Моррининг сешанба дарслари


Koʻrgazmali qurollar: ikkinchi qism



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Koʻrgazmali qurollar: ikkinchi qism
 
Morri  intervyu  bergan  birinchi  koʻrsatuv  katta  muvaffaqiyat 
qozongani  sababli  “Tungi  xabarlar”  uning  ikkinchi  qismini  ham 
olishga  qaror  qildi.  Bu  safar  eshikdan  kirib  kelgan  operator  va 
prodyuserlar  oʻzlarini  Morrining  oila  aʼzolaridek  his  qilardi.  Koppel 
ham  oʻzini  oldingidan  koʻra  ancha  doʻstona  tutardi.  Sinov  jarayoni 
ham,  suhbatdan  oldingi  suhbat  ham  boʻlmadi.  Gap  gapga 
qovushishi  uchun  avvaliga  Morri  va  Koppel  bolalik  xotiralari  bilan 
boʻlishishdi:  Koppel  Angliyada  tugʻilib-oʻsganini  gapirib  berdi,  Morri 
esa  Bronksda  katta  boʻlgani  haqida  soʻzladi.  Morri  doim  sovuq 
qotardi,  hatto  tashqarida  toʻqson  daraja  issiq  boʻlsa  ham,  shuning 
uchun  uzun  yengli  koʻk  koʻylak  kiyib  olgandi.  Biroq  Koppel 
kostyumini yechib qoʻyib, suhbatni koʻylak va boʻyinbogʻda oʻtkazdi. 
Morri uni sekin-asta, birma-
bir qurolsizlantirayotganga oʻxshardi. 
–  Koʻrinishingiz  chakkimas,  —  dedi  Koppel,  kamera  tasmalari 
aylana boshlagach. 
– Hamma shunday deydi, — javob qaytardi Morri. 
– Gapirishingiz ham tetik. 
– Hamma shunday deydi. 
– Unda sogʻligʻingiz orqaga ketayotganini qayerdan bilasiz? 
Morri xoʻrsindi. 
–  Oʻzimdan  boshqa  hech  kim  buni  bilolmaydi,  Ted.  Faqat  oʻzim 
bilaman. 
Morri  gapida  davom  etarkan, 
hammasi  oydinlashib  borardi.  U  oʻz 
fikrini  yetkazish  uchun  qoʻllarini  birinchi  suhbatdagichalik  bemalol 
silkitmayotgandi.  Maʼlum  bir  soʻzlarni  talaffuz  qilishga  qiynalar,  “L” 
tovushi uning boʻgʻzida qolib ketayotgandek edi. Yana bir-ikki oydan 
keyin u mutlaqo tildan qolishi mumkin edi. 
–  Kayfiyatimga  kelsak,  —  dedi  Morri  Koppelga,  —  tanishlarim  va 
doʻstlarim  yonimda  boʻlganda,  oʻzimni  juda  yaxshi  his  qilaman. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
54
 
Mehrga  toʻla  munosabatlar  menga  madad  beradi.  Ammo 
tushkunlikka tushgan kunlarim ham boʻladi. Sizni aldab nima qildim. 
Sodir  boʻlayotgan  maʼlum  oʻzgarishlarni  koʻrib,  dahshatga 
tushaman.  Qoʻllarimsiz  qanday  yashayman?  Tildan  qolsam  nima 
boʻladi? Ovqatni yuta olmay qolish meni unchalik bezovta qilmaydi, 
chunki u holatda meni, shunchaki, naycha orqali boqishadi, tamom, 
nima boʻpti shunga? Biroq, ovozim? Qoʻllarim? Ular tanamning oʻta 
ahamiyatli  qismlari.  Ovozim  bor  ekan,  gapiraman.  Qoʻllarim  ishlab 
turarkan, fikrimni turli harakatlar, ishoralar orqali yetkazaman. Bular 
men uchun odamlar bilan muloqot vositalari. 
– Tildan qolganingizda qanday muloqot qilasiz? — soʻradi Koppel. 
Morri yelka qisdi. 
–  Balki  hammadan  menga  faqat  javobi  “Ha”  yoki  “Yoʻq”  boʻlgan 
savollar berishni soʻrarman. 
Javob  shu  qadar  oddiy  ediki,  Koppel  beixtiyor  jilmaydi.  U  Morridan 
jimjitli
k  haqida  soʻradi.  U  Morrining  hikmatli  soʻzlarini  ilk  marta 
“Boston  Gloub”  nashriga  yuborgan  hamkasb  qadrdon  doʻsti  Mori 
Shteynni  yodga  oldi.  Ular  Brandeysda  60-yillar  boshlaridan  beri 
birga  ishlardi.  Hozirda  Shteyn  sekin-asta  eshitish  qobiliyatidan 
ayrilayotgandi.  Koppel  biri  tildan  qolgan,  boshqasi  esa  eshitish 
qobiliyatini  yoʻqotgan  ikki  kishining  uchrashuvini  tasavvur  qildi. 
Uchrashuv qanday oʻtarkan? 
–  Bir-birimizning  qoʻlimizni  tutib  oʻtiramiz,  —  dedi  Morri.  —  Va 
oʻrtamizda cheksiz mehr-muhabbat oqimi suzadi. Ted, bizning oʻttiz 
besh yillik doʻstligimiz bor. Buni his qilish uchun soʻz ham, eshitish 
ham shart emas. 
Koʻrsatuv  tugashidan  oldin  Morri  olgan  xatlaridan  birini  Koppelga 
oʻqib berdi. “Tungi xabarlar”dagi birinchi suhbatdan keyin unga juda 
koʻp xat kelardi. Bir xat Pensilvaniyada ota-onasidan birining oʻlimini 
boshidan kechirgan toʻqqizta bolakaydan iborat maxsus sinfga dars 
beruvchi oʻqituvchidan kelibdi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
55
 
– Mana unga yozgan javobim, — dedi Morri Koppelga, koʻzoynagini 
burniga ehtiyotkorona qoʻndirarkan. — Qadrli Barbara...Xatingizdan 
juda  taʼsirlandim.  Ota-onasidan  birini  yoʻqotgan  bolalar  bilan 
ishlayotganingiz  katta  ahamiyatga  molik  deb  oʻylayman.  Men  ham 
onamdan juda erta ajralib qolganman… 
Birdaniga,  hali  ham  gʻuvillab  aylanib  turgan  kameralar  qarshisida, 
Morri  koʻzoynagini  toʻgʻriladi.  Bir  oz  jimib  qoldi,  labini  tishladi  va 
boʻgʻziga tiqilib kelgan tugundan xalos boʻlish uchun yutina boshladi. 
Koʻzlaridan yosh dumaladi. 
–  Bolaligimda onamni yoʻqotganman… Bu men uchun qattiq zarba 
boʻlgan...Oʻshanda  men  ham  siznikidek  qaygʻularim  bilan  boʻlisha 
oladigan  guruhda  oʻqiganimda  edi.  Men,  albatta,  guruhingizga 
qoʻshilgan boʻlardim chunki... 
Uning ovozi titrab ketdi. 
– Chunki men shu qadar yolgʻiz edimki… 
– Morri, — dedi Koppel. — Onangiz vafot etganiga yetmish yil boʻldi. 
Hali ham qaygʻudan azob chekasizmi? 
– Boʻlmasam-chi, — shivirladi Morri. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin