Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
63
– Boʻlmasam-chi? Aytdim-ku, hech kim oʻlishiga ishonmaydi.
– Lekin hammaning ham kimidir vafot etgan-ku, — dedim men. —
Nega oʻlim haqida oʻylash bu qadar mushkul?
– Chunki, — davom etdi Morri, — koʻpchiligimiz uyquda yurgandek
hayot kechiramiz. Dunyoni toʻlaligicha his qilmaymiz, chunki yarim-
uyquda yuramiz va koʻp ishlarni odatlanib qolganimizdan
bajarishimiz shartdek qabul qilamiz.
– Va oʻlim bilan yuzma-yuz kelish bu qarashlarimizni oʻzgartirib
yuboradimi?
– Albatta. Keraksiz narsalarni irgʻitib tashlab, diqqatingni faqat oʻta
ahamiyatli narsalarga qaratasan. Yaqinda oʻlishingni anglab yetgan
zahoting, hayotga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaysan.
U xoʻrsindi.
– Oʻlishni oʻrgansang, yashashni ham oʻrganasan.
U qoʻllarini qimirlatganda, ular qaltirayotganini sezdim. Koʻzoynagi
boʻyniga osib qoʻyilgandi, uni taqish uchun koʻziga olib borgandi,
koʻzoynak bir necha bor chakkasidan sirpanib oʻtib ketaverardi; u
koʻzoynakni oʻziga emas, qorongʻida boshqa birovga taqib qoʻyishga
urinayotgandek koʻrinardi. Koʻzoynak bandini qulogʻiga qoʻndirishga
yordamlashish uchun engashdim.
– Rahmat, – shivirladi Morri.
Qoʻlim uning boshiga tegganida, yuziga tabassum yugurdi.
Insonlarning arzimas darajada tegib ketishi ham unga xursandchilik
bagʻishlardi.
– Mich, senga bir narsa aytsam maylimi?
– Albatta, – dedim men.
– Bu senga yoqmasligi mumkin.
– Nega?
– Haqiqat shuki, agar chindan yelkangdagi qushchaga quloq
solsang, agar chindan ham istalgan paytda jon berishing
mumkinligini tan olsang, hozirgidek shuhratparast boʻlmasliging
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
mumkin.
Men zoʻrma-zoʻraki jilmayib qoʻydim.
– Vaqtingning koʻp qismini sarflayotgan mashgʻulotlaring –
qilayotgan ishing u qadar muhim boʻlib tuyulmasligi mumkin. Va,
ehtimol, maʼnaviy ozuqa uchun ham vaqt ajratishingga toʻgʻri kelar.
– Maʼnaviy ozuqa?
– “Maʼnaviy” soʻzini jining suymaydi, a? Buni taʼsirchanlik va
koʻngilchanlik mahsuli deb oʻylaysan.
– Shunaqaroq…
Morri koʻz qisib qoʻyishga urindi, oʻxshamadi; uning qiligʻidan oʻzimni
tutib turolmay kulib yubordim.
– Mich, – dedi u men bilan birga kular ekan, – hatto men ham
“maʼnaviy yuksalish” nima ekanligini tushunmayman. Lekin
qusurlardan holi emasligimizni aniq bilaman. Biz moddiyatga
haddan ortiq mukkasidan ketganmiz, lekin moddiyat barcha
ehtiyojlarimizni qoniqtira olmaydi. Mehrli rishtalarni, atrofimizdagi
bo
rliqni oʻz-oʻzidan mavjud boʻlishi shartdek qabul qilamiz.
U quyosh nuri tushib turgan deraza tomonga ishora qilib bosh
irgʻatdi:
– Koʻryapsanmi? Sen istalgan payt u yerga – tashqariga chiqishing
mumkin. Koʻcha boʻylab yugurishing va bundan telbalarcha zavq
olishing mumkin. Men esa bunday qilolmayman. Tashqariga chiqa
olmayman. Yugura olmayman. Har gal tashqariga chiqqanimda,
“mazam qochib qoladi” degan qoʻrquvdan yuragim titrab turadi.
Lekin bilasanmi nima? Men shu derazani sendan koʻra koʻproq
qadrlayman.
– Derazani qadrlaysiz?
– Ha. Har kuni shu deraza orqali tashqarini tomosha qilaman.
Daraxtlar oʻzgarishini, shamolning qay darajada kuchli esayotganini
ilgʻayman. Goʻyoki men shu deraza oynasidan vaqt oqimini koʻra
oladigandekman. Men vaqt-soatim bitib qolganini bilaman, shu
|