Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot va ularni axborot imkoniyatlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə18/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

.

4. Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot va ularni axborot imkoniyatlari.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot tashkilotlarning quyidagi byudjetdan tashqari mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun mo’ljallangan:

- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari;


- o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa va san’at maktablari);
- xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar;
- maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;

- ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari;

- umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar;
- kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar;
- turg’un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar;
- boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi;

- byudjet tashkilotlarining boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari;


- grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish vositalari;
kreditlar.
Hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar:

- hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur byudjetdan tashqari mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarni to’liqligini;


- hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib chiqadilar.
“Yil boshiga mablag’ qoldig’i” ustuni bo’yicha tashkilotlar hisobot shaklida keltirilgan barcha byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha hisobot yilining birinchi sanasiga bo’lgan mavjud qoldiq mablag’larni aks ettiradilar.
“Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) – jami” ustuni bo’yicha hisobot shaklida keltirilgan barcha byudjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha alohida holda hisobot davrida tashkilotning hisobvaraqlariga kelib tushgan tushumlarni aks ettiradilar.
“Xarajatlar yoyilmasi” bo’limi bo’yicha mazkur byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo’yicha har bir byudjetdan tashqari mablag’larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiradilar.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin