Моррининг сешанба дарслари


Birinchi seshanba: borliq haqida suhbatlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Birinchi seshanba: borliq haqida suhbatlashamiz
 
Konni  eshikni  ochib,  meni  ichkariga  taklif  qildi.  Morri  oshxona  stoli 
yonida nogironlar aravachasida oʻtirar, keng paxta koʻylak va undan 
ham kengroq ishton kiyib olgandi. Morrining oyoqlari qurib, soni ikki 
kaft ichiga sigʻadigan darajada ozib ketganligi  sababli uning ishtoni 
haddan  tashqari  keng  boʻlib  koʻrinardi.  Agar  tik  tura  olganda  edi, 
boʻyi  besh  futdan  oshmas,  oltinchi  sinf  bolasining  jinsi  shimi  unga 
bemalol sigʻgan boʻlardi. 
–  Sizga  bir  narsa  keltirdim,  —  jigarrang  qogʻoz  qopchani  qoʻlimda 
tutganc
ha eʼlon qildim men. Aeroportdan kelishimda yoʻl yoqasidagi 
doʻkonda  toʻxtab,  bir  oz  kurka  goʻshti,  kartoshka  salat,  makaron 
salat va bir nechta kulcha non sotib olgandim. Uyda yetarlicha oziq-
ovqat  borligini  bilardim,  shunday  boʻlsa-da,  nimadir  hadya  qilishni 
xohladim.  Boshqa  usulda  yordam  berishga  ojiz  edim.  Bundan 
tashqari, Morrining ovqatxoʻrligi ham yodimda edi. 
– Ehhe, shuncha yegulik, — Morrining yuziga xursandchilik yugurdi. 
— Lekin endi bularni birga yeyishmasang boʻlmaydi. 
Atrofi toʻqima kursilar bilan oʻralgan oshxona stoli yoniga oʻtirdik. Bu 
safar  oʻn  olti  yillik  ayriliqning  oʻrnini  toʻldirishga  ehtiyoj  boʻlmagani 
sababli bir pasda universitet davridagi mavzularimiz muhokamasiga 
shoʻngʻidik.  Morri  menga  savollar  beradi,  javoblarimni  tinglaydi  va 
ora-
orada  toʻxtatib,  tajribali  oshpaz  taom  taʼmini  yaxshilash  uchun 
unga  ziravor  qoʻshgani  kabi  men  aytishni  esdan  chiqargan  yoki 
mening  xayolimga  kelmagan  fikrlar  bilan  mulohazalarimni  toʻldirib 
turadi.  U  nashriyotimizdagi  ish  tashlash  haqida  soʻradi  va 
kutilganidek  nima  sababdan  ikkala  tomon  oddiygina  muloqotga 
kirishib,  muammolarini  hal  qilib  qoʻya  qolmasligi  uning  mantigʻiga 
sigʻmasdi. Unga hamma ham u kabi dono emasligini aytdim. 
Vaqti-vaqti  bilan  hojatxonaga  borish  uchun  tanaffus  qilishimizga 
toʻgʻri  kelardi:  bu  jarayon  anchagina  vaqt  olardi.  Konni  uni 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
39
 
aravachasida 
hojatxonagacha 
surib 
borar, 
keyin 
turishga 
yordamlashib,  tuvakka  hojatini  chiqarguncha  suyab  turardi.  Har 
safar hojatxonadan qaytganda sillasi qurigani koʻrinib turardi. 
–  Ted  Koppelga  yaqin  orada  kimdir  orqamni  ham  artib  qoʻyishiga 
toʻgʻri kelishini aytganim, esingdami? — soʻradi u. 
Men kuldim. Bunday gaplar osonlikcha esdan chiqmaydi. 
– Xullas, oʻsha kun yaqinlashyapti. Shu narsa meni xavotirga soladi. 
– Nega? 
–  Chunki  bu  qaramlikning  yaqqol  belgisi.  Kimdir  tagingni  artib 
qoʻyishi. Lekin buni ustida ishlayapman. Shu jarayondan ham zavq 
olishga urinyapman. 
– Zavq olishga? 
–  Ha. Bundoq oʻylab qarasam,  yana bolalikka qaytish imkonim bor 
ekan. 
– Bu jarayonga oʻzgacha nigoh bilan qarash. 
–  Endi  hayotga  oʻzgacha  nigoh  bilan  boqishga  majburman.  Tan 
olaylik:  bozor-
oʻcharga  chiqolmayman,  toʻlovlarni  amalga  oshirish 
uchun  bankka  borolmayman,  chiqindilarni  tashlab  kelishga  ham 
yaramayman.  Ammo  shu  yerda  qolgan  kunlarimni  sanab,  hayotda 
oʻzim  uchun  muhim  deb  oʻylagan  narsalarimni  kuzatib  oʻtirish 
qoʻlimdan keladi. Buning uchun menda sabab ham bor, vaqtim ham 
bemalol. 
– Demak, — dedim men ham javobimda uning sinik kayfiyatini aks 
ettirib, 
—  hayot  mazmunini  topishning  siri  uydagi  chiqindilarni 
tashqariga chiqarmaslikda ekan-da? 
Uning gaplarimdan kulganini koʻrib yengil tortdim. 
Konni  ovqatdan  boʻshagan  idishlarni  olib  chiqib  ketarkan,  koʻzim 
gazetalar  toʻplamiga  tushdi.  Ular  men  kelishimdan  oldin  oʻqilgani 
koʻrinib turardi. 
– Yangiliklarni kuzatib borasizmi? — soʻradim men. 
–  Ha,  —  dedi  Morri.  —  Bu  senga  gʻalati  tuyulyaptimi?  Oʻlyapman 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin