Mundarija kirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/12
tarix08.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#109525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
G\'afforov M

2-rasm.Tabiiy tosh
G‘ovak toshlami yemiruvchi muhitlardan himoyalash uchun yuza qismlarini zichlashtiruvchi moddalarda shimdirish, suv yuqtirmasligini ta’minlash uchun gidrofob moddalar sepish mumkin. Zich toshlami suv ta’siridan saqlash uchun sirtini silliqlash, jilolash zarur. Bunda zich va silliq yuzadan suv tez va to‘g ‘ri oqib o‘tadi. Ohaktosh va dolomitlaming yuzasini kremneftorlash (flyuatatsiya, qoplash) usulida zichlashtiriladi. G‘ovak toshlami tosh yuzasiga kremniy organik suyuqlik (GKJ-10, GKJ-94), polimerlar bilan shimdirib, zichligi, mustahkamligi keskin oshiriladi, emulsiyalar (bitum emulsiyasi) shimdirib gidrofob xususiyat berish mumkin.
Tog‘ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik jarayonlar natijasida yer qatlamida hosil bo‘lgan. Minerallar fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, yer qatlamida yuz bergan fizikkimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq boMsada, tog‘ jinslari 50 taga yaqin minerallardan iborat. Tog‘ jinslari monomineralli va polimineralli bo‘ladi. Tabiiy toshlar qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va materiallar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab m3 ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo‘llaniladi. Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muhitni asrash, qonun qoidalariga rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil boMadigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi.


3. Metallarning korroziyasidan himoya qilish usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari
Har yili inson faoliyati oqibatida atrof-muhitda ko’plab o’zgarishlar, atmosferada yangi azon teshiklari, tabiy ofatlar va yer resurslarini vayron bo’lishi kuzatilmoqda. Atrof-muhitda o’zgarishlar bo’lgani uchun atmosfera omillari zarar ko’radi va ular metal konstruksiyalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ularda korroziyani shakllanishiga olib keladi. Shu munosabat bilan ko'plab metall konstruktsiyalar asl xususiyatlarini yo'qotadi. Bu esa ularning belgilangan hizmat muddatiga salbiy ta’sir qiladi. Korroziya sababidan metallarning yaroqsiz ahvolga kelishi yillik ishlab chiqarishning 15 foizini tashil etadi. Korroziyaga qarshi kurashish va undan himoyalanishning asosiy maqsadi dunyodagi cheklangan bo’lgan metall resurslarini tejashdir. Bu katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Korroziya mashinalarning metal qismlarini, kema va tankerlarning korpuslarini, quvurlarni, rezervuarlarni, dengizdagi inshootlar va boshqa agressiv muhitdagi metallarning korroziyaga uchrab yemirilishi natijasida katta yo’qotishlarga olib keladi. boshqa shu kabi ta’sir etuvchilar oqibatida juda ko’p metallar yemiriladi. Metallar korroziyasi metallarning tashqi muhit bilan kimyoviy va elektrokimyoviy ta’sirlashuvi natijasida o’z-o’zidan sodir bo’ladigan jarayondir. Korroziya (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) —jismlar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari korroziyasi zanglash deb ham ataladi.
Metall konstruktayalarni yemirilishiga qarshi ishlov berish jarayonida ularning yuzasiga issiqlik o'tkazmaydigan xususiyatlarga ega boʻlgan maxsus yong'inga chidan material qo'llaniladi. Tarkibi qo'llashdan oldin stil va zangdan tozalash kerak.
Intumescent himoya materiallari.G'isht (tuzilma oxirgi marta yotqizilgan).Maxsus gipsni qo'llash.Asbest (tuzilma qoplamasi) va boshqalar.VEGA Ishida faqat yuqori sifatli sertifikatlangan materiallar qo'llaniladi, shu bilan birga talab qilinadigan harorat rejimiga qat'iy rioya qilinadi va maxsus jihozlardan foydalaniladi. Barcha protseduralar ko'p yillik tajribaga ega malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Har bir mijozga Individual yondashuv yong'in xavfsizligni ta'minlashda eng yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi-bizning xodimlarimiz ma'lum bir ob'ektning parametrlariga qarab himoya vositalarini tanlaydilar.
Metall konstruktsiyalarni va muhandislik qurilmalarini zanglashdan himoyalash, ularning ishonchliligini va umrboqiyligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi va inshootlar texnik ekspluatatsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, ekspluatatsiya hizmatining muhim masalasi hisoblanadi. qurilish konstruktsiyalarining zanglashiga qarshi samarali kurashishni, uni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni va rivojlanish mexanizmini bilmasdan olib borishning sira imkoni yo‘q.
Zanglash - ashyoning atrof bilan o‘zaro fizik-ximik (elektro-ximik, ximiyaviy va mexanik) munosabati natijasida yemirilishiga aytiladi. Zanglashning ko‘proq tarqalgan namunasi temir, alyuminiy, mis va shu kabilarning oksidlanish mahsuli bo‘lgan zang hosil bo‘lishidir.
Zanglash metallarning eng og‘ir ofatidir. Har yili 10% ga yaqin metall zangga aylanadi yoki bu minglab tonna metall yo‘q bo‘ladi degan gap. Bu esa zanglashga qarshi katta yutuqlarga erishilgan bir sharoitda yuz beradi. Axir zanglashdan faqatgina metallning o‘zi emas, tayyor buyumlar va konstruktsiyalar ham nobud 48 bo‘ladi. Binobarin bu buyum va konstruktsiyalarning narxi metallning o‘zini narxidan anchagina baland. Metallarning zanglashi quyidagicha turkumlanadi. Konstruktsiyalarni atmosferaviy zanglashdan muhofazalash, asosan, himoya qoplamasini butunlikda saqlash va uni o‘z vaqtida qayta tiklashdan iborat.
Zanglash intensivligini pasaytirish muhitning tajavvuzkor ta'sirini pasaytirish orqali ham, masalan xonalarda shamollatishni kuchaytirish va shu kabilar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin