Sanoat binolaridagi titrash ta'sirini kamaytirishga mo‘ljallangan konstruktiv yechimlar, ularning binolarning xavfsiz ishlashidagi ahamiyati
Sanoat korxonalarida titrash (tebranma harakat)ni kamaytirish usullari. Titrash insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan bevosita yoki bilvosita muloqatda bo`lgan holatlarda ta`sir etadi. Titrashdan ba`zan ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishda ham foydalaniladi. Masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning qarshiligini kamaytirishda, ish unumdorligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxsxilashda va h.k. Titrashlar transport, transport-texnologik va texnologik turlarga bo`linadi. Transport titrashlar harakatlanuvchi mashina yoki traktorlarda yuzaga keladi. Agar ushbu mashina yoki mashina-traktor agregati harakatlanish bilan bir vaqtda biror texnologik jarayonni bajarsa, bunday vaqtda yuzaga keluvchi titrashlar transport-texnologik titrash deb ataladi. Texnologik titrashlar qo`zg’almas mashina-mexanizmlar va qurilmalarda yuzaga keladi. Insonni uzoq vaqtli titrash ta`sirida bo`lishi ikki xil, ya`ni umumiy va mahaliy (lokal) kasalliklarga olib keladi. Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so`ng boshlanadi. Bunda bosh og’rig’i, ko`rishni susayishi, tana haroratini oshishi kuzatiladi, oshqozon va yurak-tomir tizimi ish faoliyatida salbiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Lokal ko`rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a`zolariga, masalan, qo`l yoki oyoqga ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda asab va suyak-bo`g’im tizimining ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonning og’irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi.
Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me`yorlashtiriluvchi ko`rsatkichlari sifatida tebranish tezligining o`rta kvadrat miqdori va logarifmik darajasi qabul qilingan. Ular m/s yoki dB da o`lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta`sir darajasini boshlanishi Vo=510 -8m/s deb qabul qilingan. Turli xil ishchi holatlarda titrash bilan ishlovchi jihozlarning massasi 100 kg dan, jihozni siqib ushlash kuchi 200 N dan oshmasligi talab etiladi. Jihozning texnik ma`lumotlari bo`yicha qo`yilgan boshqa talablar bundan mustasno. Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta`sir etadi. Titrash yuzasida tik turib ishlayotgan kishiga ikki rezonans holat – 5-12 Gs va 17-25 Gs, o`tirib ishlayotgan kishiga esa - 4- 6 Gs to`g’ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun rezonans chastotasi 20-30 Gs atrofida bo`ladi. Shu sababli, titrashning inson a`zolariga ta`sir xusustiyatini va titrashning turini hisobga olgan holda titrash parametrlarining ruxsat etilgan gigiyenik me`yorlari ishlab chiqilgan.
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o`rta kvadrat miqdori - 0,2 m/s va logarifmik darajasi – 132dB bo`lib, u o`rta geometrik chastotasi 1 Gs ga teng bo`lgan vertikal transport titrashlar uchun qabul qilingan. Ma`muriy binolar, tibbiyot muassasalari va ish xonalari uchun qattiq talab qo`yilgan bo`lib, o`rta geometrik chastota 63 Gs bo`lganda titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori 2810-4m/s dan, logarifmik darajasi esa 75 dB dan oshmasligi talab etiladi. Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish - titrashning o`rta geometrik chastotasi 1000 Gs bo`lganda, titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori - 0,65 m/s, logarifmik darajasi esa – 102 dB ga tengdir. Titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi(1- rasm). Masalan, qo`lni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo`lqoplar ishlatiladi. Bunga havo yostig’iga ega bo`lgan va elastik materialdan tayyorlangan ushlagich misol bo`la oladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi. 1- rasm.
Titrashdan himoyalovchi shaxsiy himoya vosita. Titrash ta`sirini kamaytirishda yuqorida ko`rsatilgan texnik tadbirlardan tashqari profilaktik tadbirlar ham qo`llaniladi. Buning uchun titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashga 18 yoshga to`lmagan, tibbiy ko`rikdan va yo`riqnomadan o`tmagan shaxslarga ruxsat etilmaydi. Titrash bilan ishlovchi jihozlar ishlatiladigan xonaning harorati 160S dan kam bo`lmasligi lozim. Agar bunday jihozlar tashqi muhitda ishlatilsa, ish joyi yonida isitiladigan va harorati 22 0C dan kam bo`lmagan dam olish xonalari bo`lishi zarur. Ishchi titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlaganda, har 1 soatda 10-15 minut tanafus qilishi va jihoz bilan ishlashning umumiy vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo`lmasligi lozim. Bunda uzluksiz ishlash vaqti 15-20 minutdan oshmasligi zarur. Titrashga xavfli mashinalar va jihozlar bilan ishlaganda ish vaqtidan tashqari ishlashga ruxsat etilmaydi.