127
Buxoro viloyatidagi suv muammolari va oqova suvlarni o’simliklar
yordamida tozalashning istiqbollari.
Ma’lumki, Zarafshon daryosi Turkiston tog’ini kesib o’tib,
Nurato bilan
Zirabuloq.-Ziyovuddin tog’larini ajratib turadi. Zarafshon daryosi XX asriing 60
yillariga qadar viloyat aholisining ichimlik suvga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq ta’minlab
kelgan. Bugungi kunga kelib 15 km uzunlikda daryo, qolgani esa markaziy zovur
vazifasini bajarib kelmoqda. Hozirgi paytda Zarafshon daryosi CHirchiq daryosi va
Salor arig’i, shuningdek boshqa suv manbalariga qaraganda o’ta xavfli moddalar bilan
Samarkand hududidayoq butkul ifloslanadi. Bundan tashqari, Navoiy viloyati hududida
daryo o’zani qirg’oqlarida kurilgan ko’plab chorvachilik komplekslaridan
chiqariladigan
chiqindilar
va
oqova
suvlari
Zarafshon
daryosini
yanada
ifloslantirmoqda. Daryo suvlaridan Navoiy GRES trubinalarini
sovutishda ham
qo’llaniladi. Bu esa, daryo suvlarini bakteriyalar va kimyoviy moddalar bilan
ifloslantiradi, chunki trubinalar va boshqa tajxizotlar suvli kislotalar bilan tozalanadi.
Demak, GRES dan daryoga oqizilayottan oqova suvlari Zarafshon daryosini yadada
ifloslantiradi.
Navoiy G'RES i haftada 30 tonnagacha kislotali oqova suvlarni Zarafshon
daryosiga oqizib kelayapti. Natijada Buxoro shahrining toza ichimlik suv manbalari
hisoblangan Harxur va SHoxrud kanallari ifloslanib, hatto er osti suvlarining kimyoviy
tarkibi butunlay o’zgardi va iste’mol qilish uchun yaroqsiz holatga kelib qoldi.
Oxirgi yillarda Zarafshon daryosining suvlari me’yorga nisbatan 2-3
marotaba
ifloslangan: Navoiy GRES idan keyin suvning tarkibida me’yorga nisbatan magniy – 2
marotaba, fenol va tyemir birikmalari – 4 marotaba, xrom – 5 marotaba, neft
mahsulotlari – 5,3 marotaba, sulfatlar – 6 marotaba, mis esa – 26 marotaba yuqoridir.
Buxoro viloyatida 70 m chuqurlikdaga er osti suvlari ham ifloslanib qolgan.
SHuning
uchun Navoiy shahri, Qizilteppa va Navbahor tumanlari, shuningdek Buxoro viloyati
aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash katta muammoga aylanib qoldi.
Zarafshon daryosining normal sanitariya-gigienik holatini yaxshilash uchun
daryoga 30-35 ming m
3
suv oqizilishi lozim. Ammo oxirgi yillarda bu ko’rsatgich bor-
yo’g’i 20 ming m
3
suvni tashkil etmoqda.
Buxoro viloyatida 18,9 ming km sug’orish sistemalari mavjud. Xo’jaliklararo
kanallarning 10% i va xo’jalik ichidagi kanallarning 8,3% i betonlashtirilgan. 1990 yida
1 gektar ekinzorni sug’orish uchun 16,9 ming m
3
suv sarflaydi.
Viloyatimizda kanallarning foydali ish koeffisienti 57% ni, respublikada esa 64%
ni tashkil yetadi. AQSH da bu ko’rsatgich 86% ni tashkil qiladi Viloyat aholisining 34%
i, qishloq aholisining 6% i vodoprovod suvi bilan ta’minlangan, xolos. Viloyat buyicha
22 jamoa xo’jaliklarda vodoprovod o’tkazilgan. Aholining 45%
i kanalizasiya bilan
ta’minlangan. Viloyat sanoat korxonalarida 60 ta tozalash inshootlari mavjud bo’lib,
shundan yarmi to’liq quvvat bilan ishlamaydi, 8 tasi umuman ishlamaydi, 32 ta
korxonalarda esa tozalash inshootlari umuman qurilmagan.
1990 yilda viloyat bo’yicha oqova suvlarning hajmi 30 mln, m
3
ni tashkil etgan.
Hozir 10 mln m
3
oqova suvlari tozalanmasdan kollektor zovurlarga oqizilmoqda.
Ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi har bir kishi uchun bir sutkada o’rtacha
300 l suv sarflanadi. Kelajakda bu ko’rsatgich 400 l ga etkazilishi mo’ljallanmoqda.
128
Ushbu maqsadlarga erishish uchun viloyatda suvni tejaydigan sug’orish usullaridan
foydalanishni, sug’orish tarmoqlarini betonlashtirishni va mavjud suvlardan oqilona
foydalanishni taqozo yetadi. Bundan tashqari, magistral sug’orish kanallari (sekundiga
10 m
3
dan ortiq) bo’yiga 50 m atrofida muhofaza mintaqalari o’rnatish
va muhofaza
mintaqalaridagi ekinzorlarga mineral o’gitlar va pestisidlardan ishlatmaslik lozim.
Hozirgi paytda viloyat aholisi iste’mol qiladigan ichimlik suvning 96% i davlat
andozalari talablariga javob bermaydi. Hatto er osti suvlari tarkibida pestisidlar, zaharli
moddalar va suvning qattiqligi me’yordan 10 baravar ko’pdir. SHuning uchun har bir
xo’jalik suv tozalash uskunalari bilan ta’minlanishi lozim. Domxuja – Buxoro suv
magistrali va Kutchi massividagi chuchuk er osti suvlari zahiralarini ishga tushurish
viloyatimizga chuchuk suv ta’minotini yaxshilashga katta yordam beradi. SHuni alohida
t`akidlash joizki ichimlik suvlari tarkibida zararli moddalarning ruxsat etilgan
chegaraviy konsentrasiy (RECHK) lari aniqlanishi lozim. Eslatib o’tish keraki, 1l
ichimlik suv tarkibida 0,08
mg nitrit azoti, 0,5 mg amoniy azoti, 40mg nitrat azoti,
suvning qattiqligi 6,8 va quruq qoldiqlar 100 mg dan oshmasligi zarur. Aks holda
barcha ichimlik suvlari tozalash uskunalardan o’tkazilishi shart. Buxoro viloyat xalk
xo’jaligida foydalaniladigan o’rtacha yillik suv miqdori 5,5-6,0 mlrd, m
3
ni
tashkil
yetadi. Bundan 3,5 mlrd, m
3
suv Amudaryodan, 0,6-0,5 mlrd. m
3
Zarafshondan, qolgan
qismi esa er osti suv manbalari va kollektor-zovurlardan olinadi. Olingan suvning 3,2-
3,5 mlrd. m
3
dehqonchilikka sarflanadi.
Hozirgi paytda 100 mln. m
3
suv – qishloq xo’jaligi ta’minotiga, 80-100 mln. m
3
suv – ichimlik va kommunal maishiy xizmat maqsadlarida, 170-200 mln. m
3
suv – turli
maqsadlarda, 12-20 mln. m
3
suv qayta foydalaniladi. Bundan tashqari, 2,2-2,5 mln. m
3
suv ochiq suv havzalariga oqiziladi va 1,5-2,5 mln. m
3
suv ariq,soy, kanal va daryolarda
bug’lanish va shimilish hisobida yo’qoladi.
Buxoro viloyatida yillik olinadigan suv miqdori 1 kishi uchun 470 m
3
suvni
tashkil yetadi. SHundan 250-270 m
3
sarflanadi va 170-190 m
3
suv oqova suv bo’lib,
kanalizasiyaga oqiziladi.
Viloyatimizda yiliga dehqonchilik ishlari uchun o’rtacha 4,2-4,5 mlrd. m
3
suv
yoki umumiy suv miqdoridan 98,5 % Amudaryodan nasoslar orqali 100-120 m
balandlikka ko’tarilib oqiziladi. Olinayotgan suvning 2,5 mlrd. m
3
sizot, ifloslangan suv
sifatida tabiiy ko’llarga quyilmoqda. Viloyatimiz tabiiy ko’llarning umumiy maydoni
200 ming gektardan ziyodroq bo’lib, ularga viloyatimiz sizot suvlaridan tashqari
Samarqand, Navoiy va Qashkadaryo viloyatlarining sizot suvlari ham kelib qo’shiladi.
Natijada ko’llarda zovur suvlari bilan birga 7-8 mln tonna tuzlar kelib qo’shilmoqda.
Tabiyy ko’llardagi suv oqmas bo’lganligi tufayli tevarak-atrofdagi erlarning
meliorativ holati yomonlashib, er osti suvlari sathining kutarilini va tuz qatlamlarining
vujudga kelish hollari kuzatilmoqda.
Qishloq xo’jalik ekiilarining o’sishi va rivojlanishi davrida suv tanqisligi hollari
vujudga kelib, ba’zan zovur suvlaridan foydalaniladi. Natijada har bir gektar
sug’oriladigan er maydonida 30-75 tonna atrofida tuz qo’shilmoqda. Har
bir litr zaxkash
suvi tarkibida 3-8 g atrofida tuz mavjud. Sug’orish uchun ishlatiladigan suvlar tarkibida
tuz miqdori ko’p bo’lsa, xosildorlik pasayadi. Masalan, har 1 l suv tarkibida 1-2 g tuz
mavjud bo’lganda, paxta va sabzavot hosildorliga 4,5% ga, 2-4 g tuz bo’lsa, 11% ga, 4-
6 g tuz bo’lsa, 32% ga pasayadi.
129
Viloyatimiz xududida. 3500 ta quduqlar mavjud bo’lib, ulardan 146 tasi ichimlik
suvi bilan ta’minlash uchun, 650 tasi sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirish uchun,
690 tasi sug’orish tizimlariga, 320 tasi yaylovlarga va 600 tadan ko’prog’i er osti suvlari
satxini pasaytirishga xizmat qiladi. Beshta quduqdan kasalliklar davolash maqsadlarida
foydalaniladi.
Faqat Buxoro shaxrida 80 tadan ziyodroq quduqlar mavjud bo’lib, ulardan er osti
suvlari sathini pasaytirish uchun foydalaniladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, har 1 l yomg’ir va qor suvlari tarkibida 400-500 mg
tuzlar, 140- 160 mg sulfatlar, 8 mg organik birikmalar va 5 mg ammoniy tuzlari
mavjud. Demak, yog’ingarchiliklar tarkibidagi ushbu moddalarning miqdori ularning
ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalaridan yuqoriligi o’simliklarning rivojlanishiga
va xususan, efimer yaylov o’simliklari hosildorligiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, viloyatimizda
oqova suvlarni tozalashga
ixtisoslashgan 45 ta tozalash inshootlari mavjud bo’lib, yiliga 40-50 mln m
3
oqova
suvlarni 45-60% atrofida tozalanib ochiq suv havzalariga (zovurlarga) oqiziladi.
Buxoro shahar oqova suvlarni tozalash markazi bir sutkada 90-120 ming m
3
oqova suvlarni qabul qilib, ularni 60-70% ga tozalashga erishmoqda.
Buxoro viloyat sanoat korxonalarining suvdan foydalanish ko’rsatgichlari
quyidagi 9-jadvalda ko’rsatilgan.
9-jadval
KORXONALAR
Suv sarfi, ming m
3
Ishlab
chiqarishga
Ichimlik va maishiy
hizmatga
Jami olingan
suv
Oqova suvlar
miqdori
Engil sanoat
korxonalari
Buxoro ITF
131
160
291
215 (73,9%)
Qorako’l TF
122
90
212
102 (48,1%)
G’ijduvon TF
100
42
142
40 (28,1%)
Olot TF
61
15
76
58 (76,3%)
Buxoro SHMF
54
378
425
235 (5,2%)
Tikuvchilik
fabrikasi
48
188
236
144 (61%)
Buxoro shahar
TK
4,63
1,64
6,2
5 (80,7%)
Dostları ilə paylaş: