Mundarija kirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/12
tarix08.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#109525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
G\'afforov M

MUNDARIJA

KIRISH.................................................................................................................2

II ASOSIY QISM


1. Sanoat binolaridagi titrash ta'sirini kamaytirishga mo‘ljallangan konstruktiv yechimlar, ularning binolarning xavfsiz ishlashidagi ahamiyati…..……………....5
2. Qurilishda ishlatiladigan materiallar va tabiiy tosh materiallarining asosiy turlari ………………………………………………………………………………...12
3. Metallarning korroziyasidan himoya qilish usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari …………………………………………………………………….18
4. Seysmik xavfli hududlarda qurilish poydevorlarini loyihalash uchun konstruktiv yechimlar.………………………………………………………………………..26
5. Binoni tutun tarqalishidan himoya qilish uchun konstruktiv yechimlar …………………………………………………………………………...............31
XULOSA………………………………………………………………………...37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………….39














KIRISH O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o'z taraqqiyotining yangi davriga kirdi. Xalqimiz o'zining boy tarixiy, madaniy va ma'naviy merosiga ega bo'ldi. Ming-ming yillik me’morchilik va shaharsozlik tariximizni, hattoki borib ko‘rish ta’qiqlangan arxitekturaviy yodgorliklarni nafaqat ziyorat qilishga, balki ularni o'rganishga va restavratsiya qilishga ham keng imkoniyatlar yaratildi. Vatanimizda qadim zamonlardan boshlab yaratilgan nodir me'moriy obidalarni, shaharsozlikning yaratilish tarixini, qurilish usullari va qoidalarini talabalarga xolisona o ‘rgatish zamoni keldi. Samarqand shahrining 2750 yillik, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlarining 2500 yillik, Shahrisabzning 2700 yillik, Toshkent shahrining 2200, Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileylari nishonlandi. Buyuk sohibqiron va atoqli davlat arbobi Amir Temur, jahonga mashhur vatandoshlarimiz Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Marg‘inoniy, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Imom al-Moturdiy, Jaioliddin Manguberdi singari jahonga mashhur kishilarning qadamjolari mamlakatimizning zamonamizdan kelajak avlodga meros bo'lib qoladigan darajada, restavratsiya qilindi, tubdan qayta qurildi va yangidan tiklandi. 2007-yilda Islom madaniyatining poytaxti deb tan olingan. Toshkent shahrida ulug‘vor inshoot - Hazrati Imom masjidi bunyod etildi. Zamonaviy materiallar va konstruksiyalar asosida, milliy 1 ikni o'zida jo etgan, umumiylik bilan uyg'unlashgan ko'plab turar-joy, jamoat hamda sanoat binolari va inshootlari qurildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yo'lida mamlakatimizda yuksak me'morchilik san'ati darajasida akademik litseylar, kasb hunar kollejlari, maktablar, sport inshootlari, zamonaviy tibbiyot muassasalari, yangicha qishloqlar yaratildi. Ko'plab maydonlar. bog'-rog’lar, oromgohlar xalqqa in'om etildi. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar, fabrikalar ishga tushdi. Neft va gaz, gidrotexnika, energetika inshootlari, yangi vo'nalishdagi avtomobil yo'llari, temir yo'llar,ko’priklar, estakadalar va ko‘plab boshqa turdagi inshootlar bunyod etilib, fovdalanishga topshirildi. Yurtboshimiz tarixsiz kelajak yo‘qligini, vatandoshimiz Abdulla Qodiriy ta’biri bilan aytganda’’ Moziyga qaytib ish ko'rmoq’’- kerakligini e'tiborga olib, talaba yoshlarga — bo'lajak quruvchi muxandislarga me'morchilik, shaharsozlik va qurilish tarixini, ularning sir-asrorlarini o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Me'morchilikning vazifasi inson havoti va faoliyati uchun munosib fazoviy muhitni tashkil qilishdir. Bu vazifa moddiy struktura — qurilayotgan va ta'mirlanayotgan binolar va inshootlar orqali hal etiladi. Arxitekturaning ijtimoiy va g’ovaviy rivojlanish jarayonida uning funksiyasi binolar, konstruksiyalar orqali turlicha ifodalanadi. Konstruksiyalar va arxitekturaviy - badiiy ifodalar o’rtasidagi o'zaro bog’liqlik me'morchilik rivojlanishining muhim muammosi bo’lib kelgan. Konstruksiya aniq funksional va estetik masalalarga mos holda qo’llanilganligi uchun arxitekturaviy asar elementi ahamiyatiga ega bo’lgan. Konstruktiv shaklning proporsional, hajrnfazoviy va plastik ifodalanishi bino va inshootlar tektonikasining xususiyatlarini tashkil etadi va bu arxitekturaviy kompozitsivaning bir muhim vositasidir. Me'morchilik fani hamma vaqt ijtimoiy, siyosiy va g ’oyaviy omillarni hisobga olgan. ularga mos holda rivojlangan. Muhandis quruvchilar arxitekturaning, asosan texnik masalalari bilan ish ko’rib konstruksiyalar va qurilish usullarini o ’ziga jo etgan estetik imkoniyatlarini yaqqol tasavvur qilishlari kerak bo'ladi. Bu jihatdan - 4 - qaraganda arxitektura tarixiy tajribasi nafaqat keng ma’lumotiar beradi, shuningdek, u muammoni nazariy o'ylashga o'rgatadi, konstruksiyalar va badiiy shakllarning o'zaro bog‘liqligiga oid ko'p qirrali nazariy masalalarni hal qilishga yordam beradi.Bugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy koʼrinishdagi talqini diqqatimizni oʼziga jalb etadi. Shuni taʼkidlash lozimki, binoda xoh u tarzda boʼlsin, xoh interьerda, anʼanaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi koʼrinishi binolarimizning koʼrkiga koʼrk qoʼshib turibdi. Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, Liboslar galereyasi va yana koʼplab mustaqillik yillarida bunyod etilgan binolarimizni kiritishimiz mumkin.Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan katta hajmdagi kapital qurilishlar, qurilish konstruksiyalaridan samarali foydalanish rivojining juda tez jadallashuviga turtki bo'ldi — konstruksiyalarning turlari va ulardan tayyorlanadigan xomashyolar to'xtovsiz takomillashib bormoqda. Shu boisdan ulami hisoblash, loyihalash va tiklash usullari ham takomillashtirilmoqda. Qurilishning samaradorligini oshirish yo'llaridan biri — uning konstruktiv sxemalarini ixchamlashtirish va konstmksiyalami tiplashtirish asosida, iloji boricha ko'proq tayyorligini oshirish bo‘lsa, ikkinchisi — bu imoratlarni raqobatbardosh, yuqori sifatli, shinamva vazifaviy qulay bo‘lishini ta’minlashdir. Shu tufayli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlami qo'llash bilan bir qatorda qurilish maydonchalarida bajariladigan ishlarga keng imkoniyatlar ochib berildi.






  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin