2.6. Lalmikor yerlarda yem-xashak, sabzavot va poliz ekinlarini parvarish qilish. Maʼlumki, mamlakatimizda lalmikor ekin maydonlar 750 ming gektardan oshiqroqni tashkil etadi. Bu yerlardan 130 ming gektari yogʼinlar bilan taʼminlangan maydonlardir. Dehqon va chorvadorlarimiz sugʼoriladigan yerlar bilan birgalikda mazkur maydonlardan ham foydalanib kelishmoqda. Kelgusida lalmi maydonlar dehqonchiligi yangi texnika va texnologiyalarni, qurgʼoqchilikka chidamli ekinlar navlarini joriy qilish orqali yanada rivojlantiriladi, albatta.
Poliz ekinlari qurg’oqchilikka chidamli hisoblanadi, ularni issiq iqlimli tog’oldi tumanlarida sug’ormasdan yetishtirish mumkin. Lalmikor polizchilik dengiz sathidan 1200-1500 m yuqoridagi tog’oldi tekisliklarida va zinapoyalarida joylashib, bu yerlarda yillik o’rtacha yog’in miqdori 400-500 mm ni tashkil etadi. Shuningdek, dengiz sathidan 500-700 m balandlikda yillik yog’in miqdori 250-300 mm bo’ladigan tekisliklarda ham sug’ormasdan poliz ekinlarini yetishtirish mumkin.
Lalmikor polizchilikni rivojlantirish juda muhim, chunki bu yerda yetishtiriladigan mevalar ta’mi sug’orib yetishtirilgan mevalarga nisbatan shirinroq bo’ladi, tog’oldi rayonlarda poliz ekinlari yetishtirish birmuncha arzonroq, shuningdek, lalmikor polizchilikda o’simliklar kasalliklarga unchalik chalinmaydi. Lalmikor polizchilik Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan bo’lib, umumiy maydon 7,5-8 ming gektarni tashkil etadi.
Mamlakatimizda lalmi yer maydonlarini 30-40 ming gektarga, olinadigan poliz mahsulotining yalpi hosilini 150 ming tonnagacha yetkazish imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan to’la foydalanish aholining poliz mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishda muhim omil hisoblanadi.
Poliz ekinlari navlari lalmikor polizchilikka har xil moslashib, turlicha natija beradi. Tarvuz o’simligining ildizi tuproqda chuqur joylashgani sababli, bu ekinning lamikorlikka moslashishini ta’minlaydi. Qovun tarvuzdan ko’ra kamroq lalmi yerlarga ekiladi. Qovoqning ildiz sistemasi tuproq yuzasiga yaqin joylashgan, o’simlikdan ko’p namlik bug’lanib ketadi, shuning uchun qovoq turlari lalmi yerlarga ekishga yaroqli emas.
Lalmikor yerlardagi tuproq-iqlim sharoitlari birmuncha keskin bo’lganligi
sababli, bu yerda o’stiriladigan navlar issiqqa va qurg’oqchilikka chidamli, ildizlari yaxshi rivojlanadigan bo’lishi kerak. Bunday xususiyatlarga ega bo’lgan bir qancha navlar xalq seleksiyachilari va olimlar tomonidan yaratilgan va rayonlashtirilgan. Shulardan: Jizzax va Samarqand viloyatlarining yuqori tekisliklarida va pastki tog’oldi zonalarida yetishtirish uchun qovunning Yubileynaya, Arbakeshka 1219, Po’rsildoq, Ichi qizil; kechpisharlaridan: Gulobi bogarnaya; tog’oldi zonalarining yuqori pog’onalarida- yuqorida nomi keltirilgan navlar va shular bilan birga Zarg’aldoq-gulobi navi ekishga tavsiya etiladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining lalmi tekisliklarida qovunning Bosvoldi, Po’rsildoq; kechpishar navlaridan -Qo’ybosh, Ichi qizil, Qo’ybosh 476, Bogarnaya 34; tog’oldi lalmi yerlarida- yuqoridagi navlar bilan birga Arbakeshka 1219, Ko’kcha 588; kechpisharlardan -Zarg’aldoq gulobi; Qora qand navlari ekiladi.
O’zbekiston g’allachilik ITI olimlari lalmi yerlarda yetishtirish uchun tarvuzning quyidagi navlarini ekishga tavsiya etadi: Jizzax va Samarqand viloyatlarining tekisliklarida Qo’ziboy bogarniy; Bagaevskiy murashka, Oq qo’ziboy 30, Tezpishar, Sputnik, tog’oldi zonasida - Qo’ziboy 30, Qo’ziboy bogarniy, Xayit qora, Sputnik, Mozaichniy; Qashqadaryo va Surxondaryo lalmi tekisliklarida - Tezpishar, Mozaichniy; Qo’ziboy bogarniy; Oq qo’ziboy, Xayit qora, Bagaevskiy murashka, Dinniy list; tog’oldi lalmikorlikda-yuqoridagi navlar bilan birga Qo’ziboy 30, Amerikanskiy beliy; Beliy dlinniy 107.* Qishloq xo’jalik ekinlarini sinash bo’yicha davlat komissiyasi tomonidan 1998 yildan Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining lalmi yerlarda yetishtirish uchun qovunning Arbakeshka 1219, tarvuzning - Mozaichniy, Sputnik va Qo’ziboy 30 navlari tavsiya etilgan.
Yerda nam tanqisligi, tuproqda va uning poliz ekinlari palagi taralgan ustki qismida haroratning keskin ko’tarilishi o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga, shuningdek, ularda kechadigan fiziologik jarayonlarga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Tuproqdagi nam tanqisligi tufayli o’simlikka ildiz sistemasi orqali suv shimilishi buziladi, natijada o’simlikning o’suv davri, ayniqsa ob-havo noqulay kelgan yillarda uzoqqa cho’zilib ketadi. Lalmikor yerlarda havo va tuproq haroratining juda ko’tarilib ketishi, havo nisbiy namligining pasayishi poliz ekinlarining gullashini susaytiradi, g’uncha va yangi tugilgan mevalarning qurib qolishiga sabab bo’ladi. Ba’zan vazni 200-300 g keladigan yirik mevalari ham qurib qoladi.
Yerda nam tanqisligi, tuproqda va uning poliz ekinlari palagi taralgan ustki qismida haroratning keskin ko’tarilishi o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga, shuningdek, ularda kechadigan fiziologik jarayonlarga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Tuproqdagi nam tanqisligi tufayli o’simlikka ildiz sistemasi orqali suv shimilishi buziladi, natijada o’simlikning o’suv davri, ayniqsa ob-havo noqulay kelgan yillarda uzoqqa cho’zilib ketadi. Lalmikor yerlarda havo va tuproq haroratining juda ko’tarilib ketishi, havo nisbiy namligining pasayishi poliz ekinlarining gullashini susaytiradi, g’uncha va yangi tugilgan mevalarning qurib
qolishiga sabab bo’ladi. Ba’zan vazni 200-300 g keladigan yirik mevalari
ham qurib qoladi.
Bunga sabab, o’simlik gulidagi changi hayot qobiliyatining pastligi (24-25 %) va sug’oriladigan yerlardagiga qaraganda gullarga hasharot changlatuvchilarning kam kelib qo’nishidir. Buni, ayniqsa ob-havo quruqkelgan yillarda o’simlik tupida bittadan meva tugilishiga yoki butunlay tugilmasligiga olib keladi.
Yerga to’kiladigan gul va tugunchalar foizini pasaytirish va mayda bo’lib, yetilmay qoladigan mevalar miqdorini kamaytirish uchun o’stirish stimulyatorlari (geteroauksin, alfa-NUK, bor kislotasi) qo’llaniladi.
Qo’shimcha changlatish uchun o’simlikka asalarilar jalb etiladi yoki gullar
qo’lda changlatiladi.
Mamlakatimizning lalmikor yerlarida poliz ekinlari hosildor-ligini tuproqda kuz-qish oylarida to’plangan nam miqdori belgilaydi. Shuning uchun bu yerda poliz ekinlari agrotexnikasiga asosan e’tibor yerda ko’p nam to’plash va uni to’la saqlab qolishga qaratilishi kerak.
Poliz ekinlari ekish uchun yerni tug’ri tanlash juda katta ahmiyatga ega.
Bunda past tekisliklardagi erigan qor va yomg’ir suvlari to’planadigan, yozda tuproq namligi janubiy qiyaliklardagiga qaraganda 1,5-2 % yuqori bo’ladigan shimoliy va shimoli-g’arbiy qiyaliklardagi yerlar eng yaxshi hisoblanadi.
Yerlarni ekishga tayyorlash kuzda 20-22 sm chuqurlikda shudgorlash va bahorda ekin ekish oldidan qayta haydashdan iborat. Lekin yerlar kuzda oddiy usulda shudgorlansa, tuproq nami qochib qolganligidan yer sifatsiz haydalib, kesak ko’chadi. Bundan tashqari, yer kuzda va bahorda qayta haydalishi tufayli mahsulot tannarxi qimmatlashib ketadi. O’zbekiston lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirish instituti yerlarni kuzda shudgor qilmay, bahorda aprel oyida 20-22 sm chuqurlikda haydashni va may oyida ekin ekish oldidan 16-18 sm chuqurlikda qayta haydashni tavsiya qiladi.
Yerni haydash bilan bir vaqtda mola bostirish kerak. Poliz ekinlarini ekish muddati ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. Obhavo quruq kelgan yillarda erta ekish yaxshi natija beradi. Namgarchilik ko’p bo’lgan yillarda esa kechroq ekish kerak bo’ladi. Poliz ekinlaridan egat hosil qilish kerak bo’lgan taqdirda, bu ekinlar uchun ajratilgan maydonning bir qismiga urug’lar aprel oyida ekiladi.
Odatda, poliz ekinlari urug’i ivitilib ekiladi. Urug’lar yerni ekin ekishga tayyorlash paytida bir yo’la ochib ketilgan sayoz egatlar tubiga 4-6 donadan qilib uyalab ekiladi, plug qayta o’tishida qo’shib ketiladi. Poliz ekinlari urug’ini mexanizatsiya yordamida ekishda g’o’za seyalkalaridan foydalaniladi.
Poliz ekinlari oziqlanish maydonining optimal kattaligi ko’p jihatdan yillikob-havo sharoitiga bog’liq bo’ladi. Lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirishinstitutida olib borilgan tajriba natijalariga ko’ra, yog’ingarchilik ko’pbo’lgan yillari qovun va tarvuzning oziqlanishi maydoni kichik (2,5-3 m2) va aksincha, quruq kelgan paytda katta (3-5 m2) bo’lishi kerak.
Poliz ekinlari bitta chinbarg chiqarganda yaganalanadi. Bunda har qaysi uyada bittadan sog’lom maysa qoldiriladi. Lalmikorlikda poliz ekinlarini parvarish qilishda yog’ingarchilikdan keyin hosil bo’ladigan tuproq qatqalog’iga qarshi kurash muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Maysalar unib chiqqunga qadar qatqaloq rotatsion motiga yoki tishli borona bilan buziladi, unib chiqqandan keyin qator oralari yumshatiladi.
Bahorda gʼalla ekinlarini qulay ekish muddati janubiy viloyatlarda (Qashqadaryo, Surxondaryo) fevralning birinchi oʼn kunligi, markaziy mintaqa viloyatlarida (Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoiy) esa ikkinchi va uchinchi oʼn kunligi hisoblanadi. Qoʼshimcha, qayta va bahorgi ekishda biologik hayot tarzi bahorgi boʼlgan navlarni ekish tavsiya etiladi. Bunda bugʼdoyning “Oq bugʼdoy”, (Grekum–40), “Surxak–5688”, “Baxmal–97” navlarini 90–100 kg/ga, arpaning “Unumli arpa”, “Nutans–799”, “Lalmikor”, “Savruk” navlarini 90–95 kg/ga meʼyorida ekilishi lozim.
Respublikamizning yogʼin-sochin bilan taʼminlanmagan tekislik mintaqalarida maʼdanli oʼgʼitlar aksariyat yillarda samara bermaydi. Faqat ob-havo seryogʼin kelgan (300–350 mm) yillardagina oʼgʼitlarni qoʼllash tavsiya etiladi. Shunday paytlarda kuzgi gʼalla ekinlari uchun gektariga sof taʼsir etuvchi modda hisobida 30 kg. dan azotli, fosforli va kaliyli oʼgʼitlar berish zarur. Yogʼin-sochin bilan yarim taʼminlangan lalmikor yerlarda oʼgʼitlar meʼyori 40 kg/ga azot, fosfor va kaliyni, togʼoldi va togʼli maydonlarda barcha oʼgʼitlar meʼyorini 50 kg/ga, seryogʼin kelgan yillarda (400–600 mm) esa 60 kg/gacha (sof taʼsir etuvchi modda hisobida) berish hosildorlikni oʼrtacha 4–5 sentnerga oshirish imkonini beradi.
Soʼnggi yillarda ob-havoning seryogʼin va salqin kelishi, havo namligining ortib ketishi natijasida respublikamizning sugʼoriladigan maydonlari kabi lalmi yerlarida ham kuzgi gʼalla (asosan bugʼdoy) ekinlarining begona oʼtlar, turli kasallik va zararkunandalardan jiddiy zararlanish holatlari koʼplab kuzatilmoqda. Bu yil kuz iliq, namgarchilik yetarli boʼlganligidan koʼchat soni koʼp boʼlishi, begona oʼtlarning yoppasiga avj olib, rivojlanishiga qulay sharoit tugʼildi.
Begona oʼtlarni kamaytirish, tuproqdagi namlikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega agrotexnologik tadbirlardan biri bu – boronalash. Bu tadbirni viloyatlarning yogʼin-sochin kam boʼladigan quyi lalmikor yerlarda mart, yarim
Oʼzbekistonda kunjut qadimdan ekiladigan moyli ekinlardan hisoblanadi. Urugʼining tarkibidagi moy miqdori boʼyicha moyli ekinlar orasida birinchi oʼrinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yoʼli bilan olingan kunjut xushtaʼmligi boʼyicha zaytun moyiga tenglashadi. Urugʼida 48–65 % moy, 16–19 % oqsil va 15–17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslashda olingan kunjarasini tarkibida 40 % oqsil, 8 % yogʼ boʼlib undan chorva mollari uchun oziqa sifatida foydalanish mumkin.
Kunjut sugʼoriladigan yerlarda hosildorligi 20–25 s/ga, lalmikorlikda 10–15 s/ga. ni tashkil etadi. Kunjut issiqsevar oʼsimlik boʼlib urugʼlari 15–16 oS haroratda una boshlaydi, maysalari qiygʼos unib chiqishi uchun harorat 18–20 oS qulay hisoblanadi. Lalmikorlikda yillik yogʼingarchiliklar miqdori 350–400 mm boʼlganda, umuman seryogʼin yillarda togʼli va togʼoldi mintaqalarda yaxshi hosil beradi. Oʼsuv davri 73–150 kun boʼlib, navlari ertapishar, oʼrtapishar, kechpishar guruhlarga boʼlinadi.
Kunjutning «Tashkentskiy–122» navi mamlakatimizning barcha mintaqalarida ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan. Lalmikor maydonlar uchun kunjutning ekish meʼyori 3–4 kg/ga, chuqurligi esa 2,5–3 sm. ni tashkil etadi. Ekish muddati aprelь oyining uchinchi va may oyining birinchi oʼn kunligiga toʼgʼri keladi.
Noʼxat lalmikor maydonlarda boshoqli don va boshqa ekinlar uchun yaxshi oʼtmishdosh hisoblanadi. Urugʼni ekish uchun boshoqli don ekinlaridan boʼshagan maydonlar 20–22 sm chuqurlikda kech kuzda yoki erta bahorda (fevralь-martda) agʼdarib haydaladi. Yerni tekislash hamda begona oʼtlarni yoʼqotishda ogʼir vaznli, oʼtkir tishli zig-zag boronalar qoʼllaniladi.
Noʼxatni ekish muddati tuproqning mexanik tarkibi va ob-havoga bogʼliq holda tuproqning yetilganligi bilan belgilanadi. Lalmikor maydonlarning qir-adirlik mintaqalarda mart oyining birinchi oʼn kunligida, togʼoldi va togʼli mintaqalarida esa mart oyining uchinchi oʼn kunligi va aprelning birinchi oʼn kunligida urugʼini ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Bahor oylarida yogʼingarchilik koʼp boʼlganda noʼxatning ildiz chirish, fuzarioz va askoxitoz kasalliklari bilan zararlanishi kuzatilmoqda. Bu don hosilining keskin kamayishiga olib kelmoqda.
Qir-adirlik mintaqalarida joylashgan lalmikor maydonlarda noʼxatning askoxitoz kasalligiga chidamli “Lazzat” navini gektariga 50–55 kg, yirik urugʼli «Jahongir», «Iroda–96», «Yulduz» navlarini 60–70 kg, togʼoldi va togʼli mintaqalarda esa 75–80 kg ekish maqbuldir. Ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibiga qarab, xususan yengil qumoqli tuproqlarda 4–5 sm, ogʼir tarkibli tuproqlarda 5–6 sm boʼlsa, urugʼning bir tekis unib chiqishiga zamin yaratiladi. Bunda urugʼ qator oralari 45–60 sm tartibda diskali soshniklar oʼrnatilgan SZT-3,6 rusumli seyalkalar yordamida ekiladi.