Dona son: -ta: o‘nta, yigirmata, uchta. Taqsim son: -tadan: beshtadan, uchtadan. Dona sonni takrorlash orqali ham taqsim son hosil bo‘ladi: beshta-beshta. Dona va taqsim sonlar sanoq son hisoblanadi;
jamlovchi son: -ov, -ala, -ovlab, -ovlashib, -ovlan: uchov, ikkala, ikkovlab, uchovlashib, oltovlon. Jamlovchi son jamlikni bildiradi.
v) chama son: -cha (-ta bilan yasalgan sanoq songa qo‘shiladi: uchtacha), -larcha, -lab: beshtacha, o‘nlarcha, yuzlab. Sanoq sonlar juft holda kelganda, sanoq songa -lar qo‘shilganda ham chama son hosil bo‘ladi: uch-to‘rt, beshlar. Chama son noaniq, taxminiy miqdorni ko‘rsatadi.
g) kasr son: butunning qismlarini ifodalaydi: to‘rtdan ikki,
uchdan bir.
Yarim (yorti), chorak, nimchorak so‘zlari ham kasr son hisoblanadi.
aralash son: kasr sonlar butun sonlar bilan birgalikda aralash
sonni hosil qiladi: uch butun o‘ndan besh, besh yarim.
tartib son narsa buyumning aniq, konkret miqdorini, ketma-
ketligini ifodalaydi: -(i)nchi: beshinchi. Tartib sonlar predmetning miqdoriga ko‘ra belgisini bildiradi.
Sonlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda son va qo‘shma son. Sodda sonlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: bir, besh, sakkiz. Qo‘shma son ikki va undan ortiq sonlardan iborat bo‘ladi: o‘n besh, o‘n to‘rt.
Aslida ikki o‘zakdan tuzilib, hozirgi kunda bir o‘zak tarzida qaraladigan oltmish (olti-mish), sakson (sakkiz o‘n), to‘qson (to‘qqiz o‘n) sonlari sodda hisoblanadi.
Sonlarning otlashuvi. Sonlar otlashib, otlar bajaradigan sintaktik vazifalarni bajaradi. Ikkinchisini olib chiqishdi. Birniki-mingga, mingniki-tumanga. Taqsim son egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olmaydi.
Dona, taqsim sonlar ko‘plik qo‘shimchalarini olmaydi.
Nutqimizda 23 ta tub son bor (0-9, 10-1000, million, milliard).