ν - ham suv oqimining
o’rtacha haqiqiy tezligi
U dan farq qiladi.
Haqiqiy tezlik
(U)– nF yuzali g’ovaklikdagi suvning tezligi bo’lib, bu
yerda n – suv sig’imli jinsning g’ovakligidir. Haqiqiy tezlik U:
Uq n V n F Q
(16.4)
Uning o’rtacha qiymati har doim fil’trlanish tezligidan katta bo’ladi.
Oqimning haqiqiy tezligi, kerakli uchastkada tajriba yo’li bilan
aniqlanadi. Tajribada uchun qazilgan burg’ qudug’i yoki shurfdagi yer ostidagi
suvga turg’un indikator (rang) tushiriladi va suvning harakat yo’nalishi bo’yicha
bir necha metr uzoqlikda kovlangan kuzatish quduqda rangning sizib kelish vaqti
aniqlanadi. Rangni oqib kelishi uchun ketgan vaqt, quduqlar orasidagi masofa
aniqlanib, suv oqimining haqiqiy fil’trlanish tezligini aniqlash mumkin. Yer osti
suvlarining harakati turli tabiiy sharoitlarda: fil’trlanish xossalari bo’lgan suv
shimuvchi muhitlarda, suvli qatlamlar havzalarini yotishi va ularni ta’minlashi,
bo’shalishi xususiyatlari bilan bog’liq holda, turli oraliqli ko’rsatgichlarda bo’ladi.
Qurilishda amaliy masalalarni yechishda (xandaklarga suvni oqib kelishi,
suv sarfi, fil’trlanish) yer osti suvlarini tabiiy sharoitlarda tarqalishini hisobga
olish lozim. Hisoblashlardagi fil’trlanish koeffitsienti tog’ jinsining o’zidan suv
o’tqazish qobiliyatini ko’rsatadi. Fil’trlanish koeffitsienti turli jinslarda turli
kattaliklarda bo’ladi.
Ba’zi bir tog’ jinslari uchun fil’trlanish koeffitsientlari 16.1 - jadvalda
ko’rsatilgan.
16.1- jadval Jinsning nomi Fil’trlanish koeffitsienti m/sutka Jins nomi Fil’trlanish koeffitsienti m/st Qumoq tuproq
0,01- 0,1
Yirik donali
qum
20-30
Mayda zarrali qum
1,0-10,0
O’rta yiriklikdagi qum
10-20
Shag’al, tosh 30-70 va undan ko’p