Моррининг сешанба дарслари


Uchinchi seshanba: pushaymonlik haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

 
Uchinchi seshanba: pushaymonlik haqida suhbatlashamiz
 
Keyingi  seshanba  kuni  odatdagidek  bozor-
oʻchar  qilib  keldim: 
makkajoʻxorili  makaron,  kartoshkali  salat,  olmali  pirog.  Yana  Sony 
magnitofonini ham koʻtarib keldim. 
– Nimalar haqida suhbatlashganimizni eslab qolishni xohlayman, — 
dedim  Morriga. 
—  Ovozingizni  yozib  olishni  istayman...keyinroq 
ham tinglash imkonim boʻladi. 
– Men oʻlganimdan keyin demoqchisan-da. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
48
 
– Unday demang. 
U kuldi. 
– Mich, men oʻlyapman. Keyinroq emas, aksincha, tez orada. 
Keyin u yangi texnikaga ishora qilib: 
– Buncha katta boʻlmasa, — dedi. 
Bezbet muxbirdek his qildim oʻzimni shu payt. Doʻst hisoblangan ikki 
inson orasida magnitof
on begona oʻt yoki sunʼiy quloqdek ortiqchalik 
qiladi,  degan  oʻy  oʻtdi  xayolimdan.  Buning  ustiga  shuncha  odam 
Morrining  eʼtiboriga  mushtoqligini  hisobga  olsak,  men  bu 
seshanbalarda  haddan  ortiq  koʻp  narsalarga  ulgurib  qolishga 
urinayotgan boʻlgandirman. 
–  Menga  qarang,  —  dedim  magnitofonni  qoʻlimga  olib,  —  Buni 
ishlatishimiz shartmas. Agar bu narsa sizga noqulaylik tugʻdirsa. 
Morri 
koʻrsatkich  barmogʻi  bilan  tergagandek  ishora  qilib,  meni 
toʻxtatdi  va  koʻzoynagini  yechgan  edi,  u  boʻynidagi  ipga  ulab 
qoʻyilgani  uchun  koʻksida  osilib,  bir  muncha  vaqt  tebranib  turdi.  U 
koʻzlarimga tik qarab: 
– Joyiga qoʻy, — dedi. 
Men magnitofonni joyig
a qaytarib qoʻydim. 
–  Mich,  —  davom  etdi  u  yumshoqroq  ohangda,  —  sen 
tushunmayapsan. Men senga oʻz hayotimni gapirib bermoqchiman. 
Tildan qolmasimdan, aytib qolay deyapman. 
Uning ovozi pasayib, shivirlashga oʻtdi. 
– Kimdir mening hikoyamga quloq tutsa deyman. Sen tinglaysan, a? 
Bosh irgʻatdim. 
Bir lahza jim qoldik. 
– Xoʻsh, — dedi u, — matohing yoqiqmi? 
Rostini  aytganda,  magnitofonning  vazifasi  faqat  xotiralarni  muhrlab 
qolish  emasdi.  Men  Morridan  ayrilib  qolayotgandim,  biz  hammamiz 
uni  yoʻqotayotgandik:  uning  oilasi,  doʻstlari,  sobiq  shogirdlari, 
hamkasb professorlar, siyosiy muhokamalar uchun tuzilgan jonajon 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
49
 
guruhlaridagi 
oshnalari, 
sobiq 
raqqos 
sheriklari, 
umuman, 
barchamiz. Magnitofon tasmalari esa suratlar va video-yozuvlar kabi 
oʻlim  xurjunidan  hech  qursa  nimadir  oʻmarib  qolishga  boʻlgan 
besamar urinish edi. 
Biroq  Morrining  jasurligi,  yumorga  boyligi,  sabri  va  samimiyligiga 
guvoh boʻlish orqali men uning hayotga tamomila boshqacha nigoh 
bilan  qarayotganini  tobora  ravshanroq  anglab  borayotgandim.  Men 
tanigan  insonlarning  hech  biri  hayotga  bunday  qaramasdi. 
Sogʻlomroq nigoh edi u. Teranroq nigoh. U esa oʻlim yoqasida edi. 
Agar  taqdirga  tan  berib,  oʻlimga  tik  boqqanimizda  fikrlarimiz  sirli 
ravishda  ravshan  tortadigan  boʻlsa,  unda  Morri  bu  hodisa  haqida 
boshqalarga  gapirib  berish  istagida  ekanini  bilardim.  Va  men  bu 
narsani  qoʻlimdan  kelgancha  uzoqroq  xotiramda  saqlab  qolishni 
xohlardim. 
Birinchi  marta  Morrini  “Tungi  xabarlar”  da  koʻrganimda,  u  oʻlimi 
muqarrarligini  bilgach,  biror  ishidan  pushaymon  boʻlganmikan  deb 
qiziqqandim.  Yoʻqotilgan  doʻstlari  uchun  achchiq-achchiq  koʻz-yosh 
toʻkdimikan?  Agar  imkoni  boʻlganda,  boshqacha  hayot  kechirgan 
boʻlarmidi?  Xudbinlarcha  “Agar  men  uning  oʻrnida  boʻlganimda, 
amalga  oshirilmagan  ishlarim,  havoga  sovurilgan  imkoniyatlarim 
haqidagi  qaygʻuli  oʻylarga  gʻarq  boʻlarmidim?”  deb  oʻzimni  savolga 
tuta  boshladim.  Ichimda  saqlab  kelgan  sirlar  yashirin  qolib 
ketayotganidan afsuslanarmidim? 
Men shu haqida Morridan soʻraganimda, u boshini irgʻadi. 
–  Hammani  shu  savol  qiynaydi,  shunday  emasmi?  Bugun 
umrimning soʻnggi kuni boʻlsa-chi? 
U  yuzimga  tikilib  turib,  ikkilanish,  parishonlik  alomatlarini  oʻqigan 
boʻlsa ajab emas. Xayolimda bir kuni ish stolim yonida yozayotgan 
maqolamni yakuniga yetkazishga ham ulgurmay gup etib yiqilib, jon 
berishim  va  tibbiy  tez  yordam  xodimlari  murdamni  olib  chiqib 
ketayotgan  bir  paytda  muharrirlarim  chala  qolgan  maqolamga 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin