Ichki a’zolardan qon ketishi umumiy sub’yektiv alomatlar va ob’yektiv belgilarning asta-sekin namoyon bo’lishi bilan birga kechishi mumkin, xususan: Zaiflik;
O’zini yomon his qilish;
Bosh aylanishi;
Hushdan ketish;
Hech bir narsaga qiziqish yo’qligi;
Uyquchanlik;
Qon bosimining pasayishi;
Oqarib ketish;
Pulsning tezlashishi.
Ichki a’zolardan qon ketishida 1-yordamning asosiy vazifasi — bemorni shoshilinch gospitalizatsiya qilishdir. Tez yordam kelishiga qadar quyidagilarni bajarish kerak:
Bemorni yotqizish, tinchlantirish.
Taxmin qilinayotgan qon ketish joyiga qarab, qorin yoki ko’krakka sovuq qo’yish.
Qon to’xtatuvchi dori-darmonlar (Aminokapron kislota, Vikasol) kiritish mumkin.
Parenximatoz qon ketishda qon bosimi keskin pasaygan bo’lsa, bemorning oyoqlarini yurak darajasidan yuqoriga ko’tarish kerak, taxminan o’ttiz-qirq santimetrga. Doimiy ravishda nafas olish va yurak urishini nazorat qilish kerak. Agar kerak bo’lsa, reanimatsiya amalga oshirish lozim. Bemorga og’riq qoldiruvchi vositalar yoki boshqa dori-darmonlar bermaslik kerak. Ovqat va suv berish taqiqlanadi, og’zini suv bilan chayish mumkin hisoblanadi.
Turli xil qon ketishlarda tez va to’g’ri ko’rsatilgan birinchi yordam bilan hodisaning yakuni ijobiy bo’ladi, birinchi tez tibbiy yordam esa bemorning tezroq oyoqqa turishiga yordam beradi.