Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix26.02.2020
ölçüsü1,71 Mb.
#30543
1   2   3   4   5   6   7   8   9
70-Lug'at Supl

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • MALAK

KUYDIRILADIGAN QURBONLIK

KUYDIRILADIGAN NAZR 

QURBONLIK so‘ziga qarang. 



KO‘KRAKPECH 

Oliy ruhoniy ko‘ksiga taqadigan, qimmatbaho 

toshlar bilan bezatilgan maxsus xalta. 

Ko‘krakpech xaltasiga Urim va Tummim degan 

muqaddas narsalar solingan edi. Oliy ruhoniy 

Xudoning irodasini bilish uchun Urim va 

Tummimdan foydalangan

1



1

 Chiqish 28:15-30 

 

LEVI, LEVILAR 

Yoqubning o‘g‘li Levi qabilasidan bo‘lgan 

erkaklar. Xudo Levi qabilasidan bo‘lgan Horun 

naslini Isroil xalqining ruhoniylari qilib tanlagan 

edi

1

. Levi qabilasining qolgan erkaklari diniy 



marosimlarni bajarishda yordam berganlar. 

Bundan tashqari, ular Muqaddas chodirga, 

keyinchalik esa Ma’badga, uning ashyolari va 

buyumlariga ham mas’ul edilar

2

. Xudo Isroil 



xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga levilarni O‘z 

xizmatiga olgandi. Zotan, Isroilning to‘ng‘ich 

o‘g‘illari Xudoga tegishli edi

3

. Keyinchalik shoh 



Dovud levilarning ba’zilarini Xudoga sajda qilish 

paytida ashula aytishga va musiqa chalishga 

tayinlagan

4



1

 RUHONIY so‘ziga qarang. 

2

 Sahroda 3:5-10, 

1 Solnomalar 23:25-29, 32 

3

 Sahroda 3:11-13, 40-

51 

4

 1 Solnomalar 6:31-32, 23:30-31 

LIRA 

Torli musiqa asbobi. 

 

LUBNON 

Lubnon tog‘ tizmasi bo‘lib, hozirgi Livan 

mamlakatida joylashgan. Lubnon tog‘lari sadr 

daraxtlari bilan mashhur edi. Shoh Sulaymon 

Quddusdagi Ma’badni va o‘z saroyini Lubnonning 

sadr yog‘ochlaridan qurdirgan

1



1



 3 Shohlar 5:6-10, 6:15-20, 7:2-3 

Lug‘at 

15 


MA’BAD 

Biron xudoga sajda qilish uchun qurilgan 

bino. Odatda xudolarga atab ma’badlar qurilardi, 

sajda qiluvchilar, xudo o‘z ma’badida zohir 

bo‘ladi, deb ishonardilar. Shu sababdan ular 

ma’badni xudoning uyi deb ham atardilar. 

Mazkur tarjimada ma’bad so‘zi katta harf bilan 

yozilgan bo‘lsa, Quddusdagi Egamizning Ma’badi 

nazarda tutilgan. Shoh Sulaymon davridan 

boshlab butun Isroil xalqi Egamizga Quddusdagi 

Ma’badda sajda qilardi. Ular Ma’badda 

qurbonliklar keltirardilar va muhim bayramlarni 

shu yerda nishonlar edilar. 

Isroil tarixida Quddusda bir necha marta 

Ma’bad qurilgan, ammo bosqinchilar tomonidan 

vayron qilingan

1

. Birinchi Ma’badni shoh 



Sulaymon qurdirgan. Bu Ma’bad 3 Shohlar 6:1-

38, 7:13-51, 2 Solnomalar 2:1-4:22 da batafsil 

tasvirlangan. Miloddan oldingi 586 yilda 

Bobilliklar bu Ma’badni vayron qilib, undagi 

barcha qimmatbaho ashyolarni Bobilga olib 

ketganlar

2

. Yahudo xalqi Bobilga surgun qilindi. 



Ular Bobilda surgunda yashar ekanlar, Xudo 

Hizqiyol payg‘ambarga yangi Ma’bad haqida 

vahiy yuborgan edi

3



Miloddan oldingi 538 yilda Fors shohi 

Kurushning farmoniga ko‘ra, ba’zi yahudiylar 

Quddusga qaytib kelib, Ma’badni qayta qurishni 

boshladilar. Ammo ular Ma’bad poydevorini 

yotqizganlaridan keyin ko‘p qarshiliklarga duch 

keldilar va qurilish ishlarini to‘xtatishga majbur 

bo‘ldilar. Bu hol Fors shohi Doro taxtga 

chiqqunga qadar davom etdi. Miloddan oldingi 

520 yildagina ular Ma’bad qurilishini davom 

ettirdilar. Xaggey va Zakariyo payg‘ambarlar 

Xudodan olgan bashoratlari bilan Ma’badni 

qurayotganlarni ruhlantirib turdilar. Nihoyat, 

miloddan oldingi 515 yilga kelib, Ma’bad qurib 

bitkazildi

4

. Ammo miloddan oldingi 175-164 



yillarda Suriyada hukmronlik qilgan Antiox IV

5

 



boshchiligida yunonlar Quddusga bostirib kelib, 

ikkinchi marta qurilgan bu Ma’badni talon–taroj 

qilganlar, uni bulg‘aganlar

6

. Keyinchalik, 



miloddan oldingi 37-4 yillarda qadimgi 

Falastinda

7

 hukmronlik qilgan Buyuk Hirod 



miloddan oldingi 19 yilda Ma’badni qayta 

qurishni boshlagan. Qurilish ishlari Iso Masih 

davrida ham davom etayotgan edi. Qayta 

qurilgan o‘sha Ma’bad milodiy 70 yilda Rimliklar 

tomonidan vayron qilindi. Shundan keyin Ma’bad 

qayta qurilmadi. 

“Ma’bad” so‘zi asosiy binoga yoki butun 

Ma’bad majmuasiga nisbatan ishlatilgan. 

Ma’badning asosiy binosi Muqaddas xona va Eng 

muqaddas xonadan iborat edi. Bu xonalarga 

ma’lum bir marosimlarni bajarish uchun 

faqatgina ruhoniylar kirishga haqli edilar

8

. Xalq 


Ma’bad hovlisida Xudoga sajda qilgan. Hirod 

qurdirgan Ma’badning asosiy binosiga yaqin hovli 

yahudiy erkaklari uchun, uning yonidagi hovli esa 

yahudiy ayollari uchun ajratilgan edi. Ma’bad 

majmuasining ichki hovlisi Isroil xalqi uchun, 

tashqi hovli esa g‘ayriyahudiylar uchun edi. Iso 

Masih Ma’baddagi savdogarlarni haydagani 

to‘g‘risidagi voqea tashqi hovlida yuz bergan 

bo‘lishi mumkin

9



Muqaddas Kitobda Ma’bad ba’zan “muqaddas 

maskan” yoki “muqaddas makon” deb aytilgan. 

Vahiy kitobida samodagi Ma’bad bir necha marta 

tilga olingan

10



1



 Ma’badning rasmlari va loyihalari lug‘atdan 

keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” 

bo‘limida berilgan. 

2

 4 Shohlar 25:8-17 

3

 Hizqiyol 

40-46–boblar 

4

 Ezra 1:1-11, 3:7-4:5, 5:1-2, 6:14-15 

5

 Doniyor 8:12 izohiga qarang. 

6

 Doniyor 9:27 ning 

oxirgi izohiga qarang. 

7

 FALASTIN so‘ziga qarang. 

8

 MUQADDAS XONA va ENG MUQADDAS XONA 

iboralariga qarang. 

9

 Yuhanno 2:13-22 

10

 Misol 

uchun, Vahiy 11:1, 19, 15:5-8 ga qarang. 

MALAK 

FARISHTA so‘ziga qarang. 



MASIH 

Masih ibroniychadagi “Mashiax” so‘zidan 

olingan bo‘lib, yunon tiliga “Xristos” deb tarjima 

qilingan. Ibroniy tilida bu so‘z “moy surtilgan” 

degan ma’noni bildiradi. Qadimgi Isroilda biron 

odamni ruhoniy, payg‘ambar yoki shoh qilib 

tayinlashda boshiga zaytun moyi surtilardi

1

. Bu 



harakat o‘sha odamning Xudo tomonidan 

tanlanganini va Xudoning xizmatiga 

bag‘ishlanganini bildirardi. Shu sababdan Masih 

so‘zi “Xudo tomonidan tanlangan” degan ma’noni 

ham anglatadi. 

Eski Ahddagi bashoratlarga ko‘ra, bir kun 

kelib, shoh Dovudning zurriyotidan bo‘lgan bir 

zot Isroil xalqini dushmanlaridan qutqaradi va 

yer yuzida abadiy adolat o‘rnatib, barcha xalqlar 

ustidan hukmronlik qiladi

2

. Keyinchalik 



yahudiylar va’da qilingan o‘sha qutqaruvchini 

“Masih” deb ataydigan bo‘ldilar. Yahudiylarning 

yurti Rim imperiyasi istibdodida qolganda ko‘p 

yahudiylar, Masih kelib, bizni ajnabiylar qo‘lidan 

qutqaradi hamda Isroil shohligining 


Lug‘at 

16 


ulug‘vorligini qayta tiklaydi, deb umid qilganlar

3



Yangi Ahdga ko‘ra, Rabbimiz Iso Eski Ahddagi 

bashoratlarda aytib o‘tilgan Masihdir

4

. Iso Masih 



O‘z va’zlari orqali Xudoning Shohligi kelishini 

e’lon qilgan, ammo bu Shohlik zaminiy shohlik 

emas edi

5

. Iso Masih xochdagi o‘limi orqali 



iblisning qudratini yo‘q qildi, gunohga va o‘lim 

qo‘rquviga qul bo‘lgan butun odamzodga ozod 

bo‘lish imkonini berdi

6

. Shuning uchun Isoga 



ishonganlar Uni “Masih” deb atashadi. 

1

 Chiqish 28:41, 1 Shohlar 10:1, 3 Shohlar 19:15 

2

 Misol uchun, Ishayo 9:6-7, 11:1-5, 42:1-4, 

Yeremiyo 23:5-6 ga qarang. 

3

 Havoriylar 1:6 

4

 Matto 16:15-17, Luqo 2:11, Yuhanno 20:31, 

Havoriylar 2:36 

5

 Yuhanno 18:36 

6

 Matto 1:20-23, 

Luqo 4:16-21, 24:44-48, Ibroniylar 2:14-15 

MIDIYA 

Qudratli shohlik bo‘lib, hozirgi Eron 

mamlakatining shimoli–g‘arbida joylashgan edi. 

Miloddan oldingi 550 yilga kelib, Midiya Fors 

shohligining eng muhim viloyatiga aylandi, shu 

bois Fors qonunlari “Midiya va Fors qonunlari” 

deb ataladigan bo‘ldi

1



1

 Ester 1:19, Doniyor 6:8 

MIDIYA VA FORS SHOHLIGI 

FORS SHOHLIGI iborasiga qarang. 



MIDIYON, MIDIYON XALQI, MIDIYONLIKLAR 

Ibrohim Soraning vafotidan keyin Xaturo 

ismli bir ayolga uylandi. Xaturo Ibrohimga oltita 

o‘g‘il tug‘ib berdi. O‘g‘illardan birining ismi 

Midiyon edi

1

. Midiyondan tarqalgan avlod 



Midiyon xalqi degan nom bilan tanildi. Ular 

ko‘chmanchi xalq bo‘lib, asosan hozirgi Aqaba 

qo‘ltig‘ining sharq tomonidagi sahroda 

yashardilar. Shu sababdan u yerlar Midiyon yurti

o‘sha joyda yashagan xalq Midiyonliklar deb 

atalgan. Midiyonning avlodi Ibrohimning o‘g‘li 

Ismoildan kelib chiqqan ko‘chmanchi xalqqa 

qarindosh bo‘lgani uchun, ular ba’zan Ismoiliylar 

deb ham yuritilgan. Shuning uchun “Midiyon” va 

“Ismoil” degan nomlar ba’zan bir–birining o‘rnida 

ishlatilavergan. 

1

 Ibtido 25:1-2 

MIKOYIL 

Muqaddas Kitobda ikkita farishtaning nomi 

aytib o‘tilgan, birinchisi — Mikoyil, ikkinchisi — 

Jabroil


1

. Mikoyil bosh farishtalardan biri bo‘lib, 

Isroil xalqining himoyachisi deb atalgan

2

. Mikoyil 



va uning qo‘li ostidagi farishtalar shayton va 

uning yovuz farishtalari bilan jang qilib, ularni 

samodan haydaganlar

3



1

 Mazkur tarjimada Azroil farishta ham aytib 

o‘tilgan, Muqaddas Kitobning asl nusxasida Azroil 

“halok qiluvchi” deb berilgan. 

2

 Doniyor 10:13, 20-

21, 12:1, Yahudo 9 

3

 Vahiy 12:7-9 

MISR 

Qadimgi Misr Eski Ahdda ko‘p tilga olingan va 

dunyo tarixida muhim iz qoldirgan. Misr 

hukmdorlari “Fir’avn” deb atalardi. Misr 

sivilizatsiyasi juda rivojlangan bo‘lib, xalqaro 

tijoratda ham asosiy o‘rin tutgan. Nil daryosining 

suvlari va hosildor yerlar Misr aholisining oziq–

ovqat bilan doimo ta’minlanishiga muhim omil 

edi. Shuning uchun Ibrom, ya’ni Ibrohim 

payg‘ambar va uning oilasi Kan’on yurtida 

qurg‘oqchilik bo‘lgan paytda Misrda ma’lum vaqt 

yashagan


1

. Ibrohim o‘g‘li Is’hoqning Yusuf degan 

nevarasi bor edi. Yusufni o‘z aka–ukalari Ismoiliy 

savdogarlarga qul qilib sotib yuborishadi

2

. Lekin 


vaqti kelib, Yusuf fir’avnning farovonlik va 

qahatchilik haqidagi karomatli tushini ta’bir qilib 

bergani uchun Misr hokimi etib tayinlanadi

3



Qahatchilik davrida Yusuf Misr xalqini va otasi 

Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi

4



Yusufning otasi Yoqub va uning xonadoni 



Kan’ondan Misrga ko‘chib keladi

5

. Bir necha nasl 



o‘tgandan keyin Yoqubning avlodi Misrda qul 

bo‘lib qoladi

6

. Muso payg‘ambar Xudoning amri 



bilan mo‘jizalar ko‘rsatib, Isroil xalqini qullikdan 

ozod qiladi va Misrdan olib chiqadi

7



Misr hukmdorlari ko‘pincha o‘z yurtidan 



tashqarida, ayniqsa Kan’on yurtiga katta siyosiy 

ta’sir o‘tkazardi va ba’zan atrofdagi yerlarga 

harbiy yurishlar qilardi. Kan’on Misrdan shimoli–

sharqda joylashgan bo‘lib, Isroil xalqi u yerlarda 

yashar edi. Isroil shohi Sulaymon Misr 

fir’avnining qizlaridan biriga uylanib, fir’avn bilan 

aloqasini mustahkamladi

8

. Payg‘ambarlar 



ko‘pincha Yahudoni, ya’ni janubiy shohlik 

aholisini, Misrning harbiy kuchiga ishonmanglar, 

deb ogohlantirganlar

9

. Eski Ahdda Misrning 



qismati haqida bashoratlar bor

10

. Yahudo 



shohligi Bobil shohligiga mag‘lub bo‘lgandan 

keyin Yahudo aholisidan ba’zilari Misrga qochib 

ketganlar. Yeremiyo payg‘ambar ularni Misrda 

kutib turgan falokatlar haqida ogohlantirsa ham

ular Misrga ketganlar

11



Miloddan oldingi 525 yilda Fors shohligi 

Misrni bosib oldi. Ikki yuz yildan keyin esa 

Iskandar Zulqarnayn Misrni hech qanday 


Lug‘at 

17 


qarshiliksiz qo‘lga kiritdi. U O‘rta yer dengizi 

bo‘yida shahar qurdirib, unga Iskandariya deb 

nom berdi va o‘sha shaharni Misrning yangi 

poytaxti qildi. Ko‘p yahudiylar Iskandariya 

shahriga borib o‘rnashdilar, bu shahar uzoq 

asrlar davomida yahudiylarning diniy ta’lim 

markazi bo‘lib kelgan. Aynan shu shaharda 

miloddan oldingi uchinchi asrda Eski Ahd 

ibroniychadan ilk bor yunon tiliga tarjima 

qilingan. Miloddan oldingi 198 yilda Suriya 

Yahudiya o‘lkasini bosib oldi. Shunga qadar 

Yahudiyani Misrda hukmronlik qilgan yunon 

shohlari boshqarganlar

12

. Buyuk Hirod chaqaloq 



Isoni o‘ldirmoqchi bo‘lganda, Uni ota–onasi 

Misrga olib qochgan

13



1



 Ibtido 12:10-20 

2

 Ibtido 37:25-28 

3

 Ibtido 41:1-44 

4

 Ibtido 41:46-49, 53-57 

5

 Ibtido 45:16-20, 46:1-7 

6

 Chiqish 1:8-14 

7

 Chiqish 2:1-15:21 

8

 3 Shohlar 

3:1, 9:16 

9

 Ishayo 20:1-6, 30:1-7, 31:1-3, Yeremiyo 

2:36-37, 37:5-8 

10

 Misol uchun, Ishayo 19:1-25, 

Yeremiyo 46:1-26, Hizqiyol 29:1-32:32, Doniyor 

11:2-45 ga qarang. 

11

 Yeremiyo 42:1-44:30 

12

 Doniyor 11:5-16 

13

 Matto 2:13-15 

MOY 

Muqaddas Kitobda moy so‘zi ostida zaytun 

mevasidan olingan moy nazarda tutiladi

1



Qadimgi Isroilda zaytun moyidan keng 

foydalanilgan. Jumladan, moychiroqlar uchun, 

teridagi yara va jarohatlarni davolash uchun 

zaytun moyi ishlatilgan. Shuningdek, boy 

odamlar badanlarini parvarish qilish uchun a’lo 

sifatli zaytun moyidan foydalanganlar. Ba’zan 

zaytun moyi atir bilan aralashtirilib, Yoqimli hid 

taralishi uchun sochga, teriga surtilgan. Biron 

odamni ruhoniy, payg‘ambar yoki shoh qilib 

tayinlashda boshiga a’lo sifatli zaytun moyi 

surtilgan. Muqaddas chodirdagi va Ma’baddagi 

buyumlarni muqaddas qilish uchun ham zaytun 

moyi ishlatilgan. Xullas, moy birdamlik, 

farovonlik, poklik va Xudo Ruhining qudrati 

ramzi bo‘lgan. 

1

 ZAYTUN so‘ziga qarang. 

MOY SURTIB TANLAMOQ 

Eski ahd davrida Xudo biror kishini ruhoniy, 

payg‘ambar yoki shoh qilib tanlaganda uning 

boshiga zaytun moyi surtishga amr berar edi

1



Zaytun moyi Xudo Ruhining ramzi bo‘lib, moy 



surtilgan odamning poklanganini va unga qudrat 

ato qilinganini bildirar edi. Shu yo‘l bilan 

tanlangan odam, ayniqsa shoh ibroniy tilida 

“mashiax”, ya’ni “moy surtib tanlangan” deb 

atalardi. “Mashiax” so‘zi keyinchalik unvon 

sifatida ishlatiladigan bo‘ldi

2

. Muqaddas 



chodirdagi va Ma’baddagi buyumlar ham zaytun 

moyi surtish orqali muqaddas qilingan. 



1

 MOY so‘ziga qarang. 

2

 MASIH so‘ziga qarang. 

MOYCHIROQ 

Qadimgi paytlarda moychiroqdan keng 

foydalanilgan. Bu chiroq kichik bir sopol idish 

bo‘lib, unga zaytun moyi quyilgan. Chiroqning 

piligi bo‘lgan. Metalldan yasalgan chiroqlar 

qimmat hisoblangan. 

 

MUHR 

Ip bilan bo‘yinga osiladigan silindr shaklidagi 

buyum yoki muhr uzugi. Qadimda birorta xatni 

yoki hujjatni rasmiylashtirish uchun, unga mum, 

qo‘rg‘oshin yoki biror yumshoq modda surtilib 

surg‘uchlangan, ustidan muhr bosilgan. Bu muhr 

xat yoki hujjat yuborayotgan odamning 

hokimiyatini bildirib, xat yoki hujjatning 

rasmiyligini ko‘rsatar edi. 

 

MUQADDAS 

Muqaddas Kitobda muqaddas so‘zi asosan 

Xudoga nisbatan ishlatilgan. Bu so‘z Xudoning 

butun borliqdan ustunligini va tengsizligini 

bildiradi. U tanho, haqiqiy Xudodir. Xudo 

tamomila pok, gunohsiz va nuqsonsizdir. 


Lug‘at 

18 


Muqaddas so‘zi narsalarga va odamlarga 

nisbatan ham ishlatilgan. Bu holda muqaddas 

so‘zi “pok, tabarruk, ajratilgan, ajratib olingan, 

bag‘ishlangan” ma’nolarini ifodalaydi. Bu so‘z 

Muqaddas chodirdagi, keyinchalik esa 

Ma’baddagi buyumlarga va jihozlarga nisbatan 

ishlatilgan. Muqaddas joy yoki buyum Xudoga 

bag‘ishlangan bo‘lib, ularga nisbatan 

ehtiyotkorlik va e’tibor bilan munosabatda 

bo‘lish talab qilingan. Muqaddas chodirda, 

keyinchalik esa Ma’badda xizmat qilgan 

ruhoniylar ham muqaddas hisoblangan. 

Ruhoniyga nisbatan qo‘llangan muqaddas so‘zi 

uning Xudoga xizmat qilishga bag‘ishlanganini va 

maxsus vazifasi bo‘lganini ko‘rsatadi. Odamlar va 

buyumlar Tavrotda buyurilgan qurbonliklar va 

diniy marosimlar orqali poklanib, muqaddas 

qilinganlar. Xudo O‘z xalqiga: “Muqaddas 

bo‘linglar”, deb amr bergan. Buning mazmuni 

shundan iboratki, Isroil xalqi boshqa xalqlardan 

ajralib turishi, o‘zlarini Xudoga bag‘ishlab, Uning 

qonunlarini bajarishlari kerak edi. 



MUQADDAS NON 

Muqaddas chodirdagi xontaxtaga, keyinchalik 

Ma’baddagi xontaxtaga qo‘yilgan o‘n ikkita 

xamirturushsiz non. Bu nonlar Egamizning 

huzuridagi xontaxtaga qo‘yilgan, shuning uchun 

ibroniychada “huzuridagi non” deb atalgan. 

Nonlar xontaxtada bir hafta turgach, yangi 

yopilgan o‘n ikkita non bilan almashtirilgan. 

Xontaxtadan olingan nonlarni faqat ruhoniylar 

yeyishgan

1

. Muqaddas nonlar Egamizning 



huzurini bildiruvchi ramz bo‘lib, Xudo Isroil 

xalqining qudrati va ta’minlovchisi ekanligidan 

ham darak berib turgan. 

1

 Levilar 24:5-9 

MUQADDAS RUH 

XUDONING RUHI iborasiga qarang. 



MUQADDAS XONA 

Muqaddas chodirning, keyinchalik esa 

Ma’badning kiraverishidagi katta xonasi

1



Muqaddas xonada oltindan yasalgan tutatqi 

qurbongohi, oltin chiroqpoya va muqaddas 

nonlar turadigan xontaxta bor edi. Muqaddas 

xonani Eng muqaddas xonadan katta parda 

ajratib turardi. Tavrotga ko‘ra, ruhoniy bir kunda 

ikki marta — ertalab va kechqurun Muqaddas 

xonaga kirib, oltin qurbongohda tutatqi tutatardi. 

Muqaddas xonaga faqat ruhoniylar kirishga haqli 

edilar. Yana ENG MUQADDAS XONA iborasiga 

qarang. 


1

 Lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va 

loyihalar” bo‘limiga qarang. 

MUQADDAS XUDO 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



MUQADDAS CHODIR 

Isroil xalqi Xudoga sajda qilishda ishlatgan 

chodir

1

. Isroil xalqi Sinay tog‘ida turganda, Xudo 



Musoga Muqaddas chodirni va uning hamma 

jihozlarini yasashni buyurib, ularning aniq 

namunasini ko‘rsatgan

2

. Bu chodirni bir joydan 



ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin edi. Muqaddas 

chodir termini chodirning o‘ziga nisbatan ham, 

uning atrofidagi maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan 

yerga nisbatan ham ishlatiladi. Muqaddas 

chodirning Eng muqaddas xonasida Ahd sandig‘i 

saqlangan. Bu chodir Uchrashuv chodiri deb ham 

atalgan. Isroil xalqi qurbonliklar keltirganda 

Xudo O‘z xalqi bilan uchrashish uchun shu 

chodirda zohir bo‘lar edi

3

. Keyinchalik shoh 



Sulaymon Xudoga atab, Quddusda Ma’bad 

qurdirdi. 

Muqaddas Kitobda Muqaddas chodir ba’zan 

“muqaddas maskan” yoki “muqaddas makon” deb 

aytilgan. Ibroniylarga maktubda samodagi Chodir 

bir necha marta tilga olingan. Iso Masih mana shu 

samoviy Chodirning Eng muqaddas xonasida oliy 

ruhoniy bo‘lib xizmat qilyapti

4



1



 Muqaddas chodirning rasmi lug‘atdan keyin ilova 

qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida berilgan. 

2

 Chiqish 25:8-9, 26:1-37, 27:9-19 

3

 Chiqish 29:42-

43 

4

 Ibroniylar 8:1-2, 9:11-12, 24 

MO‘AB, MO‘AB XALQI, MO‘ABLIKLAR 

Bu xalq Ibrohimning jiyani Lut naslidan edi. 

Lutga qizlari sharob berib, mast qilib qo‘ygach, 

katta qizi otasi yoniga kirib, otasidan homilador 

bo‘lgan va o‘g‘li Mo‘abni tuqqan edi

1

. Mo‘ab xalqi 



Mo‘ab yurtida yashardi. Bu yurt O‘lik dengizning 

sharqidagi yassi tepalikda joylashgan bo‘lib, yeri 

hosildor edi. Mo‘ab xalqi xudo Xamo‘shga sajda 

qilardi. Mo‘ab tili ibroniy tiliga yaqin edi. Ammo 

ular Isroil xalqining dushmani edilar. Isroil 

payg‘ambarlari Mo‘ab xalqining ayanchli qismati 

haqida ko‘p bashorat qilganlar

2

. Bobilliklar ularni 



qirib tashlagandan keyin, bu xalq nom–nishonsiz 

yo‘q bo‘lib ketdi. 



1

 Ibtido 19:30-38 

2

 Ishayo 15-16–boblar, Yeremiyo 

48–bob, Zafaniyo 2:8-11 

Lug‘at 

19 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin