Mundarija kirish Asosiy qism


Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
yulduz diplom ishi

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Said Ahmad nisbatan 
keyingi davrlarda yaratilgani, ijodkorning adabiy-badiiy davralardan o‗zini 
tortib turgani bois hali asarlari har tomonlama tadqiq qilingan emas. Shuning 
uchun ham mazkur adib asarlari borasida olib borilishi mumkin bo‗lgan har bir 



ilmiy ish yangi sanaladi. Qolaversa, adibning ijodiyoti badiiy tomondan ilk 
marotaba ham shaklni, ham mazmunni qamrab olgan holda tadqiq etilmoqda. 
Tadqiqot bo„yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Mavzuni yoritishda, 
asosan, nazariya adabiyotlarga ko‗proq ehtiyoj sezildi. Bunda Fitratning 
―Adabiyot 
qoidalari‖, 
I.Sultonning 
―Adabiyotshunoslik 
nazariyasi‖, 
Q.Yo‗ldoshov hamda M.Yo‗ldoshovalarning hammuallifligida yozilgan 
―Badiiy tahlil asoslari‖, T.Boboyevning ―Adabiyotshunoslik nazariyasi‖, 
D.Quronovning ―Adabiyotshunoslikka kirish‖ singari nazariy asarlardan 
foydalandik. 
Tadqiqotning metodologik asoslari. Izchillik, tarixiylik, ya‘ni har bir 
adib yoki olimga o‗z davri sharoitidan kelib chiqqan holda yondashib, uning 
faoliyati va xizmatlarini ijtimoiy taraqqiyotga qanday hissa qo‗shganligi, 
bo‗lg‗usi inkishoflar uchun qanday zamin yaratganligi nuqtai nazaridan tahlil 
etish tashkil etadi; Said Ahmadning Istiqlol davri adabiyotini shakllanish va 
takomillashishi uchun qo‗shgan hissasi shu nuqtai nazardan turib baholandi. 
Tadqiqotni bajarishda yozuvchi asarlari mazmuni va badiiyatini zamondosh 
adiblar ijodi, o‗tmish faylasuflar qarashlari hamda tasavvuf adabiyoti 
vakillarining ilmiy va badiiy asarlari bilan qiyoslagan holda olib borish ko‗zga 
tashlanadi. 
BMIning nazariy va amaliy ahamiyati. Milliy istiqlol tufayli o‗zbek 
xalqi o‗z taqdirini, jumladan o‗z tili holati va mavqeyini, mafkurasini, shu 
jumladan, adabiy-badiiy estetik tamoyillarini o‗zi belgilash imkoniyatiga ega 
bo‗ldi. Ayni holat bugungi kunda yaratilayotgan badiiy asarlarning o‗rnini ham 
oshirmoqda. Chunki asarlarni bu taxlit baholashni o‗rgangan yosh avlod har bir 
masalani atroflicha, xolisona, eng muhimi erkin fikrlagan holda olib borishga 
o‗zida ko‗nikma hosil qiladi. Qolaversa, qaramlik davrining erkin fikrlashni 
siqib qo‗yuvchi muhitiga o‗rgangan kishilar ongini ko‗p qirrali o‗ylay olish 
salohiyati bilan o‗stiradi. Bu borada tadqiqot yo‗nalishigina emas, balki Said 
Ahmad ijodi ham ahamiyatli o‗rin tutadi. Chunki adibning ijodi inson 



tafakkurini ulkan fikrlar olamiga boshlab kiradi. Va u yerdan olam-olam 
o‗zgarishlarni topadi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin