Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix26.02.2020
ölçüsü1,71 Mb.
#30543
1   2   3   4   5   6   7   8   9
70-Lug'at Supl


BURG‘U 

Qo‘chqor shoxidan yasalgan cholg‘u asbobi. 

Qadimda bu asbob dushman bostirib 

kelayotganidan xabar berish uchun, jangga da’vat 

qilish uchun

1

, shuningdek, Xudoni ulug‘lash 



uchun chalingan

2



1

 Yoshua 6:4,19, Yeremiyo 4:5, 6:1 

2

 Zabur 80:4, 

97:6, 150:3 

 

BUTSIMON TOSH 

Tik qilib o‘rnatilgan uzunchoq tosh. Kan’on 



Lug‘at 

xalqlari bu toshlarni o‘z xudolari, jumladan, xudo 



Baal deb bilib, ularga topinar edilar

1

. Bunday 



toshlar tepaliklar ustiga, yashil daraxtlar ostiga

2

 



va sajdagohlarning ichkarisiga o‘rnatilardi

3

. Xudo 



Isroil xalqiga, butsimon toshlarni o‘rnatmang, 

ularga sajda qilmang, deb amr bergan

4



Shuningdek, butsimon toshlarni sindirib 



tashlashni buyurgan

5



1

 BAAL so‘ziga qarang. 

2

 4 Shohlar 17:10 

3

 4 Shohlar 10:27 

4

 Levilar 26:1 

5

 Chiqish 23:24 

 

BO‘YINTURUQ 

 

DAFN MAROSIMI 

Qadimda Isroil xalqi va boshqa ba’zi 

xalqlarning udumi bo‘yicha, marhum qat’iy 

qoidalarga rioya qilingan holda dafn etilardi. 

Marhumning dafn etilmasligi u uchun nihoyatda 

og‘ir isnod hisoblanib, o‘ta sharmandalik edi

1



Odatda jasad dafn etilishidan oldin yuvilib, unga 



xushbo‘y hidli moylar surtilardi

2

. Shundan keyin 



marhumni xushbo‘y hidli ziravorlar bilan birga 

zig‘ir matoga kafanlab, dafnga tayyorlashardi

3



Azadorlar va yollangan yig‘ichilar quyosh 



botmasdan oldin marhumni qabristonga olib 

borib, uni oilasiga qarashli qabrga qo‘yishardi

4



Qabr odatda qoyaga o‘yib yasalardi



5

. Qabr og‘zi 

diametri taxminan bir metr bo‘lgan dumaloq tosh 

bilan yopib qo‘yilardi. Bu tosh juda og‘ir bo‘lgani 

uchun, bir nechta odam o‘sha toshni yumalatib, 

qabr og‘zini yopishardi

6

. Dafn marosimidan keyin 



bir yil o‘tgach, qabr og‘zini ochishardi va 

marhumning suyaklarini toshdan yasalgan qutiga 

solishardi. So‘ngra bu qutini qabrning ichida 

o‘yilgan tokchaga qo‘yishardi. Xochda o‘lgan 

jinoyatchilarning jasadi odatda ommaviy qabrga 

tashlanardi va ular uchun oshkora aza tutish man 

etilgan edi. 

1

 3 Shohlar 14:11-13, 21:23-24, Yeremiyo 7:33, 

Ishayo 14:18-20 

2

 Mark 14:3, 8, 16:1, Havoriylar 

9:37 

3

 Matto 27:59, Yuhanno 11:44 

4

 Ibtido 47:30, 

Amos 5:16, Luqo 7:12 

5

 Matto 27:60 

6

 Mark 16:3-4, 

Yuhanno 11:38 

DON NAZRI 

NAZR so‘ziga qarang. 



DOVUD QAL’ASI 

Bu qal’a Quddusning qadimgi qismi bo‘lib, 

Sion tepaligida joylashgan edi. Yobus xalqi shu 

joyning tub aholisi edi. Dovud qal’ani ulardan 

tortib olib, u yerda yashay boshladi. Shu bois bu 

qal’a “Dovud qal’asi” deb nom oldi

1



1



 2 Shohlar 5:6-9, 1 Solnomalar 11:4-8 

EDOM, EDOM XALQI, EDOMLIKLAR 

Bu xalq Yoqubning akasi Esovdan

1

 kelib 


chiqqan

2

. Edom xalqi O‘lik dengizning janubi va 



janubi–sharqidagi taqir Seir

3

 tog‘larida yashagan. 



Bu xalq Isroil xalqining dushmani bo‘lib kelgan

4



Dovud hukmronligi davrida Isroil xalqi 

Edomliklarni bosib oldi

5

. Ammo Dovud 



hukmronligidan keyin Edom xalqi ahyon–

ahyonda Isroilga qarshi isyon ko‘tarib turgan va 

nihoyat, o‘z mustaqilligiga erishgan edi

6



1

 Ibtido 25:25, 30 ga va Ibtido 25:25 ning birinchi 

izohiga qarang. 

2

 Ibtido 36:8-9 

3

 Ibtido 25:25 ga va 

o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang. 

4

 Sahroda 

20:14-21 

5

 2 Shohlar 8:13-14 

6

 3 Shohlar 11:14-22, 

4 Shohlar 8:20-22 

EFOD 

Ibroniycha so‘z bo‘lib, oliy ruhoniy kiyadigan 

maxsus kiyimga nisbatan ishlatilgan

1

. Efodga 



taqilgan ko‘krakpech xaltasida Urim va Tummim 

degan muqaddas narsalar saqlangan. Ayrim 

hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish 

uchun Urim va Tummimdan foydalanishgan

2



Eski Ahdning ba’zi oyatlarida efod so‘zi 



ruhoniylar kiyadigan libosga nisbatan ishlatilgan 

bo‘lib, bu libos zig‘ir matodan tikilardi

3

. Hakamlar 



kitobida bu so‘z butni yoki odamlar fol ochishda 

foydalangan buyumni bildirgan

4



1



 Chiqish 28:6-14 ga va RUHONIY so‘zi ostida 

berilgan OLIY RUHONIY iborasiga qarang. 

Lug‘at 



2



 Chiqish 28:30, 1 Shohlar 23:9-12 

3

 1 Shohlar 2:18, 

22:18, 2 Shohlar 6:14 ga va o‘sha oyatlarning 

izohlariga qarang. 

4

 Hakamlar 8:27 ga va o‘sha 

oyatning izohiga qarang. 

EFRAYIM 

Yoqub o‘g‘li Yusuf Misrda ikki o‘g‘il ko‘rgan 

bo‘lib, kattasi Manashe, kenjasi Efrayim edi. 

Efrayim va Manashe qabilalari Yusufning shu ikki 

o‘g‘lidan kelib chiqqan. Efrayim kenja o‘g‘il bo‘lsa 

ham, Yoqub uni Manashedan yuqori qo‘yib, duo 

qilgan

1



Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi 

o‘nta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin 

qabilalaridan ajralib chiqdi

2

. Bu o‘nta qabila 



alohida davlatni tashkil qilib, Isroil shohligi

3

 deb 



nom oldi. Bu davlatning poytaxti Samariya bo‘ldi. 

Shimoldagi qabilalar orasida Efrayim eng katta va 

nufuzli qabila bo‘lgani bois, Eski Ahdning ba’zi 

o‘rinlarida Efrayim degan nom o‘nta qabilaga va 

ular tashkil qilgan Isroil shohligiga nisbatan 

ishlatilgan. 



1

 Ibtido 48:17-20 

2

 3 Shohlar 11:26-12:24 

3

 shimoliy shohlik iborasi bilan ham ma’lum 

EGAM RABBIY, EGAMIZ RABBIY 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



EGAM XUDO, EGAMIZ XUDO… 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



EGAMIZDAN QO‘RQISH 

XUDODAN QO‘RQISH iborasiga qarang. 



EGAMIZNING FARISHTASI 

Sodir bo‘ladigan muhim bir voqea–hodisa 

to‘g‘risida odamlarga xabar berish uchun, ularni 

himoya qilish uchun yoki maxsus bir topshiriqni 

bajarish uchun Egamiz tomonidan yuborilgan 

farishta


1

. Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, 

ba’zan Xudoning O‘zi Egamizning farishtasi 

qiyofasida zohir bo‘lgan

2



1



 FARISHTA so‘ziga qarang. 

2

 Misol uchun, Chiqish 

3:1-5, Hakamlar 6:11-24 ga qarang. 

EGAMIZNING RUHI 

XUDONING RUHI iborasiga qarang. 



EGAMNING UYI, EGAMIZNING UYI 

Bu iboralar Muqaddas chodirga, keyinchalik 

esa Ma’badga ishora qilgan. MUQADDAS CHODIR 

iborasiga va MA’BAD so‘ziga qarang. 



EGAM, EGAMIZ… 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



ESKI AHD 

Muqaddas Kitobning birinchi qismi bo‘lib, 

o‘ttiz to‘qqizta kitobdan iborat. Odatda 

yahudiylar, Eski Ahd to‘plami uch qismdan 

iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: 

Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham 

yuritiladi), Payg‘ambarlar bitiklari (uning 

tarkibiga ba’zi tarixiy kitoblar ham kirgan) va 

Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir). 

Eski Ahd qadimgi ibroniy tilida, ba’zi qismlari esa 

oramiy tilida bo‘lib, miloddan oldingi o‘n 

beshinchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab, 

taxminan ming yil davomida yozilgan. Eski 

Ahdning asosiy mavzusi Xudoning Isroil xalqi 

bilan bo‘lgan munosabatidir. Bu munosabat 

Xudoning Muso orqali Isroil xalqi bilan tuzgan 

ahdiga asoslangan. 

Keyinchalik Xudo O‘z xalqi bilan Iso Masih 

orqali yangi ahd tuzdi

1

. Shu sababga ko‘ra, 



avvalgi, ya’ni Muso orqali tuzilgan ahd “eski ahd” 

deb hisoblanadi

2

. Milodiy uchinchi asrdan 



boshlab, masihiylar ibroniycha Muqaddas 

bitiklarni “Eski Ahd” deb ataydigan bo‘ldilar. Iso 

Masih Muqaddas bitiklarni mukammal bilgan va 

O‘z ta’limotida ulardan ko‘p iqtiboslar keltirgan. 



1

 1 Korinfliklar 11:25, Ibroniylar 8:6-13 

2

 2 Korinfliklar 3:14, Ibroniylar 8:6 

ESHIK KESAKISI 

Eshik o‘rnatilgan chorcho‘p. 

 

ENG MUQADDAS XONA 

Muqaddas chodirning, keyinchalik esa 

Ma’badning ichkari kichikroq xonasi

1

. Bu xonada 



Ahd sandig‘i turar edi. Sulaymon qurdirgan 

Ma’badning Eng muqaddas xonasida ikkita 

karubning katta haykali ham bor edi. Eng 

muqaddas xonani Muqaddas xonadan katta 

parda ajratib turardi

2

. Tavrotga ko‘ra, faqat oliy 



Lug‘at 

ruhoniy bir yilda bir marta — Poklanish kuni Eng 



muqaddas xonaga kirishi mumkin edi

3



Ibroniylarga maktubda va Vahiy kitobida 

samoviy Chodirning Eng muqaddas xonasi haqida 

aytib o‘tilgan. Iso Masih inson qo‘li bilan 

qurilmagan bu mukammal Chodirda oliy ruhoniy 

bo‘lib xizmat qilyapti

4



1

 Lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va 

loyihalar” bo‘limiga qarang. 

2

 ICHKI PARDA 

iborasiga qarang. 

3

 BAYRAMLAR so‘zi ostida 

berilgan POKLANISH KUNI iborasiga qarang. 

4

 Ibroniylar 8:1-2, 9:11-12, 24, Vahiy 15:5 

FALASTIN 

Falastin degan nom Filist xalqining

1

 nomidan 



kelib chiqqan. Miloddan oldingi beshinchi asrdan 

boshlab, “Falastin” nomi yunon va lotin tillarida 

Filist xalqining yeridan ancha katta bo‘lgan 

hududga nisbatan ishlatilgan. Bu hudud O‘rta yer 

dengizidan boshlab to Jalila ko‘lining, Iordan 

daryosining va O‘lik dengizning sharqidagi qirli 

yerlargacha cho‘zilgan. Bu hududning shimol 

tomonida Lubnon tog‘lari, janub tomonida esa 

Nagav cho‘li bor edi. Muqaddas Kitobda bu 

yerlarning aksariyat qismiga nisbatan Kan’on 

nomi ishlatilgan. Bu yerlar Isroil xalqi tomonidan 

bosib olingandan keyin “Isroil yurti” degan nom 

bilan tanilgan. 

Tarix davomida Falastinning chegaralari aniq 

belgilanmagan. Miloddan oldingi 332 yilda bu 

hudud Iskandar Zulqarnayn tomonidan bosib 

olingan. Miloddan oldingi 63 yilda esa Rim 

imperiyasining tarkibiga kirgan. Milodiy 135 

yilda yahudiylarning Rimga qarshi ko‘targan 

isyoni bostirilgan va Rim hukumati Yahudiya va 

Suriya viloyatlarini birlashtirib, u yerga “Suriya–

Falastina” deb nom bergan. Keyinchalik Suriya 

bir nechta qismga bo‘linib ketgan va Suriya–

Falastinaning hududi kichrayib, bu nom faqatgina 

oldingi Yahudiya viloyatining hududini 

bildiradigan bo‘ldi. Yettinchi asrda arablar bu 

hududni bosib olganlaridan keyin ham, shu 

hudud rasman “Falastin” nomi bilan atalavergan. 

Zamonaviy davrlarda Falastinning chegaralari bir 

necha marta o‘zgargan. 



1

 FILIST XALQI, FILISTIYA iborasiga qarang. 

FARISHTA 

Xudo yaratgan

1

 va Uning xizmatida bo‘lgan 



samoviy mavjudotlar

2

. Ular Xudo bilan samoda 



istiqomat qiladi

3

. Farishtalar inson bo‘lmasalar–



da, inson qiyofasida ham zohir bo‘lganlar

4



Muqaddas Kitobga ko‘ra, farishtalar Xudoning 

xabarlarini insonlarga yetkazganlar, yuz 

beradigan voqealarni va vahiylarni tushuntirib 

berganlar. Isroil xalqiga Muso orqali qonun 

berilganda ham farishtalar ishtirok etishgan

5



Ayrim hollarda farishtalar odamlarni xavf–

xatardan asraganlar

6

. Muqaddas Kitobda ikkita 



farishtaning ismi aytib o‘tilgan. Bular — Mikoyil

7

 



va Jabroil

8



Muqaddas Kitobdagi bir qator oyatlarda 

bayon qilinishicha, farishtalarning ba’zilari to‘g‘ri 

yo‘ldan ozib, yovuz bo‘lib qolganlar, ular shayton 

boshchiligida Xudoga va Uning xalqiga qarshilik 

qilganlar

9

. Muqaddas Kitobda aytib o‘tilgan yovuz 



ruhlar va jinlar mana shu gunohkor farishtalarga 

ishora qilsa kerak. 



1

 Kolosaliklar 1:16 

2

 Zabur 102:20-21, Ibroniylar 

1:7, 14 

3

 Matto 18:10-11, Ibroniylar 12:22 

4

 Ibtido 

18:1-2, Ibroniylar 13:2 

5

 Qonunlar 33:2, Havoriylar 

7:53 

6

 Ibtido 19:1-23, Havoriylar 12:6-11, 27:23-24 

7

 Doniyor 10:13, Yahudo 9, Vahiy 12:7 

8

 Doniyor 

8:16, 9:21, Luqo 1:19, 26-27 

9

 Ayub 1:6-7, Matto 

12:22-25, 25:41, 2 Butrus 2:4, Yahudo 6, Efesliklar 

2:2, Vahiy 12:7-9 

FARZIY 

Iso Masih davrida yahudiylarning muhim bir 

diniy mazhabi. Bu nom ibroniychada “alohida 

ajratilgan” degan ma’noni bildiradigan so‘zdan 

kelib chiqqan. Farziylar Tavrot qonunlariga qat’iy 

rioya qilardilar, ayni paytda og‘zaki ravishda 

tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish 

udumlariga ham izchil amal qilardilar. Farziylar 

mazhabiga faqatgina bir necha ming kishi kirgan 

bo‘lib, umumiy aholining kichkina bir guruhini 

tashkil qilardi. Farziylar xalq orasida obro‘–

e’tiborga ega edilar. Ulardan ba’zilari Oliy 

kengash a’zolari edilar. Ayrim farziylar Iso 

Masihga ishondilar, ko‘plari esa Isoga va Uning 

ta’limotiga qarshi chiqdilar. 

FILIST XALQI, FILISTIYA 

Qadimgi davrlarda Filistiyaning aholisi Filist 

xalqi deb yuritilardi. Filistiyaning hududi Sinay 

yarim orolidan shimoli–sharqda, O‘rta yer 

dengizi qirg‘og‘i bo‘yida joylashgan edi. 

Filistlarning ajdodlari Krit orolidan kelib chiqqan 

bo‘lishi mumkin. Filistlar Kan’on yurtidagi 

xalqlardan ajralib turar, Isroil xalqi ba’zan ularni 

“sunnatsizlar”, deb aytardi. Chunki aksariyat 

mahalliy xalqlar orasida keng tarqalgan sunnat 

qilish odati Filistlar orasida yo‘q edi. Filist xalqi 

quyidagi beshta shahar–davlatni — G‘azo, 



Lug‘at 

Ashqalon, Ashdod, Gat va Exronni barpo qilgan 



edi. Miloddan oldingi o‘n ikkinchi asrda Filistlar 

o‘z yerlarini kengaytirish niyatida Kan’on yurtini 

g‘arb tomondan bosib olishni boshladilar. Ayni 

paytda Isroil xalqi Kan’on yurtiga sharq 

tomondan bostirib kelgan, buning oqibatida 

ikkala xalq o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi. 

Shunday qilib, shoh Dovud Filist xalqini mag‘lub 

qilgunga qadar, ular Isroil xalqining ashaddiy 

dushmani bo‘lib qoldi

1



1

 2 Shohlar 8:1, 1 Solnomalar 18:1 

FINIKIYA 

Isroildan shimolda O‘rta yer dengizi bo‘yida 

joylashgan hudud. Bu hudud Tir, Sidon, Arvod va 

Gabol


1

 shahar–davlatlari tomonidan nazorat 

qilingan. Hozirgi Livan mamlakatining O‘rta yer 

dengizi bo‘yidagi hududi qadimgi Finikiya 

hududiga to‘g‘ri keladi. 

1

 Bibl nomi bilan ham ma’lum 

FIR’AVN 

Qadimgi Misr shohlarining unvoni. 



FISIH BAYRAMI 

Yangi Ahdda “Fisih bayrami” nomi ostida 

Fisih ziyofati va undan keyin yetti kun davomida 

nishonlanadigan “Xamirturushsiz non bayrami” 

nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega 

bo‘lish uchun BAYRAMLAR so‘zi ostida berilgan 

FISIH ZIYOFATI va XAMIRTURUSHSIZ NON 

BAYRAMI iboralariga qarang. 



FISIH QURBONLIGI 

BAYRAMLAR so‘zi ostida berilgan FISIH 

ZIYOFATI iborasiga qarang. 

FISIH ZIYOFATI 

BAYRAMLAR so‘ziga qarang. 



FORS SHOHLIGI 

Qadimgi qudratli shohlik. Fors shohligining 

poytaxti Bobil hozirgi janubiy Iroqda joylashgan 

edi. Bu shohlik “Midiya va Fors shohligi” deb ham 

ataladi, chunki Midiya bu shohlikning muhim 

viloyatlaridan biri edi. Fors qonunlari “Midiya va 

Fors qonunlari” deb atalgan

1

. Doniyor 



payg‘ambar Fors hukumatida yuqori lavozimni 

egallagan edi

2

. Ester kitobida tasvirlangan 



voqealar Shushan qal’asida — Fors shohlarining 

qishki qarorgohida yuz bergan. Hozirgi 

O‘zbekistonning aksariyat qismi va umuman 

O‘rta Osiyoning asosiy hududi miloddan oldingi 

oltinchi asrda Fors shohligi tarkibida bo‘lgan. 

Tarixshunoslar o‘sha davrdagi Fors shohligini 

Ahamoniylar davlati deb atashadi. 

1

 Ester 1:19, Doniyor 6:8 

2

 Doniyor 6:1-28 

GILAD 

Iordan daryosining sharqidagi bir o‘lka. 

Giladning janub tomonida Mo‘ab yurti, shimol 

tomonida esa Bashan o‘lkasi joylashgan edi. 



GIRGOSH XALQI 

Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin 

o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Girgosh 

xalqi Kan’on yurtining aniq qaysi joyida 

yashagani ma’lum emas. Yana KAN’ON XALQI, 

KAN’ON XALQLARI, KAN’ONDAGI XALQLAR 

iboralariga qarang. 

GUNOH 

Gunoh Xudoning amrlarini buzish, yomon ish 

qilish yoki yaxshilik qilishdan bosh tortish 

demakdir. Muqaddas Kitobga ko‘ra, gunoh 

tushunchasi nafaqat insonning xatti–

harakatlarini, balki uning Xudoga yoki insonlarga 

qarshi o‘y–xayollarini ham qamrab oladi. 

Xudoning talabiga ko‘ra, har bir inson Xudoni 

butun qalbi bilan, jonu dili bilan, butun ongi bilan, 

kuchi boricha sevishi kerak

1

. Iso Masih, inson 



hatto o‘y–xayolida gunoh qilsa ham hukm 

qilinadi, deb ta’lim bergan

2

. Jumladan, g‘azab, 



mag‘rurlik, shahvat, rashk, xasislik kabi gunohlar 

ko‘zga ko‘rinmasa ham, Xudodan yashirin 

qolmaydi. Xudo ezgu, adolatli, muqaddas bo‘lgani 

uchun, qilingan har qanday gunoh Xudoga 

qarshidir

3



Odam Ato va Momo Havo Xudoga itoatsizlik 

qilib, U bilan munosabatini buzganlar

4

. Buning 



oqibatida Odam Ato va Momo Havoning o‘zaro 

munosabati ham buzildi, dunyoda 

nomutanosiblik paydo bo‘ldi, butun dunyo 

la’natga giriftor bo‘ldi. Ularning hayoti tashvish, 

qayg‘u–azoblarga to‘ldi

5

. Gunoh tufayli dunyoga 



o‘lim kirib keldi va butun odamzod ustidan 

hukmron bo‘lib qoldi

6

. Gunoh har bir insonning 



tabiatida mavjud bo‘lgani uchun, uning 

niyatlarini, o‘y–fikrlarini, his–tuyg‘ularini va 

istaklarini buzadi

7

. Gunoh oqibatida odamzod 



Muqaddas Xudodan uzoqlashgan, ajralgan, Uning 

g‘azabi ostida qolgan va qiyomatda hukm 

qilinadi

8

. Faqatgina Iso Masihning to‘kilgan qoni 



tufayli inson gunohlaridan poklana oladi, Xudo 

bilan yarashadi va hukm qilinmaydi

9



1



 Qonunlar 6:5, Luqo 10:27 

2

 Matto 5:21-30 

3

 Ibtido 4:10, Zabur 32:5, 44:8, 50:5-6, 88:15, 

Ishayo 5:16 

4

 Ibtido 3:5-8 

5

 Ibtido 3:16-19 

Lug‘at 

10 


6

 Rimliklar 5:12 

7

 Zabur 50:7, 142:2, Yeremiyo 

17:9, Rimliklar 3:10-12, 7:14-20 

8

 Ishayo 59:2, 

Rimliklar 1:18-21, Efesliklar 5:5-6, Kolosaliklar 

3:5-6 

9

 1 Yuhanno 2:1-2, Rimliklar 5:6-11, 6:22-23, 

1 Salonikaliklar 5:9 

GUNOH QURBONLIGI 

QURBONLIK so‘ziga qarang. 



HAVORIY 

Ma’lum bir xabarni yetkazish uchun 

yuborilgan elchi. Yangi Ahdda bu so‘z asosan Iso 

Masihning o‘n ikki shogirdiga nisbatan 

ishlatilgan. Rabbimiz Iso havoriylarni odamlarga 

Xushxabar yetkazish uchun tanlagan edi

1

. Iso 


Masih tirilgandan keyin Uni ko‘rgan jamoat 

yo‘lboshchilariga nisbatan ham havoriy so‘zi 

ishlatilgan. Havoriy Pavlus ham ular qatorida 

edi


2

. Iso Masih Pavlusga

3

 zohir bo‘lib, unga 



Xushxabarni yoyish vazifasini topshirgan

4



Havoriylar barcha masihiylar orasida, ayniqsa 

o‘zlari asos solgan jamoatlarda katta obro‘–

e’tiborga ega bo‘lib, qarorlar chiqarish huquqiga 

ega edilar

5

. “Havoriy” so‘zi Xushxabarni e’lon 



qilish uchun yuborilgan odamlarga nisbatan ham 

ishlatilgan. 



1

 Luqo 6:12-16 

2

 1 Korinfliklar 15:5-9 

3

 Pavlusning 

asl ismi Shoul edi. 

4

 Havoriylar 9:1-19, 

Galatiyaliklar 1:1-2, 11-12 

5

 Havoriylar 14:23, 

15:1-2, 22-29, 1 Korinfliklar 9:1-2, 12:28, Efesliklar 

4:11-12 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin