Mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
yulduz diplom ishi

Bo‘lmag‘ay olamda mundin turfa so‘z, 
Kim saodat ahli itga solsa ko‘z. 
Yetkurur itga natija ul nazar, 
Zotig‘a solur kishilikdin asar.
 
(Alisher Navoiy) 
―Odatda, ramziy-majoziy ifodalarda sehrli bir xususiyat bo‗ladi. Shuning 
uchun ular xayol va vijdonni harakatga keltirib, yuksak ruh bilan aloqaga 
chorlaydi. Bu xususiyat ―Bahovuddinning iti‖ uchun ham xosdurki, buni 
yozuvchining asosiy bir muvaffaqiyati o‗laroq baholash lozimdir. Men bu 
o‗rinda hikoyaning ma'no-mazmunini gapirib o‗tirmayman. Chunki uni 
ko‗pchilik bir xilda tushunib, bir yo‗sinda qabul qilolmasligiga ishonaman. 
Ayni paytda o‗zlikni anglash layoqati butunlay so‗nmagan, jamiyat va inson 
munosabatlariga mustaqil nigoh tashlay oladigan har bir kishi unga befarq 
qololmasligiga ham shubham yo‗q‖ -deydi Ibrohim Haqqul o‗zining ushbu 
asarga bergan ta‘rifida. 
Ma'lumki, ayni bir davr va zamonda, ayni bir jamiyat va ijtimoiy 
muhitda yashagan, bir turli voqea-hodisalarni boshdan o‗tkazib, turdosh 
savollarga javob axtargan yoki javobdan chekingan odamlar ahvol-ruhiyati 
o‗xshash bo‗ladi. Ulardagi axloqiy-ma'naviy fazilatlar ham, nuqson, ayb va 
gunohlar ham mushtarakdir. Mana shu sababdan ham yozuvchi ko‗p narsa 
yozishi, o‗quvchining o‗zi ko‗rgan, bilgan voqyea-hodisalarini qaytadan unga 
ifodalab berishi shartmas. Kitobxonning aql-farosati, fikrlash layoqatiga 
ishonish kerak. Nimani yoqlab, nimani inkor aylash, nimadan zavqlanib, 
nimalarga befarq qolishi – bu, o‗quvchining shaxsiy, demakki, daxlsiz huquqi. 


34 
Faqat fahmi past, kaltabin adibgina yozgan har bir asari ko‗pchilikni qiziqtira 
oladi deb o‗ylaydi. Holbuki, bunday bo‗lmaydi. So‗z va tasvirning kuch-
quvvati, avval-oxir ruhga ta'siri, ruhoniy ehtiyojga nechog‗lik muvofiqligi bilan 
belgilanadi. Inson o‗zining Xoliqi, ya'ni yaratuvchisi emas. Shuning uchun o‗zi 
haqida u ko‗p narsa bilmaydi. Bilganlari esa uni hamma payt ham xato va 
adashishlardan qutqazolmaydi… Ammo istak, intilish va qo‗msash ma'nosida 
inson ruhi chegarasiz. U yashayotgan olam chegaralangan. So‗ngsizlik 
ehtirosiga to‗lg‗in ruh, voqyelikning qat'iy va qattiq to‗siqlaridan iztirob 
chekadi. Va hamisha so‗ngsizlik sog‗inchi bilan yashaydi. Buni teran 
tushungan ijodkor moddiyot va ilohiyot sirlarini yoritishda ham, inson tabiati 
va xarakteri tasvirida ham deyarli adashmaydi. 
Har qanday odamda ikki reallik mavjud. Biri – tashqi, ikkinchisi, ichki, 
ya'ni zohir va botin. Asosiy murakkablik va ziddiyat botindadir. Aks holda aql, 
nafs, ruh, ko‗ngil xususida bunchalik keng, bu qadar ko‗p bahs yuritilmasdi. 
Chunki botiniy hayot vujudning ―qalin parda‖si bilan to‗silgan. Nafsning 
ahvoli qanday? Ruhning holi qanaqa, qalb nimaga ilhaq – aksariyat kishi ana 
shuni bilmaydi. Chunki bularni bilish juda qiyin. Ayniqsa, nafsni tanish va 
tizginlash muammolarning muammosi erur. Nafsni qoralab, nafs izmidan 
chetlashmaslikning bir sababi ham shu. Vaholanki, qaysi bir ishga nafsoniy 
maqsad va shahvoniy orzu aralashsa, o‗sha ishning xayr-xosiyati barham 
topadi. Shuningdek, qalb to‗g‗ri yo‗ldan adashib, tubanlikka yo‗naladi, ruhni 
riyo va xudparastlik domiga tortadi. Alisher Navoiy g‗azallaridan birida nafs 
ila ruhni zinhor-bazinhor qo‗shib-qorishtirmaslik shartligini ta'kidlab: 
Ruh rahmoni erur, nafs esa shaytoni, 
Ikkisin bir-biriga qo‘shmoq emastur mashrut, deganida shularni nazarda 
tutgan. 
Yigirmanchi asr o‗zbek adabiyotida bu haqiqatni mukammal anglagan 
va to‗la-to‗kis unga amal qilgan qalam sohiblari bo‗lganmi? Bo‗lgan taqdirda 
ham soni ularning juda kamchildir. Adabiyotimizda ruh va ruhoniy hayot 
ifodasi keskin kamayib ketishi shundan. Agar chini bilan ruh uchun qayg‗urib, 


35 
ruhning tozaligi, erkinligi ta'minlanganda, adabiyotda nafs va tama', yolg‗on va 
ikkiyuzlamachilik, xushomad va maddohlik avj olmasdi. Hayotga nafs nigohi 
ila qarash, ixtiyoriy ravishda qo‗rquv va uyatsizlikka ko‗nishdir. Nafsoniy 
istaklar qancha kuchaysa, shijoat va mardlik tuyg‗usi o‗shancha pasayadi. 
Niyat nechog‗lik yuksak va oliyjanob bo‗lmasin, so‗z, ma'no, tuyg‗u nafsga 
bog‗landimi – uning ta'siri ham, umri ham uzoqqa cho‗zilmaydi. Biroq bunda 
boshqa bir narsa muhim. Hyech qaysi banda nafsini tanishga urinmasdan, 
botiniy imkoni va kuch-quvvati yetguni qadar nafs ―sayr‖ini amalga 
oshirmasdan qalb va ruh sayohatiga erisholmaydi. Inson nafsga diqqatini qarata 
oldimi – u azoblanish va iztirob chekishga mahkum. Yolg‗iz o‗zining emas, 
dunyo va ahli dunyo qalbining nimaga, asosan nima boisdan buzilishi yo 
kirlanishini u nisbatan yaxshi mushohada etadi. Hammaga o‗xshab qolmaslik, 
hamma aytadigan fikr-mulohazalarni to‗tiday takrorlamaslik, yakkalanib 
qolishdan cho‗chimaslikning ilk chorasi xuddi shudir. Qaysi ijodkor buni 
anglasa, nafsiga bir badiiy asar yanglig‗ sayqal berib, uni shaxsiyat hukmiga 
tobe aylashga bel bog‗laydi. Shundan e'tiboran nainki nafsu havo, balki 
mahdud aqlning istak va talablaridan ham uzoqlasha boshlaydi. Bu 
yiroqlashuvda sir ko‗p, hikmat ko‗p. Bu esa nafsni tanishga ham, qalb tavri, 
ruh holidagi o‗zgarish va yangilanishlarni idrok qilishga ham yaqindan yordam 
beradi. Darvoqye, nafs nima o‗zi? Nima uchun unga bunchalik e'tibor zarur? 
Hujviriyning ―Kashfu'l mahjub‖ kitobida yozilishicha, nafs so‗zi 
lug‗aviy ma'noda biror narsaning borlig‗i, haqiqati, zoti va o‗zligi demak. 
Xalqning tilida ushbu kalima bir-biriga zid bir qancha mazmunlarda 
ishlatilgan. Bir jamoatga ko‗ra, ruh, bir guruh tushunchasida muruvvat va 
odamiylik, bir toifa nuqtai nazarida jasad va vujud, boshqa bir firqaga ko‗ra, u 
qon ma'nosini ifodalagan. So‗fiy va mutasavviflar esa hamjihatlik ila nafsni 
gunohning sarchashmasi, yomonlik, razillik va yovuzlikning asosi, deb 
hisoblashgan. ―Ahli tasavvuf eng yaxshi nafsshunos bo‗lgani kabi, — deydi 
Shahobiddin Umar Suxravardiy, – dunyoning turli hollarini, havo va havas 
nayranglarini, nafsning yashirin orzularidagi tubanlik, yomonlik va o‗tkinchi 


36 
lazzatlarini bag‗oyat chuqur bilguvchilardir‖. Shayxu mashoyixlarning 
nazarida nafs tulki, ilon, sichqon suvratida ko‗ringan. Tasavvuf adabiyotida 
buni tasdiqlovchi juda ko‗p qiziqarli rivoyat, hikoyat, naqlllar to‗qilgan. Itga 
bag‗ishlangani ular orasida ko‗pchilikni tashkil etadi. Shuni ham ta'kidlash 
joizki, o‗sha hikoyat, rivoyatlarda it timsoli asosan ijobiy va ibratli ma'nolarda 
talqin etiladi. Mana, bir misol. 
Naql qilinishicha, mashhur shayx Abu Bakr Shibliy (vafoti 946)dan 
―Tariqatdagi ilk yo‗lboshchingiz kim?‖ deb so‗ralganda, u ―Bir itdir‖ deb 
so‗zini shunday davom ettirgan ekan: ―Bu it suvsizlikdan o‗lim yoqasida tik 
turardi. U suv ichish uchun ne zamon ariqqa yaqinlashsa, suvda o‗z aksini 
ko‗rar va undan qo‗rqardi. Chunki o‗zining suratini u boshqa bir itniki deb 
o‗ylardi. Ammo tashnalik oxiri zo‗r kelib, it o‗zini suvning ichiga otdi… Ana 
shundan so‗ng ―boshqa kuchuk‖ yo‗qligiga inondi. It bilan o‗rtadagi borliq 
orasiga kirgan itning ―o‗zga manligi‖ uning yo‗liga to‗siq paydo etgan edi. 
Men ahvolimning aynan shu itga o‗xshashini, ya'ni yo‗limdagi eng katta to‗siq 
nafsim ekanini angladim… Xullas, mening birinchi yo‗lboshchim shu it bo‗ldi. 
Asosiy yo‗lga qanday qadam tashlash lozimligini menga bir kuchuk ko‗rsatdi‖. 
Nafsni tasavvuf adabiyotida it qiyofasida tasavvur qilinishida shu singari 
fikr va e'tiroflar ta'sir o‗tkazganligi ehtimoldan yiroqmas. Biroq asosiysi it 
ham, tulki yo sheri darron ham emas, baribir nafsdir. Ko‗zga ko‗rinmay 
dunyoni tub-tubidan g‗orat qiladigan mavjudlik, bu –nafs. U qancha ko‗p 
hukmronlikka erishsa, dunyoning axloqiy-ma'naviy holati o‗shancha buziladi
haqiqat va vijdon, diyonat va rostlik boshidagi qaro bulutlar shu qadar 
quyuqlashadi. Shuningdek, zohiriy chora-tadbirlar, bahsu munozaralar nafsdan 
tug‗ilajak kulfat, musibat va halokatlarning yo‗liga to‗siq qo‗yolmaydi. Nafs 
erkin va erkli ekan, yolg‗on, riyo, zulm, zo‗ravonlik, munofiqlik, xullas, 
hamma yomon va tuban sifatlar gullab yashnayveradi. Bular esa inson 
botinidagi ―it‖ – nafsning o‗yinlari. Xohlasa, odamni u parchalab, sochib 
yuboradi, istasa, o‗zni yig‗ishtirib olishga imkon beradi. Lekin har qancha 
urinib-surinmang, undan ajralolmaysiz. Siz – unda, u – sizda yashaydi. U – 


37 
sizga, siz – unga bog‗liqsiz. Kimki uni qancha xoru zalil eta olsa, o‗zini ham, 
o‗zgalarni ham o‗shancha yaxshi anglashi muqarrardir. Talantli adib Nazar 
Eshonqulning ―Bahovuddinning iti‖ nomli hikoyasi aynan ana shu mohiyat 
tasviriga bag‗ishlangan. Rosti gap, men hikoyani zo‗r maroq bilan o‗qidim. 
Birinchidan, uning ma'no ildizi chuqur. Hatto tasavvufiy tajribalarga qarab 
uzanadi. Ikkinchidan, mo‗ljalga olingan ―nishon‖ning o‗ziyoq odamning dilida 
bir larza qo‗zg‗aydi. Uchinchidan, ma'naviyni moddiylashtirgan va moddiyni 
ma'naviylashtirish mohirlik bilan uddalangan. 
Bejizga biz Said Ahmad va Nazar Eshonqulning asarlarini birgalikda 
tahlilga tortmadik. Sabab, har ikkala asarda ham it obrazi, yirik planda 
namoyon bo‗ladi. Asar qahramonlariga it obrazining ta‘siri katta bo‗lib bu o‗z 
navbatida lokomativ vazifasini bajaradi desak xato bo‗lmaydi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin