Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix26.02.2020
ölçüsü1,71 Mb.
#30543
1   2   3   4   5   6   7   8   9
70-Lug'at Supl


HOSIL BAYRAMI 

BAYRAMLAR so‘ziga qarang. 



HOVUZ 

BRONZADAN YASALGAN HOVUZ iborasiga 

qarang. 

IBLIS 

SHAYTON so‘ziga qarang. 



IBRONIY 

Ehtimol, ibroniy so‘zi Ibir ismidan hosil 

bo‘lgandir

1

. Ibroniy so‘zi millat ma’nosida dastlab 



Ibrohimga va uning nasliga nisbatan qo‘llangan

2



Keyinchalik bu nom Isroil xalqiga va 

yahudiylarga nisbatan ishlatilgan

3

. Yana 


YAHUDIY so‘ziga qarang. 

1

 Ibtido 10:21 

2

 Ibtido 14:13, 39:14,17, 40:15, 

41:12, 43:32 

3

 Misol uchun, Chiqish 1:15-19, 

1 Shohlar 4:6, 2 Korinfliklar 11:22, Filippiliklar 

3:5 ga qarang. 

IBRONIY QO‘LYOZMALARI 

IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang. 



IBRONIYCHA 

Isroil xalqining ona tili. Isroil xalqi miloddan 

oldingi 586 yilda Bobilga

1

 asir qilib olib 



ketilmasdan oldin ibroniy tilida so‘zlashardi. 

Isroil xalqi surgundan qaytgandan keyin asosan 

oramiy tilida

2

 so‘zlashadigan bo‘ldi. Eski Ahdning 



aksariyat qismi ibroniy tilida, ayrim qismlarigina 

oramiy tilida yozilgan

3



1



 BOBIL so‘ziga qarang. 

2

 ORAMIYCHA so‘ziga 

qarang. 

3

 jumladan, Ezra 4:8-6:18, 7:12-26, 

Doniyor 2:4-7:28 

IBRONIYCHA MATN 

Eski Ahdning eng qadimiy to‘liq ibroniycha 

qo‘lyozmasi Leningrad Kodeksidir. Bu qo‘lyozma 

taxminan milodiy 1000 yillarda ko‘chirilgan. 

Mazkur qo‘lyozmaning nashr qilingan nusxasi 

Bibliya Xebraika Stutgartensiya deb ataladi. 

Olimlarning aksariyati Leningrad Kodeksini 

qadimda yahudiy kotiblari yozib qoldirgan 

qo‘lyozmalarning eng yaxshi nusxalaridan biri 

deb hisoblaydi. Bu kotiblar Mazoretlar deb 

atalgan bo‘lib, milodiy 500-1000 yillarda faoliyat 

ko‘rsatganlar. Leningrad Kodeksining asl nusxasi 

Sankt Peterburgdagi Rossiya Milliy 

Kutubxonasida saqlanadi

1



Eski Ahdning o‘zbekcha tarjimasi, dunyodagi 

ko‘p zamonaviy tarjimalar singari, Leningrad 



Kodeksining matniga asoslangan. Eski Ahdning 

ayrim ibroniy qo‘lyozmalaridagi va uning yunon, 

lotin, suryoniy kabi tillarga qilingan 

tarjimalaridagi ba’zi so‘zlar Leningrad Kodeksidan 

bir oz farq qiladi. O‘zbekcha tarjimaga berilgan 

izohlarda mana shu farqlarning ba’zilari ko‘rsatib 

o‘tilgan. Shu orqali kitobxon ma’lum bir oyat 

nima uchun ayrim farqlar bilan tarjima 

qilinganini tushunib oladi. Boshqa ibroniy 

qo‘lyozmalari va qadimgi tarjimalar haqida 

to‘liqroq ma’lumot quyida keltirilgan. 

1

 Leningrad Kodeksining fotonusxasi kitob oxirida 

“Muqaddas Kitob qo‘lyozmalarining fotonusxalari” 

degan qismda keltirilgan. Bu qo‘lyozmani internet 

orqali ko‘rsa ham bo‘ladi. 

IBRONIY QO‘LYOZMALARI 



Leningrad Kodeksidan boshqa ibroniy 

qo‘lyozmalari. Bu qo‘lyozmalarni ham Mazoretlar 

deb atalgan kotiblar ko‘chirgan. Olimlar asl 

matnning mazmunini yaxshiroq tushunish uchun 

shu qo‘lyozmalardan foydalanadilar. 


Lug‘at 

11 


QUMRON QO‘LYOZMALARI 

Qumron qo‘lyozmalari “O‘lik dengiz 

qo‘lyozmalari” degan nom bilan ham ma’lum 

bo‘lib, 1946-1956 yillar davomida O‘lik dengiz 

bo‘yidagi g‘orlardan topilgan. Eski Ahdning ba’zi 

qismlarini o‘z ichiga olgan bu qadimgi ibroniy 

qo‘lyozmalari yaxshi saqlanib qolgan. Olimlar asl 

matnning mazmunini yaxshiroq tushunish uchun 

mana shu qo‘lyozmalardan foydalanadilar. 

Qumron qo‘lyozmalari Eski Ahdning eng qadimiy 

nusxalari hisoblanib, aksariyati taxminan 

miloddan oldingi 100 yillarda yozilgan. Mazkur 

qo‘lyozmalar qadimda yahudiy kotiblari bo‘lgan 

Mazoretlar faoliyat ko‘rsatmaslaridan bir necha 

asrlar ilgari ko‘chirilgan. 

Qumron qo‘lyozmalari to‘plamida Eski 

Ahddagi barcha kitoblarning parchalari bor. Bu 

qo‘lyozmalar orasida faqatgina Ester kitobi yo‘q. 

Ularning orasidagi eng diqqatga sazovori Ishayo 

kitobining to‘liq qo‘lyozmasidir

1

. Ishayo 



kitobining bu qo‘lyozmasi Leningrad Kodeksidan 

1000 yillarcha avval ko‘chirilgan bo‘lib, aksariyat 

hollarda faqat imlo va grammatik jihatdan bir oz 

farq qiladi. Bundan boshqa farqlari juda kam. 

Eski Ahdning bugungi kungacha saqlanib 

qolgan eng qadimgi qo‘lyozmasi miloddan oldingi 

600 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, “kumush 

qo‘lyozmalari” deb ataladi. Bu qo‘lyozma ikki 

bo‘lak kumushga yozilgan bo‘lib, Sahroda 6:24-26 

oyatlardagi duodan iborat. Kumush qo‘lyozmalari 

Quddus yaqinidagi g‘orga o‘yilgan qabrdan 

topilgan. Bu qo‘lyozmalardagi oyatlar Leningrad 



Kodeksidan 1600 yil oldin yozilgan bo‘lsa ham, 

Leningrad Kodeksidagi oyatlar bilan bir xildir. 

Qumron va kumush qo‘lyozmalaridan ko‘rinib 

turibdiki, yahudiy kotiblari asrlar davomida Eski 

Ahdning ibroniycha matnini yuksak diqqat–

e’tibor bilan ko‘chirib, saqlab kelganlar. 

1

 Qumron qo‘lyozmalari to‘plamidagi Ishayo 

kitobining fotonusxasi kitob oxirida “Muqaddas 

Kitob qo‘lyozmalarining fotonusxalari” degan 

qismda keltirilgan. 

QADIMIY TARJIMALAR 

Eski Ahdning asl matni mazmunini yaxshiroq 

tushunish maqsadida olimlar uning qadimiy 

tarjimalaridan foydalanadilar. Bu tarjimalar 

qadimda yahudiy kotiblari bo‘lgan Mazoretlar 

faoliyat ko‘rsatmaslaridan oldin qilingan. 

Qadimiy tarjimalar orasida eng muhimi — 

QADIMIY YUNONCHA TARJIMA. Bu tarjima 

Septuaginta deb ham ataladi

1

Septuaginta 



miloddan oldingi 300-200 yillarda Eski Ahdning 

ibroniychadan qilingan birinchi tarjimasi bo‘lib, 

ilk jamoat masihiylari Septuagintadan keng 

foydalanganlar. Yangi Ahdda bu tarjimadan ko‘p 

iqtiboslar keltirilgan

2

. Muhim tarjimalardan yana 



biri QADIMIY SURYONIYCHA TARJIMA. Bu 

tarjima haqida ma’lumot kam, olimlar uni milodiy 

ikkinchi asrda tarjima qilingan, deb taxmin 

qiladilar. E’tiborga molik tarjimalardan yana biri 

QADIMIY LOTINCHA TARJIMA bo‘lib, Vulgata deb 

ham ataladi. Bu tarjima taxminan milodiy 400 

yillarda qilingan. Bu qadimiy tarjimalar Qumron 

qo‘lyozmalari singari shundan dalolat beradiki, 

yahudiy kotiblari Eski Ahd matnini asrlar 

davomida yuksak diqqat–e’tibor bilan ko‘chirib, 

saqlab kelganlar. 

1

 Septuaginta qo‘lyozmalaridan birining 

fotonusxasi kitob oxirida “Muqaddas Kitob 

qo‘lyozmalarining fotonusxalari” degan qismda 

keltirilgan. 

2

 Yana YUNON TILI VA MADANIYATI 

iborasiga qarang. 

INOYAT 

Muqaddas Kitobda “inoyat” va “inoyatli” 

so‘zlari odatda Xudoga va Uning qilgan ishlariga 

nisbatan ishlatilgan. Inoyat so‘zining tub ma’nosi 

shuki, Xudo buyuk va shartsiz sevgisi tufayli O‘z 

xohishi bilan insonlarga baraka beradi

1

. Bu 


dunyo yaratilgandan beri Xudoning inoyati 

odamzod va butun mavjudotning hayotida 

namoyon. Xudo ularga hayot ato etadi va yashash 

uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib turadi

2



Xudo insonlarga va barcha xalqlarga inoyat 



ko‘rsatadi

3

. Eski Ahdda Xudoning Isroil xalqiga 



bo‘lgan cheksiz inoyatini biz Isroil tarixining turli 

davrlarida ko‘rishimiz mumkin. Isroil xalqining 

mo‘jizaviy tarzda Misrdagi qullikdan ozod 

bo‘lgani buning yaqqol misolidir

4



Yangi Ahdda Iso Masihning bu dunyoga kelib, 



Unga ishonganlarga najot bergani Xudoning 

odamzodga ko‘rsatgan inoyatining eng yorqin 

namunasidir

5

. Iso Masih orqali Xudo insonlarni 



gunohdan ozod qilib, oqlaydi va ularga abadiy 

hayot ato etadi

6

. Bu inoyatga hech kim loyiq emas 



va inoyat insonning qilgan savob ishlariga bog‘liq 

emas


7

. Xudoning ko‘rsatgan inoyatiga munosib 

javob gunohdan yuz o‘girib, Xudoga itoatkor 

bo‘lishdir

8

. Xudo O‘z inoyati tufayli imonlilarga 



Muqaddas Ruhini ato etadi. Ular Muqaddas Ruh 

orqali bu dunyoda Xudoga xizmat qiladilar

9



1



 Zabur 12:6, 144:8-9, Yeremiyo 31:2-3, Efesliklar 

2:4-5 

2

 Ibtido 1:28-29, Zabur 146:7-9, Ayub 5:9-10, 

Lug‘at 

12 


Havoriylar 14:16-17 

3

 Yunus 4:2, Luqo 1:30 

4

 Qonunlar 7:7-9, Zabur 102:6-14, 135:1-26 

5

 Yuhanno 1:17, 3:16-17 

6

 Rimliklar 3:23-24, 5:8-9, 

Efesliklar 1:7-8, Titus 3:4-7 

7

 Rimliklar 11:5-6, 

Efesliklar 2:8-9, 2 Timo‘tiy 1:9-10 

8

 Rimliklar 6:1-2, 

15-19, Titus 2:11-14 

9

 Havoriylar 1:8, 2:1-4, 

Rimliklar 12:6-8, 1 Korinfliklar 12:4-11, 

2 Salonikaliklar 1:11-12 

INSON O‘G‘LI 

“Xushxabar” kitoblarida Iso Masih O‘ziga 

nisbatan ishlatgan unvon. Iso yashagan davrda 

yahudiylar bu unvon ostida dunyoga hukm va 



najot keltiradigan Xudoning vakilini 

tushunganlar. Doniyor payg‘ambarga berilgan 

vahiyda inson qiyofasidagi bu zot to‘g‘risida 

bashorat qilingan

1

. Yahudiylar ko‘pincha 



Xudoning vakilini “Masih” deb ataganlar

2



“Inson O‘g‘li” unvoni Eski Ahdning ibroniycha 

matnida ham bir necha marta uchraydi

3

. Bu 


o‘rinlarda payg‘ambar ham inson zotidan bo‘lib, 

abadiy yashamasligi, u ham Xudoning kuchiga 

muhtoj ekani ko‘rsatilgan. Bu ibora umuman 

bandalarga nisbatan ham ishlatilgan. 



1

 Doniyor 7:13-14 

2

 MASIH so‘ziga qarang. 

3

 Misol 

uchun, Zabur 8:5, Hizqiyol 2:1, Doniyor 8:17 ga va 

o‘sha oyatlarning izohlariga qarang. 

ISROIL 

Yoqub Paniyolda Xudo bilan kurash 

tushgandan keyin, Xudo unga “Isroil” deb ism 

bergan


1

. Yoqub Ibrohimning nabirasi va 

Is’hoqning o‘g‘li edi. Yoqubning o‘n ikkita o‘g‘li 

bo‘lib, ulardan Isroilning o‘n ikki qabilasi kelib 

chiqqan. Eski Ahdda mana shu o‘n ikki qabila 

Isroil xalqi deb atalgan. Keyinchalik Isroil xalqi 

bosib olgan yerlar ham Isroil yurti deb nom 

olgan. 


Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi 

o‘nta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin 

qabilalaridan ajralib chiqdi

2

. Bu o‘nta qabila 



alohida davlatni tashkil qilib, Isroil shohligi

3

 deb 



nom oldi. Bu davlatning poytaxti Samariya bo‘ldi. 

Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida shimoldagi o‘nta 

qabilaga Isroil xalqi degan nom, bu qabilalar 

tashkil qilgan davlatga nisbatan Isroil yurti degan 

nom qo‘llangan. Miloddan oldingi 722 yilda 

Ossuriya shohligi Isroilni bosib olgach

4

, shimoliy 



shohlik barham topdi. 

Yangi Ahdda “Isroil” nomi siyosiy 

mustaqillikka ega davlatni emas, balki Yoqub 

naslini, ya’ni yahudiylarni bildirgan. 



1

 Ibtido 32:28-29, 35:10 

2

 3 Shohlar 11:26-12:24 

3

 shimoliy shohlik iborasi bilan ham ma’lum 

4

 4 Shohlar 17:1-6 

ICHKI PARDA 

Muqaddas chodirning Eng muqaddas xonasini 

Muqaddas xonasidan ajratib turgan parda. Bu 

parda mayin zig‘ir matosidan tikilgan bo‘lib, 

ustiga rangli iplardan karublar tasviri solingan 

edi


1

. Keyinchalik shunday parda Quddusdagi 

Ma’badning Eng muqaddas xonasini Muqaddas 

xonasidan ajratib turgan

2

. Iso Masih xochda jon 



berganda shoh Hirod qurdirgan Ma’baddagi 

parda yirtilib ketdi

3

. Ibroniylarga maktubning 



muallifi samoviy Ma’badda ham shu kabi parda 

borligini aytib o‘tadi

4



1



 Chiqish 26:31-33 

2

 2 Solnomalar 3:14 

3

 Matto 

27:50-51 

4

 Ibroniylar 6:19-20 

JABROIL 

Muqaddas Kitobda ikkita farishtaning nomi 

aytib o‘tilgan, birinchisi — Jabroil, ikkinchisi — 

Mikoyil


1

. Jabroil Xudoning maxsus xabarini 

yetkazish uchun bir necha marta odamlarga zohir 

bo‘lgan. U Doniyor payg‘ambarga zohir bo‘lib, 

berilgan vahiylar va bashoratlarning ma’nosini 

tushuntirib bergan

2

. Yahyo payg‘ambarning otasi 



Zakariyoga ham zohir bo‘lib, Yahyoning tug‘ilishi 

haqida


3

, Maryamga ham zohir bo‘lib, Iso 

Masihning tug‘ilishi haqida xabar bergan

4



1

 Mazkur tarjimada Azroil farishta ham aytib 

o‘tilgan, Muqaddas Kitobning asl nusxasida Azroil 

“halok qiluvchi” deb berilgan. 

2

 Doniyor 8:15-27, 

9:20-27 

3

 Luqo 1:8-20 

4

 Luqo 1:26-38 

JALILA 

Jalila ko‘lining va Iordan daryosining g‘arb 

tomonida, Samariya hududidan shimolda 

joylashgan qirli yer. Qadimgi Falastin qatori, Jalila 

ham miloddan oldingi 63 yili Rim imperiyasi 

tomonidan bosib olingan. Ko‘p asrlar davomida 

bu hudud ajnabiy xalqlar hukmronligi ostida 

bo‘lgan, shuning uchun tub aholining orasida 

ko‘plab g‘ayriyahudiylar yashagan

1

. Shu sababga 



ko‘ra, boshqa yahudiylar Jalilaliklarga past nazar 

bilan qarar edilar. Isoning bolalik va o‘smirlik 

davri Jaliladagi Nosira shahrida o‘tgan. Iso O‘z 

xizmatini asosan Jalilada olib borgan. 



1

 Ishayo 9:1-2, Matto 4:12-16 

JAMOAT 

Yangi Ahdda bu so‘z ma’lum bir joydagi 

masihiylar guruhiga nisbatan ishlatilgan. Ilk 


Lug‘at 

13 


jamoat Quddusda paydo bo‘lgan. U yerdagi 

imonlilar Xudoga sajda qilish uchun tez–tez 

yig‘ilib turar edilar. Iso Masih haqidagi Xushxabar 

keng tarqalgach, boshqa joylarda ham 

jamoatlarga asos solindi

1

. Jamoatdagi imonlilar 



bir–birlariga har jihatdan yordam berardilar

2



Imonlilar uylarda yig‘ilganlarida ibodat qilardilar, 

Xudoga hamdu sanolar aytardilar va Isoning 

o‘limini xotirlab, birga taom tanovul qilar edilar

3



Ular birgalikda Muqaddas bitiklarni o‘qib, saboq 

olardilar va imonda mahkam turish uchun bir–

birlariga dalda berardilar

4

. Jamoatlarning 



yo‘lboshchilari bor edi, ularni yetakchi, oqsoqol 

yoki cho‘pon deb atashardi

5

. Jamoatda 



imonlilarga yordam beradigan odamlarni esa 

xizmatchilar deb atashgan

6



Yangi Ahdda jamoat so‘zi yana Iso Masihga 



ishongan jamiki odamlarni bildirgan

7

. Jamoat 



so‘zining shu ma’nosini ifodalash uchun Yangi 

Ahdda bir necha timsollar berilgan. Ularning 

ba’zilari quyidagilardir: Iso Masihning tanasi

8



Ma’bad

9

, Xudoning xonadoni



10



1



 Havoriylar 8:1, 15:41, 1 Korinfliklar 16:19, 

Galatiyaliklar 1:1-2, Vahiy 1:11 

2

 Havoriylar 2:44-

45, 4:32, 34-35 

3

 Havoriylar 2:42, 46, Rimliklar 

16:4, 1 Korinfliklar 11:17-34, Efesliklar 5:19, 

Kolosaliklar 3:16, 4:15 

4

 1 Korinfliklar 14:26, 

1 Timo‘tiy 4:13 

5

 Havoriylar 14:23, Yoqub 5:14, 

1 Butrus 5:1-4, Efesliklar 4:11, 1 Timo‘tiy 3:1-7, 

Titus 1:5-9 

6

 Filippiliklar 1:1, 1 Timo‘tiy 3:8-13 

7

 Matto 16:18, 1 Korinfliklar 5:12-13, 

Galatiyaliklar 1:13, Efesliklar 1:22, 3:10, 21, 5:23-

32, Filippiliklar 3:6 

8

 1 Korinfliklar 12:12-13, 27, 

Efesliklar 5:23, 29-30, Kolosaliklar 1:24 

9

 1 Korinfliklar 3:16-17, 2 Korinfliklar 6:16, 

Efesliklar 2:21-22 

10

 Efesliklar 2:19, 1 Timo‘tiy 

3:14-15, Titus 1:7, Ibroniylar 3:6 

JANNAT 

Jannat deb tarjima qilingan yunoncha 

so‘zning ma’nosi “go‘zal bog‘” demakdir. Yangi 

Ahdda jannat so‘zi solihlar o‘lgandan keyin 

boradigan joyga ishora qiladi

1

. O‘sha bog‘da 



solihlar Hayot daraxti mevasidan yeyishga 

musharraf bo‘ladilar

2

. Jannat so‘zi yana arshi 



a’loga nisbatan ham ishlatilgan

3



1

 Luqo 23:43 

2

 Vahiy 2:7 

3

 2 Korinfliklar 12:2-4 ga 

va OSMON, SAMO so‘zlariga qarang. 

JANG ARAVASI 

Otlarga qo‘shiladigan, orqasi ochiq arava. 

Jangda ishlatilgan bo‘lib, harbiy kuch–qudrat va 

ustunlik belgisi edi. 

 

JIN 

Muqaddas Kitobda jin ba’zan yovuz ruh deb 

atalgan. Jinlarning hukmdori shaytondir. Jinlar 

insonlarga zarar yetkazishni istaydi. Ular ba’zan 

insonning ichiga kirib olib, uning xatti–

harakatlarini boshqaradi. To‘liqroq ma’lumotga 

ega bo‘lish uchun SHAYTON va FARISHTA 

so‘zlariga qarang. 



KAN’ON 

Kan’on Nuhning nabirasi va Xomning o‘g‘li 

edi. Qadimgi paytlarda O‘rta yer dengizi, Iordan 

daryosi va O‘lik dengiz oralig‘idagi yerlar ham 

Kan’on degan nom bilan yuritilgan. Kan’on 

yurtidan shimolda Lubnon tog‘lari, janubda esa 

Nagav cho‘li bor edi. Ibtido kitobida bayon 

qilinishicha, Xomning o‘g‘li Kan’ondan bir nechta 

xalq kelib chiqqan va o‘sha yerlarda yashagan

1



Isroil xalqi bu yerlarni bosib olgandan keyin, 

Kan’on degan nom asta–sekin yo‘qolib ketdi. 

Uning o‘rniga bu yerlar “Isroil yurti” deb atala 

boshlagan, ancha vaqt o‘tgandan keyin esa 

“Falastin” nomi bilan tanilgan

2



Muqaddas Kitobda Kan’on juda hosildor, “sut 

va asal oqib yotgan yurt” deb tasvirlangan

3



Kan’on geografik jihatdan juda qulay va unumdor 



yer hisoblangan. Kan’on yurtidan janubi–g‘arbda 

joylashgan Sinay yarim oroli Osiyo va Afrika 

qit’alarini birlashtirib turadi. Shuning uchun 

muhim tijorat yo‘llari Kan’on orqali, O‘rta yer 

dengizi bo‘ylab o‘tgan. Qadimda Yaqin Sharqdagi 

qudratli shohliklar Kan’onni qo‘lga kiritishga 

harakat qilganlar. 

1

 Ibtido 10:6, 15-19 ga va KAN’ON XALQI, KAN’ON 

XALQLARI, KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga 

qarang. 

2

 FALASTIN so‘ziga qarang. 

3

 Chiqish 

3:8 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang. 

KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI, 

KAN’ONDAGI XALQLAR 

Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin 

o‘sha yerda yashagan xalqlar. Bu xalqlar 


Lug‘at 

14 


quyidagilar edi: Amor xalqi, Girgosh xalqi, Xet 

xalqi, Xiv xalqi, Yobus xalqi, Kadmon xalqi, Xanaz 

xalqi, Xayin xalqi, Pariz xalqi, Rafa xalqi. Bu 

xalqlardan ba’zilari Kan’on yurtining aynan qaysi 

joyida yashagani ma’lum emas. Isroil xalqi 

Kan’onni bosib olgandan keyin ham, bu 

xalqlardan bir qanchasi o‘sha yurtda 

yashayverganlar. Yana KAN’ON so‘ziga qarang. 



KARNAY BAYRAMI 

BAYRAMLAR so‘ziga qarang. 



KARUB, KARUBLAR 

Qanotli samoviy mavjudotlar. Bu mavjudotlar 

haqida so‘z yuritilganda, ular odatda Xudoning 

taxti yonida tasvirlanadi. Eski Ahdning ba’zi 

o‘rinlarida esa karublar Xudoning taxtini ko‘tarib 

yurgani haqida bayon qilinadi

1



Mana shu samoviy mavjudotlarning 



haykallari va o‘yma, naqsh solingan tasvirlari 

Xudoning ulug‘vorligi va Uning O‘z xalqi orasida 

ekanligining ramzidir. Ahd sandig‘i qopqog‘i 

ustida ikki karub haykali bor edi

2

. Muqaddas 



chodirning Eng muqaddas xonasini Muqaddas 

xonasidan ajratib turgan ichki pardaga karublar 

tasviri solingan edi. Keyinchalik shoh Sulaymon 

balandligi 4,5 metr bo‘lgan karublarning ikkita 

haykalini yasattirib, Ma’badning Eng muqaddas 

xonasiga qo‘ydirgan

3

. Shoh Sulaymon qurdirgan 



Ma’badning ichki pardasi, devorlari va eshiklari 

ham karublar tasviri bilan bezatilgan edi

4



1



 Hizqiyol 1, 10–boblar 

2

 Chiqish 25:18-20 ga va 

AHD SANDIG‘I iborasiga ishlangan rasmga 

qarang. 

3

 3 Shohlar 6:23-28 ga va lug‘atdan keyin 

ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida 

berilgan “Shoh Sulaymon qurdirgan Ma’bad” 

rasmiga qarang. 

4

 2 Solnomalar 3:14, 3 Shohlar 

6:29-35 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin