Daryo havzasining maydoni (F) ni aniqlash uchun dastlab u kartada suvayirg‘ich chiziqlari bilan chegaralab olinadi. Chegaralab olingan maydonning yuzasini quyidagi usullar bilan aniqlash mumkin:
- grafik usul;
- planimetrik usul.
Daryo havzasining maydoninigrafik usulda aniqlashda ma’lum o‘lchamdagi katakchalardan tashkil topgan maxsus paletkadan foydalaniladi. Katakchalarning o‘lchami karta masshtabiga bog‘liq holda tanlanadi.
Havza maydonini planimetrik usulda aniqlashda maxsus o‘lchov asbobi-planimetrdan foydalaniladi. Shu maqsadda keyingi yillarda ancha takomillashtirilgan polyar planimetr (PP-2k)lar qo‘llanilmoqda.
Daryo havzasining uzunligi (Lh) daryoning quyilish joyi bilan suvayirg‘ich chizig‘ida undan eng uzoqda joylashgan nuqtani tutashtiradigan to‘g‘ri chiziqning uzunligiga tengdir. Uni aniqlash uchun chizg‘ichning "0" raqami daryoning quyilish nuqtasiga qo‘yilib, ikkinchi tomoni suvayirg‘ich ustida soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha aylantiriladi.
Daryo havzasining eng katta va o‘rtacha kengliklari birbiridan farq qiladi.
Havzaning eng katta kengligi (Vmax) daryo havzasining eng keng joyidan havza uzunligini ifodalaydigan chiziqqa nisbatan o‘tkazilgan perpendikulyarning uzunligidan iboratdir. Demak, daryo havzasining eng katta kengligi kartadan o‘lchash natijasida aniqlanadi.
Havzaning o‘rtacha kengligi (Vo‘rt) esa quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi:
Daryo havzasining cho‘zilganligi cho‘zinchoqlik koeffisienti (d) orqali ifodalanadi va u quyidagi tenglik yordamida hisoblab topiladi: