Mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
yulduz diplom ishi

- istiqlol davri hikoyalarining ko‘pchiligida fikrlayotgan odamlar bosh 
qahramonga aylandi; 
muallifning ijod namunasida, qahramonlarning o‘zaro mushtarak 
jihatlari mavjudligiga qaramay, har biri alohida qiyofa, o‘z yo‘siniga ega. Bu 
asarlarni ko‘z yugurtirib o‘qish kifoya qilmaydi, sinchiklab o‘qish va idrok 
etish talab qilinadi. Adib yaratgan hikoyada voqealar maromi bir-biriga 
o‘xshab ketsa-da tasvir o‘zgachaligi ustuvor. Shu bois ularning har biri 
kitobxonda ayri, mutlaqo farq qiladigan tuyg‘ular uyg‘otadi; 
Said Ahmad hikoyani muallifning ichki ehtiyoji tufayligina yaratgan. 
Adib uchun zamon talabiga javob berish, barchani qiziqtirayotgan biror 
muammoni ko‘tarib chiqish emas, o‘z ko‘nglini bezovta qilgan muammoni, 
zamondosh ruhiy ehtiyojini ifodalash muhim; 
muallif asarlarida ruhiy holat tasvirining haqqoniyligiga sifatlarni 
uyushtirib keltirish orqali erishadi; 
muallifning hikoyasida tipik odam uchramaydi, har bir qahramoni tip 
— hech kimga o‘xshamagan alohida betakror odam; 


21 
hikoyada adib pand-nasihat qilib emas, his qildirib, voqea 
ishtirokchisiga aylantirib, tuyg‘u hosil qilib o‘quvchi ma’naviyatiga ta’sir 
qiladi; 
Said Ahmadning “Buqalamun bilan uchrashuv” hikoyasi o‗zbek 
adabiyoti uchun muhim hodisa
hisoblanadi. Buqalamun nomli asarlar nafaqat 
o‗zbek balki jahon adabiyotida ham uchrashiga guvohi bo‗lganmiz. Jumladan 
Antojn Pavlovich Chexov qalamiga ―Xameleon‖ (Buqalamun) hikoyasi adib 
ijodining eng yaxshi namunalaridan biri bo‗lgani holda 1884-yil Chexov 
shifokor vazifasida ishlay boshlaganda chop etilgan. Asarning bosh qahramoni 
politsiya nazoratchisi Ochumelov bo‗lib, u orqali inson ichidagi bir necha 
qiyofalarni ochib berishga harakat qilingan. Said Ahmadning ―Buqalamun 
bilan uchrashuv‖ hikoyasida jamiyat uchun havf tug‗dirayotgan turli maqomga 
o‗ynaydigan kimsalarning asl bashrasi ochib berishga urinilgan. Yozuvchi bu 
orqali nima demoqchi quyida biz bu savollarga javob izlashga harakat qilamiz. 
— 
Chexovning Xameleoni kim o‗zi? Yozuvchi bu savolga javob 
berish uchun insonni emas,balki oddiy itni vosita qiladi. Bir itning 
egasini topish masalasi insonlarning yuzlaridagi ―niqoblar‖ini 
yechib tashlaydi. Oddiy hodisadek tuyuluvchi bu kulgili va 
achinarli holat orqali insonlarning yaxshi va ―quloqlari tinch‖ 
yashashlari uchun hech narsadan qaytmasliklari mahorat bilan 
ochib beriladi. 
— 
Said Ahmadning ―Buqalamun bilan uchrashuv‖ asarida jamiyatda 
uchraydigan zamona zayliga o‗ynaydigan o‗z fikriga ega 
bo‗lmagan inson tasviri chiziladi. 
Inson jamiyat bilan bevosita emas, balki bilvosita munosabatga kirisha 
oladigan, o‗tkir zexn, ong sohibi sanaladi. ―Insonni, uning ma‘naviy olamini 
kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‗lsa, so‗z san‘ati, badiiy 
adabiyotdir. Badiiy adabiyotning insonshunoslik, deb, shoir va yozuvchilarning 


22 
esa inson ruhining muhandislari, deb ta‘riflanishi bejiz emas, albatta‖
5
,- deb 
ta‘kidlamaganlar. Inson ongiga ta‘sir qiluvchi, uning dunyoqarashi ortishiga 
xizmat qiluvchi vosita bu kitobdir. Asarda yozuvchi qahramonlar portretini 
chizishga alohida ahamiyat bergan. Portret, aslida, personajning so‗z vositasida 
tasvirlangan tashqi ko‗rinishi (qiyofasi, jussasi, kiyimi, yuz-ko‗z ifodalari, tana 
holati va harakatlari, qiliqlari), o‗quvchi tasavvurida jonlanadigan to‗laqonli 
inson obrazini yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biri sanaladi. 
Adabiyotshunoslik tarafidan tahlil qilsak, portretning shartli ravishda ikki xil 
ko‗rinishi mavjud: statik va dinamik.
6
Statik deyilishiga sabab shuki, 
portretning bu turida personajning tashqi qiyofasi syujet voqeasi to‗xtatilgan 
holda ancha mufassal, detallashtirib chiziladi. Odatda, bunday portretlar 
personaj asar voqeligiga ilk bor kirib kelgan pallada beriladi. Dinamik 
portretda esa mufassal tasvir emas, balki voqea va dialoglar tasvirida, ya‘ni 
harakat davomida berib boriluvchi personaj tashqi ko‗rinishiga xos ayrim 
detallar nazarda tutiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki asarda 
uchragan ayol obrazi, onggi hamin qadar shakllangan, birovning gapi bilan 
yuradigan va o‗sha zamon ayollarining bir guruhini tasvirlab beruvchi tipik 
vakili deb ayta olamiz. 
Adabiyotshunoslikda 
konflikt 
tushunchasi 
muhim 
atamalardan 
hisoblanadi. Badiiy asar voqelikni aks ettirgani, uning markazida inson obrazi 
turgani uchun ham, insonning real hayotdagi mavjud konfliktlarning bari unda 
badiiy in‘ikos etadi. Shu nuqtayi nazardan badiiy konfliktning uchta turini 
farqlash mumkin: 

Xarakterlararo; 

Qahramon va muhit; 

Ichki (psixologik)
7

5
I.A.Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008. B.86. 
6
Қуронов Д. Адабиѐтшунослик луғати.-Т.:Академнашр,2013.-Б.226. 
7
Қуронов Д. Адабиѐтшунослик луғати.-Т.:Академнашр,2013.-Б. 144. 


23 
Konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash holda zuhur qiladi va 
o‗zaro uzviy aloqada bo‗ladi: biri ikkinchisiga o‗tadi, biri ikkinchisini keltirib 
chiqaradi, 
biri 
ikkinchisi 
orqali 
ifodalanadi. 
Konflikt 
syujetni 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Adib ham o‗z hikoyasi qahramoni bilan 
ochiqchasiga konfliktga boradi. U hikoyada qahramonga yolg‗ondakamiga 
bo‗lsada ism qo‗ymaydi. Bu orqali adib qahramonni odam sifatida ko‗rmaydi, 
uni jamiyatdagi o‗rni yo‗qligiga ishora qiladi. Beixtiyor o‗quvchi ham o‗ylanib 
qoladi. Bu kabi insonlarni yetishib chiqishiga nima sabab? Albatta bunda 
zamon emas shaxs aybdor deyish mumkin. Chunki u bilan bir safda yurgan 
insonlar emas aynan u o‗zgarayabdi. Nimaga yozuvchi unga nisbatan 
buqalamun demoqda. Chunki u har maqomga o‗ynaydigan, bir so‗z bilan 
aytganda ikkiyuzlamachi inson. Shu sababli ham yozuvchi ushbu qahramonga 
nisba bermay buqalamunn deyishdan nariga o‗tmaydi. Buqalamun-vaziyatga 
qarab o‗z rang tusini o‗zgartiruvchi hayvon hisoblanadi. Adib aytayotgan 
qahramon ham davrga qarab maddohlik qiluvchi buqalamun inson sanaladi. 
XX asr o‗zbek xalqi tarixida ikkiyoqlama iz qoldirgan asr bo‗ldi, desak, 
yanglishmaymiz. Negaki hayot tarozisida faqat ezgulik turgan taraf og‗ir 
keladi, degan aqidaga ishonuvchi xalqimiz fojealar, qonli bosqinlar, 
ocharchilik kulfatlarini ko‗rish barobarida dunyo hamjamiyati taraqqiyotiga 
munosib hissa qo‗sha olgan yetuk insonlar, xususan, millatsevar va erkparvar 
maorif kishilarini yetishtirib berdi. Bu insonlar XX asr boshida chor Rossiyasi 
asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o‗lkani uyg‗otishga, 
xalqning ko‗zini ochishga harakat qilishdi. Bu harakatlarning ko‗rinishlaridan 
biri milliy matbuot sifatida namoyon bo‗ldi.
1-bobga xulosa 
Har qanday so‗z rassomining qog‗oz qoralashga intilishi zamirida insonga 
qiziqish yotadi. Har qanday odam – bu ham shaxs, xarakter, individ, ham 
alohida, faqat o‗zigagina tegishli tashqi ko‗rinish, ham o‗zi yashayotgan muhit, 
ham uning uyi, ham uni o‗rab turgan mulki borliq va boshqa ko‗plab o‗ziga 
xosliklardan iborat-ki, hayot yo‗lida davom etar ekan, u o‗zi singarilar bilan, 


24 
vaqt va zamon, hayvonot va nabotot dunyosi bilan o‗zaro aloqada bo‗ladi. 
Shuning uchun ham, ijodkor inson obrazini yaratar ekan, xayolan tasavvur 
qilish va badiiy tavsiflash uchun unga turli tomondan razm soladi. Yozuvchini 
insondagi hamma narsa – qiyofa va kiyimlari, odat va fikrlari, yashash va 
xizmat joyi, do‗st-u dushmanlari, odamlar va tabiat dunyosi bilan 
munosabatlari – barcha-barchasi qiziqtiradi. Adabiyotda bu qiziqish o‗zgacha 
badiiy shakl kasb etadi va bu shaklning o‗ziga xosligi qanchalik chuqurroq 
o‗rganilsa, inson obrazining so‗z san'atidagi mazmuni shunchalik to‗laroq 
ochiladi, ijodkor va uning insonga nazari yanada yaqqolroq namoyon bo‗ladi.
Said Ahmadning hikoyalarida inson va jamiyat munosabatini kuzatar ekanmiz, 
bunda avvalambor roviyning o‗zi bosh qahramon ekanligini va jamiyat bilan 
munosabati tasviri ham shundan kelib chiqib ifodalanganligini ko‗rishimiz 
mumkin. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin