani aniq bilardim: keksa
professorim Morri oʻz-oʻziga yordam berish biznesida emasdi. U
relsda turib, oʻlim parovozining hushtagini tinglar va hayotdagi
ahamiyatli narsalar haqida aniq tasavvurga ega edi.
Menga shu aniqlik zarur edi. Yoʻlini yoʻqotgan va shubha-gumonlar
girdobida azoblanib yurgan qalblarning har biri shu aniqlikka muhtoj
edi.
– Istagan mavzuyingda savol ber, — derdi Morri doim.
Shu sababli
quyidagi roʻyxatni tuzdim:
Oʻlim
Qoʻrquv
Keksayish
Nafs
Nikoh
Oila
Jamiyat
Kechirimlilik
Mazmunli umr
Avgust oxirlari, seshanba kuni Gʻarbiy Nyutonga toʻrtinchi bor
kelayotganimda sumkamda shu roʻyxat yotardi. Oʻsha kuni Logan
aeroportida konditsioner buzilgan ekan, odamlar yelpinib, jahl bilan
peshonalaridan oqayotgan terni artishar va kimga koʻzim tushmasin,
hammasining yuz ifodasidan kimnidir boʻgʻizlab qoʻyishga tayyorligi
bilinib turardi.
Toʻrtinchi kurs boshiga kelib, men jamiyatshunoslik fanidan shu
qadar koʻp darslarga qatnashdimki, diplom olishim uchun faqat bir
necha kredit yetmayotgan edi xolos. Buni koʻrgan Morri aʼlo darajali
diplom olish uchun qiyinroq diplom ishi yozishni taklif etadi.
– Men, a? — soʻrayman undan, — nima haqida yozaman?
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
52
– Qaysu mavzu sen uchun qiziq? — deydi u.
Bir dunyo gʻoyalarni koʻrib chiqib, mavzu qurib qolgandek, sportga
toʻxtalamiz. Men “Futbol qanday qilib Amerikada xalq uchun afyun,
yaʼni sal kam din darajasidagi muhim udumga aylangan?” degan
mavzuda bir yillik diplom
ishimni boshlayman. Bu narsa boʻlajak
kasbim uchun tayyorlov kursi ekani xayolimga ham kelmaydi.
Bilganim, shu narsa menga Morri bilan har haftalik suhbatlarimizni
davom ettirishga imkon beradi.
Bahor kelishiga uning yordamida izlanishlarim natijalari, iqtiboslar va
dalillar bilan hujjatlashtirilgan hamda qora charm muqovaga
yaxshilab tikilgan 112 varaqlik diplom ishimni tugataman. Ilk marta
gol urgan yosh futbolchidek, uni faxr bilan Morriga koʻrsataman.
– Tabriklayman, — deydi Morri.
U ishimni varaqlar ekan, men yuzimda masrur tabassum bilan uning
xonasidagi narsalarga nazar solaman. Kitob javonlari, parket pol,
gilam, divan. Ichimda “Xonaning qay nuqtasida oʻtirish imkoni
boʻlsa, hammasida oʻtirib chiqqanman” deyman oʻzimga.
– Biror nima deyishga tilim ojiz, Mich, — oʻychan holda koʻzoynagini
toʻgʻrilaydi Morri, — bunday yaxshi yozilgan ish bilan seni
magistrlikka olib qolmasak gunoh boʻladi.
– Boʻlmasam-chi, — deyman men.
Miyigʻimda kulib qoʻysam-da, u aytgan fikr menga moydek yoqib
tushadi. Bir tomondan,
universitetni tark etishni oʻylasam, qoʻrquvga
tushaman. Boshqa tomondan esa tezroq joʻnab qolsam deyman.
Qarama-
qarshiliklar tortishuvi. Diplom ishimni oʻqiyotgan Morrini
kuzata turib, katta hayotga qadam qoʻyish qanday boʻlishi haqida
xayol suraman.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
Dostları ilə paylaş: |