Yorug’lik interferensiyasi. Elektromagnit to’lqin tarqalayotganda fazoning har bir nuqtasida elektr va magnit maydonlar davriy ravishda (masalan w chastota bilan) o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar
E va H vektorlarining tebranishlari sifatida ifodalanadi.
Bunda Em va Hm mos ravishda elektr va magnit maydon
kuchlanganligi
vektorlarining
maksimal
(amplituda)
qiymatlari
E va H vektorlarining tebranishlari bir xil fazada va
o’zaro perpendikulyar tekisliklarda sodir bo’ladi. 1-rasmda
Ox yo’nalish bo’yicha tarqalayotgan to’lqin tasvirlangan.
Elektromagnit to’lqin E va H vektorlarining fazoda
tebranishidan iboratdir. Lekin soddalashtirish maqsadida
biz bundan keyingi mulohazalarimizda faqat E vektorning
tebranishlari to’g’risida gapiramiz, H vektorni esa deyarli
esga olmaymiz. Ammo E vektorga perpendikulyar
yo’nalishda H vektor ham tebranayotganligini unutmaslik
kerak. Agar to’lqinning turli nuqtalaridagi E vektorlar faqat
bir tekislikda yotsa, bunday to’lqinni yassi elektromagnit
to’lqin deb, bu tekislikni esa tebranish tekisligi deb
ataymiz. 1-rasmda tasvirlangan to’lqin yassi elektromagnit
to’lqindir.
Maksvell
hisoblashlar
asosida
elektromagnit
to’lqinlar 3*10
8
m/s tezlik bilan tarqalishi lozim , degan
xulosaga keldi, bu qiymat keyinchalik optik usullar bilan
aniqlangan yorug’lik tezligiga teng bo’lib chiqdi. Bu esa
yorug’lik – elektromagnit to’lqindir deb talqin qilinishiga
imkon berdi.
Hozirgi vaqtda eng zamonaviy tajribalar asosida
yorug’likning vakuumda tarqalish tezligi c = (299792456,2
+
-
1,1) m/s deb qabul qilingan.
Haqiqatdan,
keyinchalik
amalga
oshirilgan
tekshirishlar elektromagnit to’lqinlarning chastotalar
diapazoni nihoyat keng ekanligini ko’rsatdi. Xususan inson
ko’zi
seza
oladigan
elektromagnit
to’lqinlarning
chastotalari
ν= (0,75 + 0,40) 10
15
Gs. (1)
diapazonda yotadi. Bunday chastotali to’lqinlarning
vakuumdagi uzunligi
Intervalga to’g’ri keladi. Elektromagnit to’lqinlarning bu
diapazoni yorug’lik to’lqinlar deb yuritiladi. Mexanik
tebranishlar chastotalarning ma’lum diapazoni inson
tovush tarzida qabul qilgandek, elektromagnit to’lqinlar
chastotalarning yuqorida keltirilgan diapazonini ko’zimiz
yurug’lik sifatida qayd qiladi.