Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
65
sababli ham tabiat menga nihoyatda maftunkor boʻlib tuyuladi, xuddi
uni ilk marta koʻrayotgandek.
Morri jimib qoldi. Bir muddat ikkimiz ham derazadan tashqariga
tikilib turdik. Men u koʻrayotgan narsalarni koʻrishga urindim. Vaqt va
fa
sllar almashinuvini, oʻzimga sezdirmay sekin-asta oʻtib ketayotgan
umrimni koʻrishga urindim. Morri boshini bir oz egib, yelkasi
tomonga qayrildi.
– Qushcha, oʻsha kun bugunmi? – soʻradi u, – bugunmi oʻsha kun?
***
“Tungi xabarlar” telekoʻrsatuvidagi chiqishlari tufayli Morriga
dunyoning turli burchaklaridan maktublar kelishi davom etardi. Morri
oʻzini yaxshi his qilgan paytlari uning doʻstlari va oila aʼzolari
maktublarga javob yozishga koʻmaklashish uchun unikida yigʻilar,
Morri javob xatlari matnini ularga aytib turardi.
Oʻgʻillari Rob va Jon ham uyda boʻlgan yakshanba kunlarining birida
hamma uy mehmonxonasiga toʻplandi. Ozgʻin oyoqlarini yopinchiq
bilan oʻrab olgan Morri nogironlar aravachasida oʻtirardi. U sovuq
yeya boshlashi bilan yordamchilardan biri yelkasiga neylon kurtka
tashlab qoʻydi.
– Birinchi maktub nima haqida? – soʻradi Morri.
Hamkasblaridan biri onasi ALS xastaligidan vafot etgan Nensi ismli
ayolning xatini oʻqib berdi. U onasini yoʻqotganidan qanchalar azob
chekkani hamda Morri qanday azoblarni boshdan kechirayotganini
tushunishi haqida yozgandi.
– Yaxshi, – dedi Morri maktub oʻqib tugatilganda. Soʻng koʻzlarini
yumdi.
– Keling, bunday boshlaymiz: “Qadrli Nensi! Onangiz
haqidagi hikoyangiz yuragimni larzaga soldi. Qanday ogʻir
sinovlardan
oʻtganingizni yaxshi tushunaman. Qaygʻu-azoblar
hammaning ham boshida bor. Ammo gʻam-qaygʻular men uchun
xayrli boʻldi. Siz uchun ham xayrli boʻladi, deb umid qilaman”.
– Menimcha, oxirgi qatorni oʻzgartirganingiz yaxshi, – dedi Rob.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
Morri bir lahza oʻyga toldi.
– Toʻgʻri aytasan. Bunday desak-chi: “Gʻam-qaygʻuda oʻzingiz uchun
malham boʻluvchi kuch topa olasiz, deb umid qilaman”. Bunisi
yaxshiroqmi?
Rob bosh irgʻatdi.
– “Tashakkur. Morri”, deb qoʻshib qoʻy, – taʼkidladi u.
Keyingi maktub Jeyn ismli ayoldan
boʻlib, ayol Morrini “Tungi
xabarlar”dagi chiqishlari bilan odamlarni ruhlantirgani uchun oʻz
minnatdorchiligini izhor etgandi. U xatida Morrini paygʻambar deb
atabdi.
– Bu juda yuksak eʼtirof, – dedi Morrining hamkasbi. – Paygʻambar!
Morrining yuzi buris
hdi. U oʻziga berilgan bahodan norozi ekani
koʻrinib turardi.
– Unga iltifot uchun minnatdorligimni yozing. Va soʻzlarim u uchun
qandaydir ahamiyat kasb etganidan xursandligimni bildiring.
“Tashakkur. Morri”, deb qoʻshib qoʻyishni ham unutmang.
Bir Angliyalik kishi xatida Morridan vafot etgan onasi bilan ruhlar
olami orqali muloqot qilishga yordam berishini soʻrabdi. Yana bir xat
Bostonga uni koʻrgani kelish niyatida boʻlgan juftlikdan kelibdi.
Universitetni tamomlaganidan keyingi hayotini tasvirlab yozgan
sobiq talabadan kelgan uzundan-uzoq maktub ham bor edi. U
qotillik haqida hikoya qilardi: xudkushlik va oʻlik tugʻilgan uchta
chaqaloq. ALS tufayli olamd
an oʻtgan onasi haqida yozibdi.
Shuningdek, onasining qizi, yaʼni oʻzi, ham shu xastalikka duchor
boʻlishi mumkinligidan qoʻrqishini bildiribdi. Maktub tugay demasdi.
Ikki bet. Uch bet. Toʻrt bet.
Morri bu uzun va gʻamgin xatni oxirigacha mijja qoqmay tingladi. Va
nihoyat u yakunlangach, past ovozda soʻradi:
– Xoʻsh, nima deb javob beramiz?
Oʻrtaga jimlik choʻkdi. Oxiri Rob:
– Uzundan-uzoq maktubingiz uchun tashakkur, desak-chi? — dedi
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
Hamma kulib yubordi. Morri oʻgʻliga qarab kulimsiradi.
Uning kursisi yonida yotgan gazeta betiga hozirgina raqib jamoani
yugurishdan
mahrum
qilib,
koptokni
tutib
olgan
Boston
beyzbolchisining tabassum qilib tushgan surati bosilgan. Shuncha
kasallik qolib, Morri aynan sportchining sharafiga nomlangan
xastalikka uchrasa-ya, dega
n oʻy oʻtadi xayolimdan.
– Lu Gerig esingizdami? — soʻrayman men.
– Stadiondagi xayrlashuv nutqini eslayman.
– Demak, oʻsha mashhur gapi ham yodingizdadir?
– Qaysi biri?
–
Qoʻysangiz-chi.
Lu
Gerig.
“Yankilar
iftixori”.
Ovozkuchaytirgichlardan aks-sado bilan jaranglagan nutqi-chi?
– Eslatib yubor menga, — deydi Morri. – Oʻsha nutqni soʻzlab ber-
chi.
Ochiq turgan derazadan axlat tashuvchi yuk mashinasining ovozi
eshitiladi. Kun issiq boʻlsa-da, Morri oyoqlarini yopinchiq bilan oʻrab,
yengi uzun koʻylak kiyib olgan. Rangi siniq. Dard uni butunlay mahv
etgan.
Ovozimni balandlatib, soʻzlari stadion devorlariga urilib, aks-sado
bergan Gerigga taqlid qilaman:
– Buu-gunnn… Men oʻzimni… yer yuzidagi… eng omadli inson deb
bilaman.
Morri koʻzlarini yumib, ohista bosh irgʻaydi.
– Ha, mayli, men bunday demaganman.
Dostları ilə paylaş: |