Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
58
 
oʻzini. 
Keyingi yil Morrining hayotiga xaloskor inson kirib keldi: oʻgay onasi 
Iva. U ruminiyalik muhojir boʻlib, past boʻyli, jingalak sochli, koʻrimsiz 
ayol edi. Kamida ikkita ayolning gʻayrati bor edi unda. Ayol uyda ota 
yaratgan boʻgʻiq muhitga iliq nur olib kirdi. Er jim qolganda, ayol uni 
gapga  solar,  tunlari  esa  bolalarga  qoʻshiq  kuylab  berardi.  Uning 
tinchlantiruvchi ovozi, uy vazifalarini bajarishga yordamlashishi, oʻjar 
tabiati  Morrining  koʻngliga  malham  boʻlardi.  Hali  ham  oyogʻiga 
maxsus  moslama  kiyib  yurgan  ukasi  shifoxonadan  qaytganida, 
ikkalasi  oshxonadagi  yigʻma  karavotda  birga  uxlaydigan  boʻlishdi. 
Iva  har  tun  uyquga  ketishdan  oldin  ularga  xayrli  tun  tilab,  oʻpib 
qoʻygani  kirardi.  Morri  ushbu  oʻpichlarni  kuchukcha  sutini  kutgani 
kabi  oshiqib  kutar,  qalbining  tub-
tubida  yana  onalik  boʻlgandek  his 
qilardi oʻzini. 
Ammo  qashshoqlik  ularni  hech  tark  etay  demasdi.  Endilikda  ular 
Bronksga  koʻchib  oʻtib,  Tremon  Avenyudagi  pishiq  gʻishtdan 
qurilgan 
koʻp  qavatli  uyning  bir  xonali  xonadonida  istiqomat 
qilishardi.  Uy  yaqinida  usti  ochiq  italyan  qovoqxonasi  joylashgan 
boʻlib, u  yerda  qari  kishilar  yoz oqshomlarini  bochchi oʻynash bilan 
oʻtkazishardi.  Buyuk  iqtisodiy  inqiroz  sababli  Morrining  otasiga 
moʻynachilik  bozorida  ish  topish  yanada  qiyinlashdi.  Baʼzan  oila 
kechki ovqatga oʻtirganda, Iva dasturxonga qoʻygani nondan boshqa 
narsa topmasdi. 
– Yana nima bor yegani? — soʻrardi Devid. 
– Boshqa hech narsa yoʻq, — javob qaytarardi Iva. 
Morri  va  Devidni  uxlashga  yotqizayotib,  Iva  ularga  yahudiy  tilida 
ashula  aytib  berardi.  Hatto  qoʻshiqlar  ham  gʻamgin  va  gʻarib  edi. 
Sigaret sotishga urinayotgan qizcha haqidagisi boʻlardi: 
Sigaretlardan olib qoling, 
Ular quruq: yomgʻirda ivimagan. 
Yetimchaga rahmingiz kelsin. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
59
 
Ogʻir oilaviy sharoitga qaramasdan, Morri odamlarga mehr berish va 
oʻzgalar haqida qaygʻurishga oʻrgatilgandi. Va ilm olishga ham. Ivani 
faqat  aʼlo  baholar  qoniqtirardi,  chunki  u  taʼlimni  qashshoqlikdan 
qutulishning  yagona  chorasi  deb  bilardi.  Uning  oʻzi  ham  ingliz  tilini 
yaxshiroq  oʻrganish  uchun  tungi  maktabga  qatnardi.  Ivaning 
mehnatlari tufayli Morri bilimga chanqoq boʻlib oʻsdi. 
U  tunlari  oshxona  stolida,  chiroq  yorugʻida  dars  qilardi.  Ertalablari 
esa onasi uchun marhumlar haqqiga oʻqiladigan duo – Izkor aytgani 
sinagogaga qatnardi. Qanchalik ishonish qiyin boʻlmasin, otasi unga 
marhuma  onasini  tilga  olishni  taqiqlab  qoʻygandi.  Charli  yosh 
Devidning Ivani oʻz onasidek koʻrishini xohlardi. 
Morri  uchun  bu 
oʻta ogʻir yuk edi. Yillar davomida onasidan qolgan 
yagona  yodgorlik  uning  oʻlimi  haqidagi  telegramma  edi.  U 
telegrammani kelgan kuniyoq yashirib qoʻygandi. 
Morri uni butun umr yonida saqladi. 
Morri  oʻsmirlik  yoshiga  yetganda,  otasi  uni  oʻzi  ishlaydigan  moʻyna 
fabrikasiga  olib  bordi.  Buyuk  iqtisodiy  inqiroz  yillari  edi.  Otasi 
Morriga ish topib berish maqsadida yurardi. 
U  fabrikaga  qadam  qoʻyishi  bilan  devorlar  uni  toʻrt  tomondan 
qurshab  olgandek  boʻldi.  Xona  qorongʻi  va  issiq,  deraza  oynalari 
kirlanib  yotar,  bir-
biriga  tiqib  oʻrnatilgan  mashinalar  poyezd 
gʻildiraklaridek  taraqlab  ishlardi.  Havoda  uchib  yurgan  moʻyna 
tolalari  nafas  olishni  ogʻirlashtirar,  ishchilar  igna  ustida 
bukchaygancha  moʻyna  boʻlaklarini  bir-biriga  yoʻrmalab  ulashar, 
xoʻjayin esa qatorma-qator yurib, ularni tezroq ishlashga chaqirardi. 
Morri  zoʻrgʻa  nafas  olardi.  U  otasining  yonida  yuragini  hovuchlab 
turar,  xoʻjayin  unga  ham  baqirib  qolishi  mumkinligidan  dahshatga 
tushardi. 
Tushlik  payti  otasi  Morrini  xoʻjayinning  oldiga  olib  bordi.  Bolani 
oldinga  itarib,  unga  biror  ish  topilarmikan  deb  soʻradi.  Ammo 
kattalarga  ham  deyarli  ish  yoʻq  edi,  bor  ishchilar  esa  fabrikani  tark 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
60
 
etish niyatida emasdi. 
Shu holat Morriga najot boʻldi. U bu jirkanch joyni tezroq tark etishni 
xohlardi. Morri shu onda o
ʻzicha qasam ichdi va umrining oxirigacha 
unga sodiq qoldi: u hech qachon insonlar ekspluatatsiya qilinadigan 
ishda  ishlamaydi  va  boshqalarning  peshona  teri  evaziga  pul 
topmaydi. 
– Kim boʻlmoqchisan unda? — soʻrardi Iva. 
–  Bilmadim,  —  javob  qaytarardi  Morri.  U  huquqshunoslikni 
roʻyxatdan  oʻchirib  tashlagandi,  chunki  huquqshunoslarni  yomon 
koʻrardi.  Shuningdek,  tibbiyotni  ham  roʻyxatdan  chiqarishga  toʻgʻri 
keldi, chunki qondan qoʻrqardi. 
Kim boʻlmoqchisan? 
Hayotimda  uchratgan  eng  yaxshi  professor  tasodifan  o
ʻqituvchilikni 
tanlagandi.  
“Oʻqituvchi  abadiyatga  taʼsir  koʻrsata  oladi,  uning  taʼsiri  qayerda 
tugashini hech qachon bilib boʻlmaydi”. 
Genri Adams 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin