V) generativ davr. 0 ‘simlik hayotida sporalar yoki urug‘lar bilan
ko‘payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi.
G) senil (qarilik) davri. 0 ‘simlikning yoshi ortishi bilan generativ
ko‘payish xususiyati yo‘qoladi, ana shunga senil davri boshlanadi.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o‘simlik va hayvonlarda ham
bir necha omillarga bog‘liq. Birinchi navbatda balog‘atga, voyaga
etish vaqti, umr ko‘rish muddati, ko‘payish davri muddati, avlodlar
davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda tug‘iladigan individlaming
bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi individlaming
nobud boMish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o ‘zgarib turish
dinamikasi kabilarga bog'liq.
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya maydonidagi
ayrim individlar va guruhchalaming tarqalish xarakterini ifodalaydi.
Individlaming uch turdagi tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy
va guruhli (to‘da-to‘da). Individlar bir tekis tarqalganda xuddi mevali
daraxtlar bog‘da o ‘tkazilganidek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada
joylashadi.
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada
joylashadi. Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo‘lgan
bir xil muhitda uchratiladi.
Tabiatda guruhli tarqalish turi ko‘p uchraydi. Bunda individlar
to‘da hosil qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi.
Soni
Genetik
birttk
O ’sish
Nobud
bolish
Populatsiya
Tug'ilish
Dostları ilə paylaş: