Mundarija kirish Asosiy qism


«Sizlardan qaysi biringiz o„z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o„lsa



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
yulduz diplom ishi

«Sizlardan qaysi biringiz o„z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o„lsa, 
bas, ana o„shalarning (qilgan savobli) amallari xabata (bekor) bo„lur, ular 
do„zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar». 
(Baqara surasi, 217-oyat.)
Hadisi sharifdan: 
«Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu «Ashobi kahfning 
vafodor iti dir». (Al-jome al-Kabir.) 
«Qorako‗z majnun» Said Ahmadning mustaqillik yillarida yozgan eng yaxshi 
hikoyalari sirasiga kiradi. Hikoya voqeasi juda murakkab emas. Keksayib 
qolgan Saodat aya bir necha o‗n yillardan beri harbiyga ketib, o‗sha


31 
tomonalarda uylanib, bola-chaqali bo‗lgan o‗g‗li Bo‗rixonni kutadi. Xudoning 
bergan kuni sahar namozida uni eslaydi. Saodat aya tabiatida o‗zbekning chin
muslima buvilariga xos bu dunyosini ham, u dunyosini ham o‗ylashdek
mulohazakorlik mujassam. O‗g‗lining xabarini nevarasi Anvardan eshitgan 
kampir mulzam bo‗ladi. Adib kampirdagi bu o‗zgarishni: «Birovga so‗zini 
bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim 
o‗tirib qoldi», degan tarzda bayon qiladi. Kunlarning birida Saodat aya 
iti Qorako‗z 
bilan qizining 
uyiga qarab yo‗lga chiqadi. Ularning borish 
va kelish jarayoniga diqqat qarating. Yo‗l bo‗yi adib itning har bir 
harakati, qiliqlari, sakrashi, 
shamoldek 
yelishi, 
xursandlig-u 
xafagarchiligi, deylik, «bir qulog‗ini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik»
qilishlarini, yo‗lda uchragan mushuklarni «tiraqaylatib quvishi», «daraxtlardagi 
musichalarga irg‗ishlab» akillashi kabi holatlarni – barcha-barchasini mahorat
bilan tasvirlaydi. Kampir itini o‗z uyining bir a‘zosidek e‘zozlaydi. 
Shuning
uchun 
ham 

itiga 
qarab: «Abdumalik 
akangnikiga 
boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda turadi. Itdan hazar 
qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga 
boraylik. Yotib qolmaymiz. 
Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan o‗ynab turasan», – deb bemalol gapiradi.
Yo‗l 
bo‗yi Saodat kampir iti bilan shu 
zaylda suhbatlashib boradi
va 
suhbatlashib iziga qaytadi. Qaytsa, uyida uni g‗aroyib bir yangilik kutib 
turadi. Bo‗rixon kelibdi, ya‘ni kampirning «g‗oyiblari hozir» bo‗libdi. Bu 
yangilik «Saodat 
ayaning yillab qalbida qalashib yotgan 
g‗uborlarini» 
tarqatishi, 
«ko‗ksidan 
tog‗dek 
bosib 
yotgan 
armonlarni» ushatishi lozim edi. Biroq voqelik o‗zgacha tus oladi. Ona va bola 
uchrashuvi... Qiziq, bu jarayonda it negadir bezovta, u nimanidir sezadi; shu 
bois «notanish odamga g‗ashlik qilib tinmay irillaydi». Ona bag‗rida Bo‗rixon 
begonaga o‗xshaydi. Chunki «undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi 
kelardi». Xursandchilikdagi ona avval bunga e‘tibor bermaydi. Sekin-
asta o‗g‗li Bo‗rixonning ota-bobolari e‘tiqod qilgan islom dinidan qaytib,


32 
boshqa dinni qabul qilgani ma‘lum bo‗ladi. Ona uchun din-diyonat, milliy-
diniy qadriyatlar, el-yurtchilik har narsadan ustun turadi. Shuning uchun 
Bo‗rixonda ko‗ngli soviydi, uni yo‗qlikka topshiradi; ketar mahali un-dan yuz
o‗giradi. Endi ona sahar namozida o‗g‗lini eslamay qo‗yadi. Hikoyada Saodat 
ayaning go‗zal yoshlik pallalari, Bo‗rixonning tug‗ilishi va uning boshqa 
yurtlarda yurib onasi ko‗nglini o‗ksitgan noxush qilmishlarining mo‗jaz tarixi 
bayon qilinadi. Vafot etar mahalida ham Saodat ayaning hayot mazmunini, bu 
dunyoga kelish va ketish hodisasini juda tabiiy – muslimona anglagani 
farzandlari hamda nevaralarini chaqirib, ularga qilgan vasiyatida yaqqol ko‗zga 
tashlanadi. Albatta, hikoyani o‗qish mobaynida sarlavhadagi Qorako‗z majnun 
nima ekanini bilib oldingiz. Ha, bu o‗sha, yozuvchi mehr bilan ta‘riflagan
―kichkinagina, belida belbog‗dek ikkita biri qora, biri jigarrang chizig‗i bor‖, 
―tumshug‗i bilan ikki ko‗zi qop-qora, bir ko‗zining tepasida to‗mtoq qoshi
bor‖ it. Agar e‘tibor bergan bo‗lsangiz, hikoyaning boshidan
oxirigacha 
yozuvchi 
Qorako‗zni 
Saodat 
kampirga 
doimiy 
hamrohlikda tasvirlaydi. Vafodor it Saodat kampir bilan deyarli bir xil
kayfiyatda: xafa bo‗lsa xafa, xursand bo‗lsa xursand,
kampir o‗yga 
cho‗msa, u ham o‗y surgandek bir nafas tinchiydi. Garchand kampirni
sog‗intirgan bo‗lsa ham, Bo‗rixon itdan ko‗ra Saodat ayaga begonaroqdir.
Hikoyada Saodat kampir vafotidan so‗ng yozuvchi ham Qorako‗zning 
ruhiyatini siz o‗quvchilarga anglatish maqsadida o‗tkir qalami bilan uning 
qora ko‗zlariga ikki tomchi yoshni chizib qo‗yadi. Hikoya oxiridagi Qorako‗z
majnunning o‗limi o‗quvchini mahzun qiladi. Hikoya boshida Qur‘oni 
Karimning 
«Baqara» surasidan oyat epigraf sifatida keltiriladi. Bu 
ko‗chirmalar aynan hikoyadagi Bo‗rixon obraziga taalluqli ekanini hech 
qiynalmasdan ilg‗ab olish mumkin. As‘hobi kahf to‗g‗risidagi hadisi sharif esa 
hikoyada 
xuddi 
ongli 
va 
oqil 
insondek 
tasvirlangan 
Qorako‗z majnunga taalluqli, albatta.


33 
Hikoyada juda katta ma‘no-mazmun jamlangan. O‗zbekona urf-odatlar 
qadri noloyiq bir farzandning qilmishlarini ko‗rsatish orqali ta‘kidlanadi. 
To‗g‗risi, itning vafosi bir o‗g‗ilning ona ko‗nglini vayron qilishiga nisbatan 
yuksak ma‘naviy martabalarda turishi hamma vaqt ulug‗vorlik kasb etadi. 
Said Ahmad kabi it obrazini birinchi planda tasvirlagan yana bir 
yozuvchi borki, u butunlay boshqa yo‗ldan brogan. Bu adib Nazar Eshonqul 
bo‗lib u o‗z asariga falsafiylikni singdirgan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin