4.3. Kuzgi bug‘doy don hosili strukturasi va urug‘lik mahsuldorligiga o‘g‘itlar turlarining ta’siri.
Kuzgi bug‘doy don hosili strukturasi va urug‘lik maxsuldorligiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, o‘g‘it turlarining ham ta’siri sezilarli bo‘ldi.
Hosil strukturasi hosildorlikni belgilaydigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu vaqtda kuzgi bug‘doyning:
-poyasining balandligi;
-1 m2 dagi o‘simliklar soni;
- maxsuldor to‘planish;
-1 m2 dagi boshoqlar soni;
-1 ta boshoqdagi donlar soni;
-1000 ta don vazni;
-1 tup o‘simlikdagi don vazni kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi.
Urug‘lik mahsuldorligining yuqori yoki kam bo‘lishida o‘g‘it turlari muhim o‘rin egallaydi. (jadval 4.3.1)
O‘g‘itlar turlarini kuzgi bug‘doy hosil strukturasiga ta’siri.
jadval 4.3.1
Variant
|
Poya balandligi, sm
|
1 m2 dagi o‘simlik soni
|
1 ta o‘simlikdagi mahsuldor poyalar soni
|
Boshoq
|
Vazni, gr
|
1 ta o‘simlikdagi don vazni, gr
|
Nav
|
O‘g‘it turlari
|
O‘zunligi, sm
|
Don soni, dona
|
1000 ta don
|
Boshoqdagi don
|
YAksart
|
NP
|
65
|
470
|
1,1
|
6,6
|
24,3
|
47,2
|
0,8
|
0,88
|
NK
|
68
|
474
|
1,1
|
6,5
|
26,1
|
44,4
|
1
|
1,1
|
PK
|
70
|
421
|
1,3
|
6,8
|
29,2
|
47,4
|
1,11
|
1,44
|
NPK
|
83,8
|
485
|
1,4
|
7,0
|
35,1
|
46,6
|
1,41
|
2,24
|
Zvezda
|
NP
|
78
|
411
|
1,1
|
6,5
|
26,5
|
42,8
|
0,7
|
0,77
|
NK
|
80
|
412
|
1,2
|
7,1
|
29,8
|
45,0
|
0,9
|
1,8
|
PK
|
85
|
406
|
1,4
|
7,5
|
31,9
|
44,0
|
1,05
|
1,47
|
NPK
|
95,3
|
498
|
1,5
|
9,1
|
46,0
|
42,8
|
1,63
|
2,44
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, poya balandligi YAksart navida NPK qo‘llanilgan variantda yaxshi (83,8 sm) bo‘ldi. Eng kam ko‘rsatkich NP qo‘llanilgan variantda (65 sm) kuzatildi. Bu NPK varianti PK variantdan 18,8 sm yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Zvezda navida esa NPK qo‘llanilgan variantda yaxshi (95, 3 sm) bo‘ldi. NP qo‘llanilgan varinatda (78 sm) kam natija aniqlandi. NPK birgalikda qo‘llanilganida o‘simlikning bo‘yi baland bo‘lishi ko‘zatilgan.
SHuningdek o‘g‘it turlari bitta o‘simlikdagi maxsuldor poyalar soniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. YAksart navida NPK variantida 1,4 ta, boshqa variantlarga nisbatan 0,1 – 0,3 ta ortiqdir. Zvezda navida ham yuqori natija NPK qo‘llanilgan variantda 1,5 ta bo‘ldi. Boshqa variantlarga nisbatan 0,1 – 0,3 – 0,4 dona yuqori bo‘ldi.
1 m2 dagi o‘simliklar soni YAksart navida NPK qo‘llanilgan variantda (485 ta) bo‘ldi. Bu PK variantida 64 ta, NK variantidan 11 ta, NP variantidan 15 ta ortiqdir.
Zvezda navida esa NPK yuqori ko‘rsatkich 498 ta NP variantidan 17 ta, NK variantidan 86 ta va PK variantidan 92 ta ortiq bo‘lganigi aniqlandi.
Boshoq uzunligi YAksart navida yaxshi natija NPK qo‘llanilgan variantida (7,0 sm) aniqlandi. Kam ko‘rsatkich NK variantida (6,5 sm) bo‘ldi. Bu 0,5 sm o‘zun bo‘lganligini ko‘rsatadi. Zvezda navida NPK variantida 9,1 sm, NP variantida 6,5 sm, ya’ni NPK qo‘llanilgan variant NP variantiga nisbatan 2,6 sm bo‘ldi.
Boshoqdagi don soni YAksart navida NPK qo‘llanilgan variantda 35,1 dona, bu PK variantidan (29,2 dona) 5,9 dona, NP variantidan (24,3 dona) 10,8 dona ortiqdir.
Zvezda navida NPK variantida 46,0 dona boshqa variantlarga nisbatan PK qo‘llanilgan variantdan (31,9 dona) 14,1 dona, NK qo‘llanilgan variantdan (29,8 dona) 16,5 dona, NP variantidan (26,5 dona) 19,5 dona ortiq bo‘ldi.
1000 ta urug‘ vazni YAksart navida RK qo‘llanilgan variantda (47,4 g) bu boshqa variantlarga nisbatan 0,1 – 0,3 – 0,8 g yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Zvezda navida NK variantida (45,02) boshqa variantlarga nisbatan 1,0 – 2,2 g yuqori bo‘ldi.
Boshoqdagi don har ikkala navda ham NPK birgalikda qo‘llanilganda don vazni ortib bordi. 1ta o‘simlikdagi don vazni, ikkala navda NPK qo‘llanilgan variantda yuqori bo‘ldi. YA’ni boshqa kam natija ko‘zatilgan variantlarga nisbatan YAksart navida 1,36 g, Zvezda navida esa 1,67 g ortiqdir.
YAksart va Zvezda navlarining NPK qo‘llanilgan variantda hosil strukturasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha boshqa variantlarga nisbatan yuqori natija olindi.
Dostları ilə paylaş: |