Mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
yulduz diplom ishi

“Azroil 
o„tgan 
yo„llarda” 
hikoyasi 
tagmatnida 
tinch-totuv 
umrguzaronlik qilib kelayotgan qishloq hayotiga mayda gaplar aralashishi 
oqibatida kelib chiqqan fojealarni tasvirlash maqsad qilib olingani sezilib 
turadi. Bosh qahramon Jalol polvon obrazi orqali hikoya markaziga olib borgan 
yozuvchi o‗z maqsadini ochiq-oydin aytmaydi. Kichik ekskursdan mavzu 
tomon odimlaydi. Hikoyaning ahamiyatga molik tomoni shundaki, o‗quvchi 
o‗qigani sayin oxiri nima bo‗lar ekan,keyinchi? Degan savollarni o‗ziga 
berishdan charchamaydi. Jalol polvonning o‗g‗li Qo‗chqor oson boylik 
topaman deb yurtma-yurt kezib yurmaganda birovninh haqqiga ko‗z 
olaytirmaganida, birovning ayolini yo‗ldan urmaganida bunday gaplar 
bo‗lmasdi. Qishloq erkaklarining maydagapligi butun fojealarga sabab, 
demoqchi bo‗layotgandir balki yozuvchi. 
Ijodkor asar yozishdan avval o‗quvchiga aytajak gapini aniqlashtirib 
olishi lozim. Ushbu asarda ham aynan shunday. Asarda qo‗llangan barcha 
vositalar ana shu maqsadni yoritishga qaratilishi kerak va shunday bo‗lgan 
ham. Hikoya qahramonining ichki kechinmalarini yoritishda yozuvchi shunday 
yo‗ldan boradiki, o‗quvchi qahramon bilan yaxlitlikni o‗zida tuygandek 
bo‗ladi. Uning dardi bilan yonadi, yashaydi va ba‘zi o‗rinlarda unga dalda 
bo‗lgisi keladi. Adabiyotshunoslikda gender psixologiyasi degan tushuncha 
bor. Shundan kelib chiqib, ijodkor asar qahramonlarini o‗z tabiatiga ko‗ra 
tasvirlagan, ammo polvonning o‗g‗li er kishilardek so‗zlamaydi. Aksincha, 
ayollarga o‗xshab maydalashib ketgan. Bu uning ishlaridan ham ayon bo‗ladi. 
Birovning ayolini yo‗ldan urib, tuxmat bilan Sobitni qamatib yuborishi


19 
Buxorada necha-necha oilalarni qon qahshatishi ham uning harakteri qay 
darajada ekanligini ko‗rsatib beradi. Muallif qahramonning holatini, voqealar 
tadrijini yoritishda adashmagan. Haqiqadan, insoniyatni yomonliklar, loqaydlik 
tanazzulga olib boradi. Qayerdaki shu illatlar avj olsa, barcha ko‗rgiliklar shu 
joyda ro‗y berishidan tashvishga tushadi. Tafsilotlarni shundayligicha emas, 
badiiyat talablari doirasida tasvirlashga harakat qiladi. Hikoya uch tugun 
asosiga qurilgan. Shulardan Jalol polvon bilan Ermat polvon o‗rtasidagi kurash 
bo‗lsa, ikkinchisi Jalol polvonning tobi qochishi, uchinchisi Jalol polvonning 
Buxoroga borib o‗g‗lining qilmishlaridan bohabar bo‗lishi tasviri nihoyatda 
real yoritib berilganligiga guvoh bo‗lamiz.
Ushbu hikoyasida g‗urur, muhabbat, inson va uning ichidagi ―men‖ 
kurashi tasviri bor. Hikoya bir qarashda o‗quvchi uchun zerikarlidek bo‗lib 
tuyilishi mumkin, ammo didaktik ahamiyati yuqori pog‗onada va biroz 
falsafiy. Buni hikoyani o‗qib mushohada qilgan odamgina biladi. Asarda 
qarama-qarshiliklar bisyor. Bu qarama- qarshiliklar bevosita botin va zohirda 
ayon bo‗ladi. Ermat polvonning bir so‗zliligi va pushaymonlik hissi kabilar 
shular jumlasidandir. Hikoyani o‗qigan odam bir tomondan Jalol polvon va 
Ermat polvonni oqlasa, bir tomondan qoralaydi. Bunda pushaymonlik ham 
bo‗lib, polvon o‗g‗lining tarbiyasiga qaysidir nuqtada befarq bo‗lgani sabab 
afsuslanadi. Tabiatan mehribon ota obrazida namoyon bo‗ladigan Jalol 
polvonning botinida nima borligi, uning sabr kosasini to‗lguncha bo‗lgan 
voqealarni muallif shunday tasvirlaydi.
“Azob” hikoyasi esa o‗zida o‗tkir yumoristik tabiatga ega ekanligini tahlil 
jarayonida kuzatishimiz mumkin. Uni o‗qish jarayonida undagi ayrim qochirim 
va kesatiqlar bir qarashda ko‗zga tashlanmaydi. Uqishda ham balki bu hodisa 
sezilmas, lekin struktural poetikaning muhim bosqichi bo‗lgan ajratib o‗qish 
jarayonida asarda muallif satira va yumorni bir joyga yig‗ib, undan butunlay 
boshqa hodisa-tragik holatni yuzaga keltira olganiga guvoh bo‗lamiz. Portret 
va qahramon ruhiy holatini berishda ham bu alohidalik o‗quvchini befarq 


20 
qoldirmaydi, balki, qahramon psixologiyasini yana ham chuqurroq anglashga 
yordam beradi. 
Asar arxitektonikasida psixologik holatni vaziyatlar bilan bog‗lab berish 
ko‗zga tashlanadi. Ergash Nosirovning amaldor kishilar bilan muomala 
jarayoni bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch rakursni ko‗z oldimizda 
gavdalantiradi. Bu xuddi quyosh nuriga spektr tutganda yetti xildagi kamalak 
ranglarining paydo bo‗lish jarayoniga o‗xshab ketadi. Struktural tahlil 
yordamida tadqiq qilingan bu asar 20-yillar tarjimashunosligining muhim 
yutug‗i edi. Yozuvchining hikoyalarida tasvirlangan kinoyali va achchiq kulgi 
esa satirik va yumoristik ruhdagi asarlar yaratishning amaliy tajribasi sifatida iz 
qoldirdi. Hikoyada bosh qahramon Ergash Nosirovning o‗z-o‗zi bilan, boshqa 
qahramonlar bilan konfliktga kirishishi juda teran ―chiziladi‖.
Ijodkor qalamiga mansub ―Azob‖ hikoyasini o‗rganish va tahlilga tortish 
natijasida quyidagi xulosalar chiqarildi: 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin