Muallifdan


Vergul o‘zbek yozuvida XX asrdan qo‘llana boshladi Vergul



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə85/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Vergul o‘zbek yozuvida XX asrdan qo‘llana boshladi Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:

  1. Uyushiq bo‘laklar orasida: Muhayyo, Lazokat, Xurshidalar shu erga kelishadi.

  2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi: Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot (E. J.)

  3. Kirish so‘z, kirish birikma va sodda tuzilishdagi kirish gaplar vergul bilan ajratiladi: Albatta, maqsadga erishamiz. Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasal yo‘q.

  4. Ha va yo‘q so‘zlarini gap bo‘laklaridan ajratish uchun qo‘yiladi: -Ha, ertaga shahar tashqarisiga chiqamiz.

  5. Undov so‘zlarni ajratish uchun ham vergul qo‘yiladi: Ey, go‘zal Farg‘ona, qadim maskanim!

  6. Ajratilgan bo‘laklarni ayirishda vergul ishlatiladi: Biz, o‘quvchilar, intizomli bo‘lishimiz kerak.

  7. Bog‘langan qo‘shma gaplarning ba’zilari, ergashgan qo‘shma gaplar vergul bilan ajratiladi (va, ham, hamda, yoki bog‘lovchilari ishtirok etsa, vergul qo‘yilmaydi).

Nuqtali vergul quyidagicha qo‘llanadi:

  1. O‘z ichida vergul bo‘lgan yoyiq uyushiq bo‘laklar orasida:

Mehnat, ijod, odam sharafi;
Dil yorug‘i, hayot quvonchi... (S.Nazar)

  1. O‘z ichida verguli bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan sodda gaplar orasida.

  2. Yordamchi vositalarsiz bog‘lanadigan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni u qadar yaqin bo‘lmagan voqea-hodisalarni ifodalasa, shuningdek, sodda gaplarning o‘zida vergul ishlatilgan bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Shinel jiqqa ho‘l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.

Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Fe’l bo‘lmagan kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega o‘rtasida: Yurgan-daryo, o‘tirgan-bo‘yra.

  2. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin: Hayo, odob, insof, diyonat- bular inson siyratini bezaydigan fazilatlardir

  3. Kirish gap bilan gap bo‘laklari o‘rtasida: Muhayyo va Lazokat ikkovlari-o‘shanda hali tong yorishmagan edi- paxtazor tomon ketishdi.

  4. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida.

  5. Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda.

  6. Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Men darrov idoraga yugurdim-yo‘qsiz. (O)

  7. Zid ma’noli gaplar orasida: Jismimiz yo‘qolur-o‘chmas nomimiz. (G‘.G‘)

  8. Ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak orasida:

Otam-Ne’mat Anorboev, shu jamoaning faol a’zosi edi. Ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

  1. Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin: Daraxtda barcha sayroqi qushlar: sa’va, mayna, bulbul jamlangan edi.

  2. Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko‘rsatsa: Tuni bilan uxlay olmadim: singan qo‘lim bezovta qildi.

  3. Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko‘rsatsa: Xonanda bor mahorati bilan kuyladi: o‘tirganlarning ko‘zida yosh qalqdi.

  4. Bir gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa: Onam aytar: zerikmay, bolam, to‘yga bor, bor. (Qo‘shiqdan)

  5. Ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin