Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə57/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Sifat


Sifat quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Predmet, narsa-buyumning belgisini bildiradi, qanday, qanaqa so‘roqlariga javob bo‘ladi.

  2. Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qiladi, lekin sifat o‘zgarmaydi: ulug‘vor tabiatni. Ko‘rinadiki, sifat otga bog‘langanda hech qanday o‘zgarishga uchramaydi, ya’ni o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni olmaydi.

  3. Sifatlar darajalanadi. Belgining me’yoridan, ortiq yoki kam darajada ekanligini ko‘rsatish sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalari 3 xil: oddiy, qiyosiy, orttirma daraja.

  1. oddiy darajada belgining ortiq yoki kamligi ko‘rsatilmaydi: go‘zal, katta.

  2. qiyosiy daraja: -roq: go‘zalroq, kattaroq. Qiyosiy daraja ozaytirma daraja deb ham yuritiladi. Ozaytirma daraja -(i) mtir, -ish; sal, bir oz kabi vositalar orqali hosil qilinadi: ko‘kimtir, sal yaxshi, qizg‘ish.

  3. orttirma daraja. Belgining me’yoridan ortiqligini bildiradi:

qip-qizil, yam-yashil, oppoq, g‘oyatda baland.
Sifat darajalari 3 xil usul(vosita) yordamida hosil qilinadi:

a) fonetik usul (vosita): yap-yapaloq, qip-qizil. Urg‘u yordamida


ham daraja ifodalanadi: baland, achchiq, nordon. Qip-qizil, sapsariq, yum-yumaloq so‘zlarida ham urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi.
b) morfologik usul: -roq, -ish, -(i)mtir: ko‘kroq.
v) leksik usul; sal, xiyol, bir oz, juda, g‘oyatda, nihoyatda, behad eng.
4. Sifatlarning ma’no turlari quyidagicha:

  1. belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, mug‘ambir, sodda,quvnoq, mehribon, sho‘x, ziqna, yo‘rg‘a, chopag‘on;

  2. holat bildiruvchi sifatlar: badavlat, xursand, ma’yus, keksa, durkun, sovuq, iliq, ochiq, salqin, jimjit, tinch;


  3. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin