Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix26.02.2020
ölçüsü1,71 Mb.
#30543
1   2   3   4   5   6   7   8   9
70-Lug'at Supl


MO‘LAX 

Ommon xalqining xudosi

1

. Odamlar o‘z 



farzandlarini qurbonlik qilish orqali Mo‘laxga 

sajda qilar edilar. Xudoning qonunlarida bunday 

odat qat’iyan man etilgan. Ammo Quddusga yaqin 

joydagi Xinnum soyligida hatto Isroil xalqi ham 

Mo‘laxga sajda qilib, farzandlarini qurbonlik 

qilgani kuzatilgan

2



1



 3 Shohlar 11:7 

2

 Levilar 18:21, 20:2-5, Yeremiyo 

32:35 

NAJOT 

Ibroniy va yunon matnlarida “najot” 

tushunchasini ifodalaydigan bir nechta so‘z 

ishlatilgan bo‘lib, ular mazkur tarjimada “najot, 

qutqarmoq, xalos qilmoq, ozod qilmoq” kabi 

so‘zlar bilan berilgan. Bu so‘zlar odamlarning va 

butun bir xalqning dushmanlardan yoki ularning 

hayotiga xavf solayotgan boshqa narsalardan 

xalos bo‘lishini ifodalaydi. 

Eski Ahdda birorta odam ma’lum bir 

vaziyatda boshqalarni xavf–xatardan 

qutqarganda “qutqaruvchi” deb atalgan

1



Aksariyat hollarda esa “Qutqaruvchi, Xaloskor va 



Najotkor” degan nom Xudoning O‘ziga nisbatan 

ishlatilgan

2

. Isroil xalqi tarixidagi eng buyuk 



voqealardan biri ularning Misrdagi qullikdan 

ozod bo‘lganidir. Xudo Muso orqali mo‘jiza 

ko‘rsatib, O‘zining Qutqaruvchi ekanligini 

namoyon qilgan

3

. Xudo Isroil xalqini ko‘p 



marotaba qutqargani uchun, ular, kelajakda 

Egamiz bizni barcha dushmanlardan va 

yovuzlikdan xalos qiladi, degan umidda o‘sha 

vaqtni intizorlik bilan kutganlar. Yana Eski Ahdda 

payg‘ambarlar bashorat qilib, Xudo O‘zining solih 

qulini yuboradi va insonlarni gunohlardan xalos 

qiladi, deb aytganlar. Bashoratlarga ko‘ra 

Xudoning bu sodiq quli payg‘ambar Dovudning 

avlodidan kelib chiqardi

4



Yangi Ahdda bayon qilinishicha, odamlar Iso 

Masihning o‘limi va tirilishiga ishonish orqali 

gunohdan xalos bo‘ladilar

5

. Demak, har bir inson 



millati, irqi va madaniyatidan qat’iy nazar, 

najotga erishishi mumkin

6

. Bu najot odamning 



qilgan savob ishlariga bog‘liq emas. Odam 

faqatgina Xudoning marhamati va inoyati tufayli 

gunohlaridan forig‘ bo‘lib, Iso Masih orqali abadiy 

hayotga ega bo‘ladi

7

. Iso Masihga imon keltirib, 



tavba qilgan har bir insonni Xudo kechiradi

8



Shuning uchun Xudoning O‘zi ham, Iso Masih ham 

“Najotkor” deb ataladi

9



Iso Masihga imon keltirgan odam Xudo bilan 



yarashgani uchun bu dunyodaYoq najotga 

erishgan deb hisoblanadi

10

. Najotga erishgan har 



bir insonning hayotida Muqaddas Ruh amal 

qiladi


11

. Najot uzluksiz bir jarayon bo‘lib, unga 

erishgan har bir insonning fikrlashi va xulq–

atvori o‘zgaradi va bunday inson o‘z hayotini 

Xudoni mamnun qilish niyatida yashaydi

12



Masihiylar qiyomat kuni ham hukm 

qilinmaydilar

13

. Masihning xochdagi o‘limi va 



tirilishi tufayli ular bu dunyoda ham, narigi 

dunyoda ham najotga egadirlar

14

. Shu sababdan 



imonlilar o‘lgandan keyin Xudo bilan birga 

jannatda bo‘lishlariga qat’iy ishonadilar

15



1



 Hakamlar 3:9, 15, Naximiyo 9:27 

2

 2 Shohlar 

22:2-3, 1 Solnomalar 16:35, Zabur 33:5-8, 18-20, 

39:18, 77:35, Ishayo 43:3, 11, 49:26, Doniyor 6:27 

3

 Chiqish 14:1-31, 15:1-21 

4

 Ishayo 42:1-4, 52:13-

53:12, Hizqiyol 37:23-25, Zakariyo 3:8-9 ga va 

MASIH so‘ziga qarang. 

5

 Matto 1:21, Luqo 2:10-11, 

30-31, Havoriylar 4:11-12, Rimliklar 5:9-10 

6

 Havoriylar 17:30-31, Rimliklar 1:16-17, 10:12-13 

7

 Rimliklar 3:20-24, Efesliklar 2:8-9 

8

 Havoriylar 

2:38-39, 10:43, 16:30-31, Rimliklar 10:9-10 

9

 Luqo 

1:47, 69-70, 2:11, Havoriylar 5:31, Filippiliklar 

3:20, 1 Timo‘tiy 1:1, 2:3, 2 Timo‘tiy 1:10, Titus 1:3-



10

 Rimliklar 8:24, 29-30, Efesliklar 2:4-6, 

2 Timo‘tiy 1:9 

11

 Rimliklar 8:15-16, 2 Korinfliklar 

1:21-22, Efesliklar 1:13-14 

12

 1 Butrus 2:1-3, 

1 Korinfliklar 1:18 

13

 Yuhanno 3:15-16, 36, 5:24, 

6:40, 1 Yuhanno 4:15-17, 5:13, Rimliklar 8:1-2, 

Filippiliklar 1:28, Ibroniylar 9:27-28 

14

 1 Butrus 

1:3-5, 2 Butrus 1:3-8, Titus 3:4-7 

15

 Luqo 23:42-43, 

2 Korinfliklar 5:1-2, 6-8, Filippiliklar 1:21-23, 

1 Salonikaliklar 4:16-17, 5:9-10, Vahiy 22:3-5 

NAZR 

Odamlar Xudoga sajda qilib, o‘z ishonchini va 

hurmat–ehtiromini bildirish uchun beradigan 

narsa. Tavrot qonuni bo‘yicha ikkita nazr turi 

bo‘lib, bular quyidagilardir: 

DON NAZRI 

Don nazri a’lo sifatli bug‘doy unidan yoki turli 

tarzda tayyorlangan xamirturushsiz nondan 

iborat edi

1

. Bu nazrning bir qismi yoki hammasi 



qurbongohda kuydirilgan, kuydirilmagan qismi 

esa ruhoniylarga berilgan. Don nazri odatda 

boshqa biror qurbonlikka, misol uchun, 

kuydiriladigan yoki tinchlik qurbonligiga qo‘shib 

keltirilgan

2



1

 Levilar 2:1-16, 6:14-23 

2

 QURBONLIK so‘ziga 

qarang. 

Lug‘at 

20 


SHAROB NAZRI 

Odatda sharob nazri kuydiriladigan yoki 

tinchlik qurbonligiga qo‘shib keltirilardi. Sharob 

nazri qurbongohga quyilganda va qurbonlik 

kuydirilganda, Xudoga Yoqimli hid borardi

1



1

 Chiqish 29:40-41 ga va QURBONLIK so‘ziga 

qarang. 

NODON 

AHMOQ, NODON so‘zlariga qarang. 



OLIY KENGASH 

Yangi Ahd davrida yahudiylarning siyosiy va 

diniy kengashi. Bu kengash bosh ruhoniylardan, 

Tavrot tafsirchilari hamda obro‘li odamlardan 

iborat edi. Oliy kengashning 70 ga yaqin a’zosi 

bor edi. Oliy ruhoniy kengashning boshlig‘i edi. 

Kengash a’zolari yahudiylarning ijtimoiy, siyosiy 

va dinga oid masalalarini hal qilish huquqiga ega 

edilar, ammo Oliy kengash chiqargan muhim 

qarorlar Rim hukumati tomonidan tasdiqlanishi 

kerak edi. Masalan, Oliy kengash birortasini 

o‘limga hukm qilishi mumkin edi, ammo 

faqatgina Rim hukumati mana shu hukmni ijro 

qila olardi. Yurtda tinchlikni saqlab turish uchun 

Oliy kengash yahudiylarning ham, Rim 

hukumatining ham manfaatini ko‘zlar edi. 



OLIY RUHONIY 

RUHONIY so‘ziga qarang. 



OLTIN TUTATQI QURBONGOHI 

QURBONGOH so‘ziga qarang. 



OLTIN XONTAXTA 

Akas yog‘ochidan yasalgan, usti oltin bilan 

qoplangan xontaxta. Bu xontaxta Muqaddas 

chodirning, keyinchalik esa Quddusdagi 

Ma’badning Muqaddas xonasida turar edi. 

Muqaddas nonlar mana shu xontaxtaning ustiga 

qo‘yilar edi

1



1

 Chiqish 25:23-30, 26:35 

 

OMMON XALQI 

Bu xalq Ibrohimning jiyani Lut naslidan edi. 

Lutga qizlari sharob berib, mast qilib qo‘ygach, 

kenja qizi otasi yoniga kirib, otasidan homilador 

bo‘lgan va o‘g‘li Banommini tuqqan edi

1



Banommidan Ommon xalqi kelib chiqdi. Ommon 

xalqi xudo Mo‘laxga sajda qilgan. Ular Iordan 

daryosining sharqida yashaganlar. Ommon xalqi 

Isroil xalqining dushmani bo‘lib, Filist xalqi bilan 

ittifoq tuzgan. Ommon yurtining poytaxti o‘sha 

davrda Ommon shahri bo‘lib, hozirda Iordaniya 

mamlakatining poytaxtidir. 

1

 Ibtido 19:30-38 

OMOLEK XALQI 

Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin 

o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Omolek 

xalqi ko‘chmanchi xalq bo‘lib, asosan O‘lik 

dengizning janub va sharq tomonida yashagan. 

Isroil xalqi Misrdan chiqib kelayotganda, Omolek 

xalqi ularga hujum qilgan edi. O‘shandan boshlab 

Omolek xalqi Isroil xalqining dushmani bo‘lib 

qoldi

1

. Xudo Isroil xalqiga: “Omolek xalqini halok 



qilib, ularning nomini yer yuzidan o‘chiringlar”, 

deb amr bergan edi. Yahudo shohi Hizqiyo 

davridagina Isroil xalqi Xudoning bu amrini 

bajarib, Omolek xalqini qirib tashladi

2



1



 Chiqish 17:8-16, Qonunlar 25:17-19, 1 Shohlar 

15:2, 30:1-5 

2

 1 Solnomalar 4:43 

ORAM 

Bu nom Eski Ahdda oramiychada 

so‘zlashuvchi xalqlar yashaydigan bir nechta 

hududga nisbatan ishlatilgan. Bu hududlarning 

biri Furot daryosi bo‘yida, hozirgi Suriya 

mamlakatining shimolida va hozirgi Turkiyaning 

janubi–sharqida edi. Ibrohim payg‘ambar 

birmuncha vaqt aynan o‘sha hududda istiqomat 

qilgan, uning qarindoshlaridan ba’zilari o‘sha 

yerda yashab qolganlar. Furot daryosidan g‘arbga 

va janubga cho‘zilgan, Kan’on hududiga yaqin 

bo‘lgan yerlarga nisbatan ham Oram nomi 

ishlatilib, Damashq shahri bu yerlarning markazi 

hisoblangan. Bu hududlarning hammasi Iskandar 

Zulqarnayn tomonidan bosib olingandan keyin 

Suriya nomi bilan tanilgan. Yana SURIYA so‘ziga 

qarang. 

ORAMIYCHA 

Ibroniychaga yaqin bo‘lgan til. Davrlar o‘tgan 

sari bu til xalqaro tilga aylanib, hozirgi Yaqin 

Sharq deb ataladigan yerlarda savdo–sotiq, 

tijorat va ijtimoiy–siyosiy doiralarda 

ishlatiladigan til bo‘lib qoldi. Ossuriyaning tub 

aholisi oramiy tilida so‘zlashardi. Shu sababdan, 


Lug‘at 

21 


oramiy tili Ossuriya tomonidan bosib olingan 

yerlardagi xalqlarning, Ossuriya yurtida, 

keyinchalik esa Bobil va Fors yurtlarida yashagan 

ajnabiy asirlarning so‘zlashuv tiliga aylandi. 

Shuning uchun Eski Ahdning ba’zi bir qismlari 

oramiy tilida yozilgan

1

. Iso Masih davrida 



qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar odatda 

oramiy tilida so‘zlashganlar. Yangi Ahdda 

oramiycha so‘zlar, iboralar va nomlar ko‘p 

uchraydi, ammo ular asl matnda yunoncha 

harflar bilan yozilgan. 

1

 jumladan, Ezra 4:8-6:18, 7:12-26, Doniyor 2:4-

7:28 

ORAMIYCHA MATN 

Eski Ahdning eng qadimiy to‘liq ibroniycha 

qo‘lyozmasi Leningrad Kodeksidir. Bu qo‘lyozma 

taxminan milodiy 1000 yillarda ko‘chirilgan. 

Mazkur qo‘lyozmaning nashr qilingan nusxasi 

Bibliya Xebraika Stutgartensiya deb ataladi

1

. Eski 



Ahdning bu qo‘lyozmasidagi bir nechta parcha 

oramiy tilida yozilgan

2



1



 IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang. 

2

 ORAMIYCHA so‘ziga qarang. 

OSMON SHOHLIGI 

Xudoning insonlar hayotidagi hukmronligiga 

va har bir yaratilgan mavjudotning oxiratda 

yangilanishiga ishora. Bu ibora faqatgina Matto 

kitobida ishlatilgan bo‘lib, “Xudoning Shohligi” 

ma’nosini bildiradi. To‘liqroq ma’lumotga ega 

bo‘lish uchun XUDONING SHOHLIGI iborasiga 

qarang. 


OSMON, SAMO 

Muqaddas Kitobda bu so‘zlar ostida Xudo 

yaratgan osmon nazarda tutilgan

1

. Ammo osmon 



va samo so‘zlari ko‘pincha Xudoning va 

farishtalarning maskanini ham bildiradi

2

. Yangi 


Ahdda bayon qilinishicha, Iso Masih osmondan 

tushgan va o‘lib tirilgandan keyin yana osmonga 

ko‘tarilgan

3

. Oxiratda Iso osmondan kelib, 



o‘liklarni tiriltiradi

4

. Shu kuni Xudo solihlarga 



abadiy hayotni mukofot qilib beradi, ular Xudo 

bilan birga jannatda yashaydilar

5

. Bu dunyoda 



yashayotgan Isoning izdoshlari samoni haqiqiy 

vatan deb bilishlari

6

, o‘sha vatanga ko‘z tikib 



yashashlari kerak

7



1

 Ibtido 1:6-8, 14-18 

2

 Ayub 22:12, Zabur 10:4 

3

 Yuhanno 3:13, 6:41-51, 14:2-3, 20:17, Luqo 

24:50-51 

4

 1 Salonikaliklar 4:16-17 

5

 Matto 5:12, 

Matto 25:34, 46, 1 Butrus 1:4, 2 Korinfliklar 5:1-2, 

Filippiliklar 3:13-14, Ibroniylar 12:22-24, Vahiy 

21:1-4, 22:1-5 

6

 Filippiliklar 3:20 

7

 Matto 6:20-21, 

Kolosaliklar 3:1-2, Ibroniylar 11:13-16 

OSSURIYA 

Qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti 

Naynavo

1

 hozirgi shimoliy Iroqda joylashgan edi. 



Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar Isroilni, 

ya’ni shimoliy shohlikni bosib oldilar

2

. Ular Isroil 



xalqining aksariyat qismini asir qilib olib 

ketdilar


3

. Ossuriya shohi boshqa xalqlarni Isroil 

yurtiga majburlab ko‘chirdi

4

. Isroil yurtida 



qolgan odamlar esa o‘sha ajnabiylar bilan quda–

andachilik qildilar. Ularning avlodlari Yangi 

Ahdda aytib o‘tilgan Samariyaliklardir

5

. Miloddan 



oldingi 612 yilda ittifoqdosh dushman lashkarlari 

Bobil va Midiya boshchiligida Naynavoni vayron 

qildilar. Ko‘p o‘tmay Ossuriya shohligi o‘z 

mustaqilligini yo‘qotdi. 



1

 Nineviya nomi bilan ham ma’lum 

2

 ISROIL so‘ziga 

qarang. 

3

 4 Shohlar 17:1-6 

4

 4 Shohlar 17:24 

5

 SAMARIYALIK so‘ziga qarang. 

OTA, OTAM XUDO, OTAMIZ XUDO… 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



PARIZ XALQI 

Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin 

o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Pariz xalqi 

Kan’onning o‘rta qismidagi qirli joylarda 

yashagan. Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON 

XALQLARI, KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga 

qarang. 

PARVARDIGOR EGAM, PARVARDIGOR EGAMIZ 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



PARVARDIGORI OLAM 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



PAYG‘AMBAR 

Xudoning xabarini odamlarga yetkazadigan 

inson. Eski ahd davrida Isroil xalqining 

payg‘ambarlari xalqni gunohdan tavba qilishga va 

Xudoga yuz burishga da’vat qilganlar. Ba’zan ular 

hatto hukmdorlarning va ajnabiy xalqlarning 

gunohlarini fosh qilib, ularni ham to‘g‘ri yo‘ldan 

yurishga chaqirganlar. Payg‘ambarlar o‘z 

xabarlari orqali kelajakda sodir bo‘ladigan 

voqealar haqida bashorat qilganlar, odamlarga 

dalda berganlar va yuz beradigan falokatlardan 

xalqni ogohlantirganlar. Odatda ular xabarlarida 

turli ramziy obrazlardan foydalanganlar. Ba’zi 

payg‘ambarlarning yozib qoldirilgan bashoratlari, 

vahiylari va xabarlari keyinchalik Eski Ahd 

tarkibiga kiritilib, bu bitiklar o‘sha 



Lug‘at 

22 


payg‘ambarlarning nomlari bilan atalgan. Yangi 

Ahd davrida Xudo ba’zi masihiylarni 

payg‘ambarlik xizmatiga tayinlagan

1

. Bu 



payg‘ambarlar imonlilarga Xudoning so‘zini 

yetkazganlar

2

. Ba’zan ular Muqaddas Ruh ilhomi 



bilan bashorat ham qilganlar

3

. Muqaddas Kitobda 



soxta payg‘ambarlar haqida ham aytib o‘tilgan. 

Ular Xudodan xabar keltiryapmiz, deb odamlarni 

aldab, yo‘ldan urganlar. 

1

 1 Korinfliklar 12:28, Efesliklar 4:11-12 

2

 1 Korinfliklar 14:1-5, 29-33 

3

 Havoriylar 11:27-

28, 21:10-11 

POKLANISH KUNI 

BAYRAMLAR so‘ziga qarang. 



PURIM BAYRAMI 

BAYRAMLAR so‘ziga qarang. 



QADIMIY LOTINCHA TARJIMA 

IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang. 



QADIMIY SURYONIYCHA TARJIMA 

IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang. 



QADIMIY YUNONCHA TARJIMA 

IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang. 



QAROL 

Xizmatkorning bir turi bo‘lib, shoh tomonidan 

majburiy xizmatga olingan, iqtisodiy jihatdan 

shohga qaram bo‘lgan shaxs. 



QODIR XUDO 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



QONUN 

Ushbu tarjimada “qonun” yoki “qonunlar” 

so‘zlari ko‘pincha Xudoning Muso orqali Isroil 

xalqiga bergan qonun–qoidalariga ishora qiladi. 

Bu qonun–qoidalar Tavrotda yozilgan. 

Qonunlarda Xudoning Isroil xalqi bilan tuzgan 

ahd shartlari va qoidalari qayd etilgan. 

Qonunlar o‘nta amr bilan boshlangan

1

. Bu 


amrlarni Xudo O‘z qo‘li bilan ikki tosh lavhaga 

yozgan. Bu lavhalar Ahd sandig‘ida saqlangan

2



Qonunlarning to‘liq majmuasi Isroil xalqining 



diniy va ijtimoiy hayotiga oid ko‘plab batafsil 

qoidalarni o‘z ichiga olgan. Xudoga sajda qilish, 

qurbonliklar va nazrlar keltirish, poklik, Shabbat 

kuniga rioya qilish, bayramlarni nishonlash, 

vorislik, yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan narsalar, 

halol va harom jonivorlar, axloqiy hayotga oid 

yo‘l–yo‘riqlar va qoidalar shular jumlasidandir. 

Isroil xalqi qonunlarni bajarish orqali Xudoga 

bo‘lgan sadoqatini yaqqol ko‘rsatardi

3

. Iso Masih, 



barcha qonunlar “Egangiz Xudoni butun qalbingiz 

bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan 

seving” va “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” 

degan amrlarda mujassamdir, deb aytgan

4



Qonunlar Xudoning ezgulik va solihlik mezoni 



bo‘lib xizmat qiladi, insonning gunohkor 

ekanligini ochiq–oydin ko‘rsatadi

5



1



 Chiqish 20:1-17 

2

 Chiqish 25:16, 34:1, 28 

3

 Qonunlar 7:7-15, 8:1-20 

4

 Matto 22:35-40, Luqo 

10:25-37 

5

 Rimliklar 7:7-13 

QOYA 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



QUDDUS 

Quddus O‘rta yer dengizidan qariyb 50 

kilometr sharqda, tog‘ tizmasida joylashgan. 

Ilgari bu shahar tog‘dagi qal’a bo‘lgan, 

keyinchalik esa kengayib, atrofdagi qirlar va 

vodiylarni o‘z ichiga olgan. Miloddan oldingi 

1000 yilda shoh Dovud Quddusni bosib olgandan 

keyin shahar Isroil xalqi uchun siyosiy va diniy 

markazga aylangan. 

Qadimda Quddus shahrining nomi Salim edi. 

Salim shohi va ruhoniysi Maliksidiq Ibrohim bilan 

uchrashib, uni duo qilgan

1

. Keyinroq Xudo 



Ibrohimga o‘g‘li Is’hoqni shu shaharga yaqin 

joyda qurbonlik qilishni buyurgan

2

. Isroil xalqi 



Kan’on yurtini bosib olgandan keyin Quddusni 

qo‘lga kiritgan, ammo shaharning tub aholisi — 

Yobus xalqi u yerda yashab qolavergan

3

. Dovud 



barcha Isroil qabilalarining shohi bo‘lgandan 

keyin Yobuslarning qal’asini, ya’ni Quddusni

4

 

qo‘lga kiritgan va uni o‘z shohligining poytaxti 



qilgan

5

. Dovud Ahd sandig‘ini Quddusga keltirgan 



va Quddus Ahd sandig‘ining doimiy maskani 

bo‘lib qolgan

6

. Dovud Quddusda Xudoga atab 



Ma’bad qurmoqchi bo‘lgan, ammo Ma’badni 

Dovud emas, balki uning o‘g‘li shoh Sulaymon 

qurgan

7



Miloddan oldingi 586 yilda Quddusni Bobil 

qo‘shini bosib olgan. Shahardagi binolar va 

Ma’bad talon–taroj qilinib, ularga o‘t qo‘yilgan, 

shahar devorlari buzilgan, aholisi esa asirlikka 

olib ketilgan

8

. Miloddan oldingi 538 yilda, Fors 



imperiyasi hukmronligi davrida yahudiylarga o‘z 

vataniga qaytishga va Ma’badni qayta qurishga 

ijozat berilgan

9

. Miloddan oldingi 445 yilda Fors 



shohi amaldori Naximiyo Quddusga borib, shahar 

devorlarining qurilishiga boshchilik qilgan. 

Miloddan oldingi 332 yilda Quddus shahri hech 

bir qarshiliksiz Iskandar Zulqarnaynga taslim 

bo‘lgan. Miloddan oldingi 63 yilga qadar, 


Lug‘at 

23 


taxminan 100 yil davomida Quddus shahri 

mustaqil yahudiy davlatining poytaxti bo‘lgan. 

Miloddan oldingi 63 yilda esa bu yurt Rim 

imperiyasi tomonidan bosib olingan va unga 

qaram bo‘lib qolgan. 

Iso Masih, yahudiy urf–odatlariga ko‘ra, 

belgilangan diniy bayramlar paytida Quddusni 

ziyorat qilgani borardi

10

. U Quddusda Fisih 



bayrami ayyomida qo‘lga olingan va o‘limga 

hukm qilinib, xochga mixlangan. Iso Masih 

o‘likdan tirilgandan keyin Quddusda 

shogirdlariga zohir bo‘lgan. Iso ularga, Xudo 

sizlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdirmaguncha 

Quddusda qolinglar, deb buyurgan

11

. Isoning 



izdoshlari birinchi marta Quddusda quvg‘in 

qilinganlar

12

. Milodiy 66 yilda Yahudiya 



viloyatining aholisi Rim hukumatiga qarshi isyon 

ko‘targan. Milodiy 70 yilda Rimliklar Titus 

boshchiligida Quddusni yana qo‘lga kiritib, 

shaharni va Ma’badni yer bilan yakson qilganlar. 

Shunday qilib, Isoning bashorati amalga 

oshgan


13

Samoviy Quddus deganda Xudoning samodagi 



maskani nazarda tutiladi, kelajakda esa bu 

maskan yer yuzida bo‘ladi

14



1



 Ibtido 14:17-20, Ibroniylar 7:1-2 

2

 Ibtido 22:1-

2 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang. 

3

 Hakamlar 

1:21 

4

 SION so‘ziga qarang. 

5

 2 Shohlar 5:6-7 

6

 2 Shohlar 6:1-19 

7

 2 Shohlar 7:1-17, 3 Shohlar 

5:1-6:38 

8

 4 Shohlar 25:8-17, 2 Solnomalar 36:13-

21 

9

 Ezra 1:1-11 

10

 Luqo 2:41-42, Yuhanno 4:45, 

7:2-4, 10, 10:22-23 

11

 Havoriylar 1:3-5, 2:1-13 

12

 Havoriylar 8:1-3 

13

 Luqo 19:41-44, 21:5-6 

14

 Ibroniylar 12:22, Vahiy 21:2-3 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin