Mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
yulduz diplom ishi

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‗z mustaqilligini qo‗lga 
kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim 
tarkibiy qismi bo‗lgan milliy adabiyotimizni o‗rganish va badiiyatini kashf 
etish har birimizning, xususan, filologiya sohasida ish olib boruvchi 
mutaxassislarning oldida turgan birlamchi vazifa bo‗lib qoldi. Chunki milliy 
ruhni bizga beruvchi bu adabiyot globallashuv asrida taraqqiyotimizga xavf 
solib turuvchi ko‗plab yot g‗oya va mafkuralardan himoya qiladi. Negaki, Said 
Ahmad ijodi insonga o‗zlikni eslatib turuvchi nazm durlaridir. Qolaversa, har 



bir fan sohasida bo‗lgani kabi adabiyot sohasida dam Istiqlol davriga xos 
adabiy-badiiy muhitni, tadqiqot usullarini yaratmoq lozim. Said Ahmad singari 
ijodi mumtoz Sharq va jahon adabiyoti namunalaridan ozuqalangan asarlar 
buni taqozo qiladi. 
Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti sifatida Said 
Ahmadning ―Qorako‗z Majnun‖ nomi ostida chop etilgan hikoyalar to‗plami
ularning badiiyati, asarlarda ilgari surilgan g‗oya kabilar bitiruv malakaviy 
ishimiz uchun predmet vazifasini o‗taydi. Ammo ushbu asarlarning badiiyatini 
ko‗rsatib berish uchun, avvalo, badiiylikni anglattiruvchi asarlarga ehtiyoj 
sezamiz. Bunday paytda Aristotel, Belinskiy, Fitrat, Izzat Sulton singari 
adabiy-badiiy nazariyotchilarning aytganlariga suyandik. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu mavzuni 
ochib berishda, faqatgina, Said Ahmad mahoratini ochib berish nazarda 
tutilgan emas. Balki qator maqsad vazifalar bitiruv malakaviy ishi oldida 
turibdi: 

Istiqlol davri adabiyotining o‗ziga xos jihatlarini ko‗rsatishda Said 
Ahmad asarlaridan foydalanish. 

Istiqlol davri badiiy olamida ro‗y bergan evrilishlar, umumjahon 
va mumtoz adabiyotning qorishuvi kuzatilganini va uning qay tarzda ro‗y 
berganini tadqiq etish. 

Bugungi kun nasrning o‗ziga xos jihatlari, ijodkorlar saviyasidagi 
tub o‗zgarishni badiiy asarlari yordamida ko‗rib chiqish. 

Said Ahmad ijodining Istiqlol davri boshqa ijodkorlari asarlaridan 
farqli jihatlarini ko‗rsatib berish. 

Said Ahmad ijodidagi badiiyatni, asarning g‗oyaviy jihatlarini 
tadqiq qilish va boshqalar. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin