Mundarija kirish


Seysmik xavfli hududlarda qurilish poydevorlarini loyihalash uchun konstruktiv yechimlar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə8/12
tarix08.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#109525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
G\'afforov M

4.Seysmik xavfli hududlarda qurilish poydevorlarini loyihalash uchun konstruktiv yechimlar.
Zilzila - tabiiy ofat bo‘lib. har yili Yer shari aholisiga katta-katta kulfatlar keltiradi, uning oqibatida inshootlar buziladi, yong'inlar chiqadi, odamlarhalok bo'ladi. YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, 1925-1950- yillar mobaynida sodir bo'lgan zilzilalar vaqtida Ycr yiizi bo'yicha 350 mingdan ortiq odam halok boigan, 10 milliard dollar atrofida moddiy zarar ko‘rilgan.
Yer sharida har yili 300 mingdan ortiq zilzila yuz berib, ularning ko'pi kuchsiz yoki odam yashamaydigan tumanlarda sodir bo’ladi.
Ba’zan zilzila markazi aholi zich yashaydigan shahar va tumanlarda joylashgan bo’ladi.Zilzila ayni bir joyda kamdan-kam, o'nlab va hatto yuzlab yillardan keyin qaytariladi. Har qaysi zilzilaning o'ziga xos xususiyati bo’ladi, shu sababli inshootlami zilzilaga bardoshli qilib qurishdagi tadbirlar gohida foydali boisa, gohida aksincha, zarar keltirishi mumkin. Shunga qaramay, sodir boigan zilzilalar oqibatini tahlil qilish asosida qaror topgan bir qancha qoidalarini universal va foydali deb qarash mumkin.Zilzila deb, vulqon otilishi yoki yerning chuqur qatlamlarida tog' jinslarining bir-biriga nisbatan surilishi natijasida kelib chiqadigan tektonik jarayonlar natijasida yer sirti qatlamining elastik silkinishiga aytiladi. Zilzila kuchi ballarda o'lchanadi.
Ko'pchilik davlatlarda zilzila kuchi uchun 12 balli slikala qabul qilingan (GOST 6249-52). Zilzila kuchi 6 ballgacha bo'lganda bino va inshootlarga zarar yetmaydi. Bunday holatlarda bino konstruksiyalari yoki devor sirtlarida alohida yoriqlar hosil bo'ladi va asosan binoning pardoz qismi zarar ko'rishi mumkin.Zilzila bo'lganda uning kuchiga balliga asosan binolarda va muhitda ba’zi shikastlar va salbiy oqibatlar bo'ladi:
1 balli zilzila bo'lganda ba’zi kuchsiz silkinishlar bo'Iib, imoratlarda va
muhitda o'zgarish bo'lmaydi;
2 balli zilzilada kuchsiz silkinish bo'Iib, binolarda shikast sezilmaydi;
3 balli zilzilada esa bino ichidagi shaxs sezadigan silkinish. ko'pavatli binolarda qo'rqish paydo qiladigan tebranish hosil boiishi mumkin. Imoratlarda sezilarli shikast paydo bo'lmaydi.
4 balli zilzilada yuqori qavatli binolarda, ayniqsa. yuqori qavatlarida yaxshigina sezilarli tebranishlar, xonalardagi qandillaming tebranishi kutiladi, imoratlardashikast bo'lmasligi mumkin.
5 balli zilzilada pollar, oraliq devorlarda ezilgan tovush. oynalami tebranish tovushlari, devor pardozlari changlari paydo bo'lishi mumkin. Ochiq qolgan ram va eshiklami harakatlari, imoratning yengil shikastlanishi, suv havzalarida to'lqin paydo bo'lishi kuzatiladi.
6 balli zilzilada aksarivat imoratlarda sezilarli tebranish va uning natijasida yengil shikastlar paydo bo'ladi, ko'pincha imoratning tomdagi mo'risi sliikast- lanishi mumkin. Yer sathi ortiqcha nam bo'lgan joylarda sezilarh yoriqlar paydo bo'lishi mumkin.
7 balli silkinishda ko'pchilik binolarda sezilarli shikastlar, buzilishlar bo‘lishi,
insonda qattiq qo‘rquv paydo bo'lishi mumkin. Zilzilaga bardosh qurilgan imoratlarda katta shikast bo'lmay, asosan tebranish kuchi seziladi. Quruq sezilarli yoriqlar, nam gruntlarda esa katta yoriqlar paydo bo'ladi.Suv havzalarida quyqalanish kutiladi.
8 balli zilzilada deyarli barcha imoratlarda sezilarli, ba’zida tiklab bo'lmaydigan shikast va ba’zi qismlarining qulashi mumkin. Bu holatda devorlar, mo'rilar, xonalarda servantdagi idish-tovoq, ko'p qavatli imoratlarda konstmksiyaning tebranish tovushlari paydo bo'ladi. Shahardagi haykallar yiqilishi, muhandislik uskunalari sezilarli shikastlanib, kanalizatsiya va suv ta’minoti buzilislii mumkin. Yer yuzasida sezilarli yoriqlar, ba'zi joylarda paydo bo'lishi kutiladi.
9 balli yer qimirlashda barcha yuqorida keltirilgan hodisalardan tashqari hamma imoratlarda turli shikastlar, xususan, zilzilaga qarshi chora ko'rilmagan imoratlar batamom buzilib, yiqilib, shikastlanib ko'p talofat keltirishi bir necha marta qayd etilgan. Imoratlarning ba’zida zinalari, ustyopmalari, devorlari ag'darilib ketishi kuzatilgan. Tashqarida temiryo'llar buralishi, hovuzlar cho'kishi, vo'llarda katta yoriqlar paydo bo'lishi mumkin. Bashnya kabi inshootlar ag'darilib, muhandislik inshootlari ishonchsiz holatga kelgan.
Yer sathida 10 sm va katta miqdorda yoriqlar paydo bo'lgan.10—12 balli yer qimirlashlarsodir bo'lishi mumkin bo'lgan maydonlarda qurilish qat’iyan man etiladi, chunki zilzila vaqtida katta talofat va o'ta qo'rqinchli sharoit paydo bo'lishi, yer yuzi tekislanib yoki yorilib katta yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin.Umuman, yer silkinishi natijasida yer qatlamidagi jinslar buzilishi va
ularda katta qoldiq deformatsiyalar bo'lishi ko'zga tashlanadi. Siljish jarayoni
boshlangan yer qobig'idagi cheklangan maydon zilzila «giposentri» (yoki
fokusi) deb ataladi. Episentrdan yer sirtidagi har qanday nuqtagacha bo'lgan
masofa episeniral masofa deb ataladi. Episentral zonalardagi vertikal tashkiletuvchilar gorizontal tashkil etuvchilardan ortiq bo'ladi va u episentrdan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Bunda gorizontal tashkil etuvchi asosiy bo'Iib qoladi, bu esa bino va inshootlar uchun xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ziizila xavfli hududlarda barcha turdagi bino va inshootlar alohida talablar, qoida va shartlar asosida loyihalanadi, quriladi va foydalaniladi.
Bino va inshootlarning zilzila ta’siriga chidamliligi zilzilabardoshlik deyiladi. Yer qimirlaydigan hududlarda binolarning yetarlicha zilzilabardoshligini ta’minlash uchun bu konstruksiyalarga og'irlik kuchlaridan tashqari zilzila paytida gorizontal kuchlar ham ta’sir etishini hisobga olish kerak bo'ladi. Bu kuchlar o'qtin-o'qtin takrorlanib turuvchi xarakterga ega bo'lib, har xil yo'nalishda ta’sir etishi mumkin.
Qurilish normalari hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida binoning eng katta va eng kichik bikrligiga to'g'ri keluvchi simmetriya o'qlari bo'yicha yo'nalgan birgina gorizontal seysmik kuchlarni hisobga olishni tavsiya etadi.
Yer qimirlaydigan tumanlarda aholi yashaydigan turar-joy binolari qurishda binolar oralig'ida ko'proq ko'kalamlashtirilgan zonalar va katta bo'sh maydonlar qoldirilgan bo'lishi kerak. Bu tadbir asosan yong'inga qarshi tadbir hisoblanib, norma bo'yicha ko'cha kengligi va binolar oralig'idan 15—20% kattaroq qilib olinadi. Bino va inshoot loyihasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish talab etiladi.
Hajmiv-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar simmetriya hamda massa va bikrliklarni barobar taqsimlash shartlarini qoniqtirishi kerak.Agar bino vazifasiga va me’moriy talablariga ko'ra nosimmetrik va murakkab formada qurilishi talab etilgan bo'lsa, bunda bino planini antiseysmik choklarbilan bo'laklarga bo'Iib chiqiladi. Bu choklar o'lchamlari normada ko'rsatilgandan katta bo'lgan bino re jalarini qismlarga ajratishda ham qoilaniladi.Devorlari yuk ko'taruvchi bo'lgan binolarda antiseysmik choklar qo'shdevor o'rnatish bilan, sinchli binolarda esa yonma-yon ramalar (qo'shaloq sinch) o'rnatish orqali hosil qilinadi.
Choklar eni elementning erkin gorizontal siljishini ta'minlashi kerak. Poydevorlarda choklar, agar ular bir vaqtning o'zida cho'kish choki bo'lmasa, qoldirilmasa ham bo'ladi.Bino yoki uning ayrim qismiarining poydevorlari bir xil sathda joylashishi kerak. Yuk ko'taruvchi tosh devorlar poydevori lentasimon bo'lishi lozim. Agar qoziq poydevorlar ishiatiladigan bo‘lsa, u holda qoziq poydevorlarining «qoziq ustun» turi afzal boiadi. Binolaming sinchli turlarida ustun osti poydevorlari quyma yoki vig‘ma temir-betondan ishlanib, ular poydevor to'sini yordamida tutashtiriladi.
Tosh devorlari yuk ko'taruvchi bo‘lgan binolaming ustivorligi va fazoviy bikrligi bino ichki va tashqi devorlarining butun uzunasi bo'yicha va har bir qavat orayopmasi plitalari tekisligida joylashtirilgan antiseysmik kamarlar yordamida ta’minlanadi. Bund ay kamarlar quyma yoki yig‘ma temir- betondan yoki metalldan ishlanishi mumkin.
Quyma kamarlar armaturalari uzluksiz bo’ladi. Yig‘ma kamarlarda esa bikr gorizontal ramaga qo‘yilma detallari payvanlanadi yoki ochiq qoldirilgan armaturalarni o‘zaro tutashtirib, ustidan beton yotqiziladi.Antiseysmik kamarlar kengligi odatda devor qalinligi kabi bo'ladi. Devorlar qalinligi 500 mm dan katta bo'lganda qalinligini 120 mm dan kichik bo'lmagan miqdorda olish lozim. Kamar balandligi ko'pincha 150 mm va undan katta bo'ladi.
G'isht devorli binolar har bir bo'linmasida elementlarning konstruktiv yechim va materiallari bir xil qilib olinishi, shu bilan birga deraza orasi devorlari va eshik, deraza o'rinlari bir xil kattalikda bo'lishi kerak. Devorlar tutashgan joy armatura turlari bilan kuchaytiriladi.
Zilzila kuchi 7, 8 va 9 ball bo'lgan tumaniarda yuk ko'taruvclii g'ishtin devorlarning balandligi 6, 5 va 4 m dan oshm asligi kerak. Yer qimirlaydigan tumaniarda har bir qavat balandligining devor qalinligiga nisbati 1:12 dan katta bo'lmasligi kerak. Shu bilan birga zinopoya, pardevor va boshqa konstruktiv elementlar mustahkam o'rnatilishi kerak.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin