Моррининг сешанба дарслари


Toʻrtinchi seshanba: oʻlim haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Toʻrtinchi seshanba: oʻlim haqida suhbatlashamiz
 
–  Kel,  mana  bu  fikrdan  boshlaymiz,  –  dedi  Morri,  –  hamma 
q
achondir oʻlishini biladi, lekin hech kim bunga ishonmaydi. 
Bu seshanba Morri toʻgʻri maqsadga oʻtdi. Suhbatimiz mavzusi oʻlim 
–  roʻyxatimdagi  birinchi  masala  edi.  Men  yetib  kelgunimcha,  Morri 
unutib qoʻymaslik uchun baʼzi fikrlarini bir nechta mayda oq qogʻoz 
boʻlaklariga  yozib  qoʻyibdi.  Yozayotganda  qoʻli  qaltirar,  qingʻir-
qiyshiq husnixatini endilikda oʻzidan boshqa hech kim tushunmasdi. 
Mehnat kuni yaqinlashib qolgan, kabinet derazasidan orqa hovlidagi 
ismaloqrang  devordaraxt  koʻrinib  turar  va  maktab  boshlanishidan 
oldin  erkinlikdagi  soʻnggi  haftada  koʻcha  changitib  oʻynayotgan 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
61
 
bolalarning qiyqirigʻi eshitilib turardi. 
Detroytda  esa  nashriyot  ish  tashlovchilari  rahbariyatga  qarshi 
kurashda  kasaba  uyushmasi  bilan  hamjihat  ekanliklarini  bildirish 
maqsadida  bayram  kuniga  yirik  namoyish  tayyorlayotgandi.  Parvoz 
vaqtida,  uxlab  yotgan  turmush  oʻrtogʻi  va  ikki  nafar  qizini  otib 
oʻldirgan va bu ishni ularni “yomon odamlardan” himoya qilish uchun 
qilganini  taʼkidlagan  ayol  haqida  oʻqidim.  Kaliforniyada  O.  J. 
Simpsoning  huquqshunoslari  naq  mashhur  yulduzlarga  aylanib 
borayotgandi. 
Bu yerda 
– Morrining kabinetida esa hayot tamomila oʻzgacha ruhda 
davom  etardi:  oʻtayotgan  har  bir  kun  bebaho  edi.  Uyni  toʻldirib 
turgan eng yangi uskuna 
– kislorod uzatuvchi qurilmadan bir-ikki fut 
masofada  yonma-
yon  oʻtirardik.  Kichkinagina  koʻchma  qurilmaning 
balandligi  tizzagacha  kelardi.  Baʼzan  tunlari  Morri  yetarlicha  havo 
yutolmay  qolganida,  qurilmaning  uzun  plastik  naychalarini  burniga 
zulukdek  mahkamlab  qoʻyardi.  Morrining  biror  uskunaga  ulab 
qoʻyilgani  haqidagi  fikrning  oʻziyoq  menga  tinchlik  bermagani 
sababli  Morrining  gaplariga  quloq  tutar  ekanman,  qurilmaga 
qaramaslikka urinardim. 
– Hamma qachondir oʻlishini biladi,  – takrorladi u, – lekin hech kim 
bunga  ishonmaydi.  Agar  ishonganimizda  edi,  butunlay  boshqacha 
hayot kechirgan boʻlardik. 
– Demak, biz oʻlim borasida oʻzimizni aldaymiz, – dedim men. 
–  Ha.  Lekin  bundan  yaxshiroq  yondashuv  ham  mavjud.  Oʻlishingni 
anglash  va  istalgan  payt  oʻlishga  tayyor  boʻlish.  Shunisi  afzalroq. 
Mazku
r  yondashuv  senga  oʻz  hayotingda  sodir  boʻlayotgan 
jarayonlarda faolroq qatnashish imkonini beradi. 
– Lekin qanday qilib oʻlimga tayyor boʻlish mumkin? 
–  Buddistlar  kabi  yasha.  Har  kuni  sendan:  “Oʻsha  kun  bugunmi? 
Tayyormanmi? 
Bajarishim 
zarur 
boʻlgan 
barcha 
ishlarni 
qilyapmanmi?  Oʻzim  xohlagan  inson  boʻla  olyapmanmi?”,  deb 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
62
 
soʻraydigan qushcha oʻtirsin yelkangda. 
Morri xuddi ayni paytda yelkasiga qushcha qoʻnib turgandek boshini 
bir tomonga burdi. 
– Bugun mening soʻnggi kunimmi? – soʻradi u. 
Morri  turli  dinlardagi  qarashlarni  osongina  oʻzlashtirib  olgandi.  U 
yahudiy boʻlib dunyoga kelgan, biroq qisman bolaligida sodir boʻlgan 
voqealar sababli, oʻsmirlik davrida agnostga aylangandi. U buddizm 
va  nasroniylikning  baʼzi  aqidalarini  yoqtirsa-da,  madaniy  jihatdan 
Yahudiylik  dinida  oʻzini  uyidagidek  erkin  his  etardi.  Dinlar  borasida 
kallavaramligi  uni  yillar  davomida  oʻqitgan  talabalarining  fikrlariga 
bagʻrikenglik bilan qarashiga imkon berardi. Umrining oxirgi oylarida 
gapirayotgan gaplari turli diniy tafovutlarning barchasidan yuqoriroq 
turadigandek tuyulardi. Oʻlim koʻp narsalarga qodir. 
–  Haqiqat  shuki,  Mich,  –  dedi  u,  –  oʻlishni  oʻrgangan  kuning 
yashashni ham oʻrganasan. 
Men bosh irgʻatdim. 
–  Yana  takrorlayman,  –  taʼkidladi  u,  –  oʻlishni  oʻrgangan  kuning 
yashashni ham oʻrganasan. 
U  jilmaydi  va  men  uning  bu  soʻzlarni  takrorlashdan  maqsadi  nima 
ekanini  tushundim.  Morri  oʻzimdan  soʻrab  meni  xijolat  qilmasdan, 
uning soʻzlarini anglaganimga ishonch hosil qilayotgandi. Aynan shu 
odati uni yaxshi oʻqituvchiga aylantirgan xislatlardan biri edi. 
–  Betob  boʻlib  qolishingizdan  oldin  ham  oʻlim  haqida  koʻp 
oʻylarmidingiz? — soʻradim undan. 
–  Yoʻq,  —  jilmaydi  Morri.  —  Men  ham  boshqalar  kabi  edim. 
Gʻayratim  ichimga  sigʻmay  ketgan  kunlarning  birida  bir  doʻstimga: 
“Men sen umring davomida uchratgan eng sogʻlom chol boʻlaman!” 
— deb yuborganman. 
– Nechchi yoshda edingiz oʻshanda? 
– Oltmishdan oshgandim. 
– Nekbin boʻlgan ekansiz-da. 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin