SURIYA
Muqaddas Kitobda Furot daryosining g‘arb
tomonidagi hududga nisbatan ishlatilgan nom. Bu
yerlar hozirgi Suriya mamlakatining bir qismini,
Turkiyaning janubi–sharq tomonini va Livanni
o‘z ichiga olgan. Miloddan oldingi 332 yilda
Iskandar Zulqarnayn bu yerlarni bosib olgan edi.
Iskandarning o‘limidan keyin Suriyada yunonlar
sulolasi hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 64
yilda Suriya Rim imperiyasi tomonidan bosib
olingan. Yunon va Rim hukmronliklari davrida
Suriyaning poytaxti Antioxiya shahri bo‘lgan. Bu
shahar hozirgi Turkiya mamlakatining Antakiya
shahriga yaqin edi. Suriyaning yunonlar
istilosidan oldingi tarixi haqida to‘liqroq
ma’lumotga ega bo‘lish uchun ORAM so‘ziga
qarang.
SUVGA CHO‘MDIRMOQ, SUVGA
CHO‘MDIRILMOQ
Muhim diniy marosimlardan biri bo‘lib, bu
marosim orqali inson o‘zini Xudoga
bag‘ishlaganini ko‘rsatardi. Tavrot qonunlari
bo‘yicha, inson nopoklikdan tozalanish uchun suv
bilan yuvinib, poklanish marosimini o‘tkazar edi
1
.
Keyinchalik, Iso Masih davrida Yahyo payg‘ambar
odamlarni suvga cho‘mdirilishga da’vat etgan. Bu
suvga cho‘mdirilish marosimi, insonning
gunohdan yuz o‘girganini va hayotini Xudoga
bag‘ishlab, Unga itoatkorlik bilan yashashga
qaror qilganini bildiradi. Iso Xudoning irodasini
to‘la bajarish uchun Yahyo tomonidan suvga
cho‘mdirilgan
2
. Iso butun yurt bo‘ylab ta’lim
berib yurganda, uning shogirdlari ham Yahyoga
o‘xshab odamlarni suvga cho‘mdirar edilar
3
.
Iso Masih osmonga ko‘tarilib ketishidan oldin
shogirdlariga: “Boringlar, barcha xalqlardan
shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va
Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar”,
deb amr bergan
4
. O‘sha paytdan beri suvga
cho‘mdirilish marosimi Isoning o‘limi va
tirilishining timsoli bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Suvga cho‘mgan inson eski hayoti uchun o‘lib,
yangi hayot uchun tirilgan hisoblanadi
5
. Suvga
cho‘mdirilish yana imonlilar Isoning qoni orqali
gunohdan poklanganining ham timsolidir
6
.
1
Misol uchun, Chiqish 29:1-4, 30:17-21, Levilar
14:8-9, Sahroda 8:7 ga qarang, yana Zabur 50:4,
Hizqiyol 36:25 ga qarang.
2
Matto 3:13-15
3
Yuhanno 3:22-26, 4:1-3
4
Matto 28:18-20
5
1 Butrus 3:21, Rimliklar 6:1-5, Kolosaliklar 2:12
6
Havoriylar 22:16, 1 Yuhanno 1:7, Ibroniylar
10:10, 22
SUYANGAN QOYA
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
TAVROT
“Tavrot” so‘zi ibroniycha “to‘rah” so‘zidan
kelib chiqqan bo‘lib, ma’nosi “qonun” demakdir.
Ba’zan ibroniycha “to‘rah” so‘zi tor ma’noda
Muqaddas Kitobning dastlabki beshta kitobiga —
Ibtido, Chiqish, Levilar, Sahroda, Qonunlarga
nisbatan ishlatiladi. Ushbu tarjimada ham
“Tavrot” so‘zi odatda Muqaddas Kitobning
dastlabki beshta kitobiga ishora qiladi. Bu
Lug‘at
30
kitoblarda dunyoning yaratilishi, Isroil xalqining
Muso boshchiligida Misrdan chiqishi, Xudo Muso
orqali Isroil xalqiga bergan qonunlar va ko‘plab
voqealar bayon etilgan. Tavrot kitoblarining
muallifi Muso payg‘ambardir. Shu sababdan
ba’zan Tavrot “Musoning Tavrot kitobi”,
“Musoning kitobi” yoki “Musoning qonuni” deb
ataladi.
TAVROT TAFSIRCHISI
Musoning qonunlarini mukammal bilgan
ziyoli odam. Tavrot tafsirchilari Xudoning
qonunlaridan xalqqa ta’lim berganlar. Ularning
ba’zilari ibroniycha Muqaddas bitiklardan nusxa
ko‘chirish bilan shug‘ullanganlar. Tavrot
tafsirchilari Isroil xalqi orasida obro‘–e’tiborga
ega bo‘lib, jamiyatga kuchli ta’sir ko‘rsatganlar.
Muqaddas Kitobda tilga olingan tafsirchilar
orasida eng ko‘zga tashlanadigani ruhoniy
Ezradir. Yangi Ahd davrida ba’zi tafsirchilar Oliy
kengash a’zolari bo‘lganlar.
TINCHLIK QURBONLIGI, TINCHLIK NAZRI
QURBONLIK so‘ziga qarang.
TIR
FINIKIYA so‘ziga qarang.
TUTATQI QURBONGOHI
QURBONGOH so‘ziga qarang.
TO‘NG‘ICH O‘G‘IL
Qadimda to‘ng‘ich o‘g‘il yuqori maqomga ega
edi. Odatda to‘ng‘ich o‘g‘il duo qilinganda, unga
alohida baraka tilanardi
1
. To‘ng‘ich o‘g‘il
ukalariga qaraganda ikki hissa ko‘proq meros
olardi
2
. Otasining vafotidan keyin to‘ng‘ich o‘g‘il
oila boshlig‘i hisoblanardi.
Tavrotga ko‘ra, Isroil xalqining har bir
oilasidagi to‘ng‘ich o‘g‘il Xudoga tegishli bo‘lib,
Unga bag‘ishlanishi kerak edi
3
. Barcha to‘ng‘ich
o‘g‘illarning o‘rniga levilar Muqaddas chodirda,
keyinchalik esa Ma’badda xizmat qilganlar
4
.
To‘ng‘ich o‘g‘ilni qaytarib sotib olishning ramzi
sifatida ruhoniylarga pul nazr qilib berilardi
5
.
Xudo Isroil xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illarini Misrdagi
oxirgi falokatdan Fisih qurbonligi orqali
qutqarganini o‘sha nazr eslatib turardi
6
.
1
Ibtido 27:1-40, 48:12-20
2
Ibtido 25:29-34,
Qonunlar 21:15-17
3
Chiqish 13:1-2, 11-16
4
Sahroda 3:11-13, 40-41
5
Sahroda 18:15-16
6
Chiqish 12:26-27
UZUM SIQISH CHUQURI
UCHRASHUV CHODIRI
Muqaddas chodirning yana bir nomi
1
. Ammo
Chiqish 33:7-11 da “Uchrashuv chodiri” iborasi
Muqaddas chodirni emas, balki Muso payg‘ambar
Isroil qarorgohidan tashqarida qurdirgan boshqa
bir chodirni bildiradi. O‘sha paytda Muqaddas
chodir hali yasalmagan edi
2
. Odamlar Muso orqali
Egamizdan maslahat so‘rash niyatida qarorgoh
tashqarisidagi chodirga kelganlar. Egamiz o‘sha
chodirda Musoga gapirgan.
1
MUQADDAS CHODIR iborasiga qarang.
2
Chiqish
36:8-38
VALIY
Ibroniychadan so‘zma–so‘z tarjimasi
ko‘radigan odam. Odatda payg‘ambarni valiy deb
atashardi
1
. Valiylar Xudodan keladigan vahiyni
ko‘rish va eshitish laYoqatiga ega edilar.
1
1 Shohlar 9:9
XAMIRTURUSHSIZ NON BAYRAMI
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
XAYIN XALQI
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin
o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Yana
KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI, KAN’ONDAGI
XALQLAR iboralariga qarang.
XET XALQI
Eski Ahd davrining boshida bu nom Kan’on
naslidan bo‘lgan Xetning avlodiga nisbatan
ishlatilgan
1
. Ibrohim payg‘ambar yashagan
zamonda Kan’on yurtida bir nechta xalqlar
istiqomat qilar edi
2
. Ulardan biri Xet xalqi edi. Xet
xalqidan bo‘lgan Efro‘n ismli bir odam Ibrohimga
Sorani dafn etish uchun yer sotgan edi
3
.
Keyinchalik Isroil xalqi Kan’onni bosib olganda,
Xet xalqini ham mag‘lub qilgandi. Shoh Sulaymon
Lug‘at
31
Xet avlodlarini qarol qilib ishlatgan
4
.
Qadimda hozirgi Suriyaning shimolida
yashagan boshqa bir xalq ham “Xet xalqi” deb
atalgan
5
. Miloddan oldingi o‘n yettinchi asrdan
o‘n ikkinchi asrgacha bu Xet xalqining shohligi
buyuk bir shohlik bo‘lib, katta hududni egallagan.
Bu hudud hozirgi Turkiyadan janub tomonga,
Suriyagacha cho‘zilgan edi. Keyinchalik Ossuriya
Xet xalqini mag‘lub qilib, ularning yerlarini bosib
olgan.
1
Ibtido 10:15
2
KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI,
KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga qarang.
3
Ibtido 23:1-20
4
3 Shohlar 9:20-21
5
3 Shohlar
10:29, 4 Shohlar 7:6
XILXONA
Qabriston hududidagi joy. Yillar, hatto asrlar
davomida xilxonaga bir urug‘–aymoqqa qarashli
marhumlar dafn etiladi
1
.
1
Ibtido 47:29-30
XIV XALQI
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin
o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Xiv xalqi
Kan’on yurtining markaziy qismida yashagan.
Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI,
KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga qarang.
XONTAXTA
OLTIN XONTAXTA iborasiga qarang.
XOCH
Rim imperiyasida o‘lim jazosining bir turi
jazoga mahkum bo‘lgan odamni xochga mixlash
edi. Uzun xodaga boshqa bir yog‘ochni
ko‘ndalangiga mixlab yoki arqon bilan bog‘lab
xoch yasalardi. Odatda jinoyatchi o‘zi
mixlanadigan xochning ko‘ndalang yog‘ochini
hukm ijro etiladigan joyga ko‘tarib olib borar
edi
1
. Jinoyatchining qo‘llari va oYoqlari xochga
mixlanardi, keyin xoch tik qilib, maxsus
kovlangan chuqurga o‘rnatilardi. Xochga
mixlangan odam nafas olishga nihoyatda
qiynalardi. U juda qattiq azob chekib, qiynalib jon
berardi. Bu jarayon bir necha soat, hattoki bir
necha kun davom etardi. Ba’zan xochdagi
odamning o‘limini tezlatish uchun sipohlar uning
oYoqlarini urib sindirishar edi
2
.
Xochga mixlash eng dahshatli va sharmandali
jazo hisoblanar edi. Faqatgina qotillar, vahshiy
jinoyatchilar va Rim imperiyasi dushmanlari
shunday jazoga tortilar edi. Jinoyatchi ochiq
joyda olomonning ko‘zi oldida yalang‘och holda
jazolanardi
3
. Bundan maqsad jinoyatchini
sharmanda qilish va jinoyatlarning oldini olish
edi. Yahudiylar yog‘ochga qoqilgan odamni Xudo
la’natlagan deb hisoblashardi
4
. Yangi Ahdda
ba’zan “yog‘och” deyilganda “xoch” nazarda
tutilgan
5
.
1
Luqo 23:26 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga
qarang.
2
Yuhanno 19:31-33
3
Yuhanno 19:23
4
Qonunlar 21:23, Galatiyaliklar 3:13
5
Havoriylar
5:30, 1 Butrus 2:24
XUDO
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
XUDODAN QO‘RQISH
Har bir insonning muqaddas Xudoga
munosabatini bildiradigan ibora. Insonning
ishlarini, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy
nazar, hukm qiladigan — Xudo
1
. Xudodan
qo‘rqadigan odam har doim Uning
ulug‘vorligidan hayratlanadi. Bunday odam
Xudodan qo‘rqish bilan birga Uni sevadi, natijada
Xudoga sidqidildan ishonadi va Uning amrlariga
bo‘ysunadi. Muqaddas Kitobga ko‘ra, Xudodan
qo‘rqish donolikning va ilmu ma’rifatning
boshidir, kamtarlik va hayot manbaidir
2
.
Egamizdan qo‘rqqan inson yovuzlikdan yuz
o‘giradi, to‘g‘ri yashaydi va Xudoning nomini
ulug‘laydi
3
. Ishayo payg‘ambar bashorat qilgan
solih hukmdorning yuksak fazilatlaridan biri
Egamizdan qo‘rqishdir
4
. Bu solih hukmdor Iso
Masih ekanligi keyinchalik ayon bo‘ldi.
1
Voiz 12:13-14, 2 Korinfliklar 5:10
2
Hikmatlar
1:7, 9:10, 14:26-27, 15:33, 22:4, Ayub 28:28
3
Hikmatlar 3:7, 8:13, 14:2, Malaki 3:16
4
Ishayo
11:2-3
XUDOLAR
Muqaddas Kitobda, odatda bu so‘z butparast
xalqlar sig‘inadigan xudolarni bildiradi.
Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Egamiz
Xudo barcha xudolardan ustun
1
. Bu “xudolar”
behuda butlar deb ham ataladi
2
, ba’zi bir
oyatlarda esa jinlar deb tasvirlanadi
3
.
1
Misol uchun, Chiqish 12:12, 18:9-11 ga qarang.
2
Chiqish 20:3-5, Zabur 95:4-5, Ishayo 42:17, 44:6-
20
3
Qonunlar 32:16-17, Zabur 105:36-38,
1 Korinfliklar 10:19-20, yana JIN va FARISHTA
so‘zlariga qarang.
XUDONING AZIZLARI, XUDONING AZIZ XALQI
Bu iboralarning so‘zma–so‘z tarjimasi
“muqaddaslar” bo‘lib, Xudoga bag‘ishlangan,
Uning xizmati uchun ajratilgan odamlar degan
Lug‘at
32
ma’noni ifodalaydi. Bu iboralar Xudoga tegishli
odamlarni bildirib, Eski Ahdda bir necha marta
Isroil xalqiga nisbatan
1
, Yangi Ahdda esa Iso
Masihning izdoshlariga nisbatan ishlatiladi
2
.
1
Ishayo 63:18, Doniyor 7:18, 21, 8:24
2
Havoriylar
9:13, 1 Korinfliklar 6:1, 2 Korinfliklar 1:1,
Efesliklar 1:15, Filippiliklar 4:22, Vahiy 11:18
XUDONING NOMLARI
Muqaddas Kitobda Xudoga nisbatan bir necha
ibroniycha va yunoncha nomlar, iboralar
ishlatilgan. Eski Ahdda ibroniycha nomlar, Yangi
Ahdda yunoncha nomlar qo‘llangan. Quyidagi
ro‘yxatda Xudo nomlarining o‘zbekcha
ekvivalenti keltirilgan, kerakli o‘rinlarda
ibroniycha va yunoncha nomlar berilgan bo‘lib,
ma’nolari izohlangan. Ba’zan quyidagi sabablarga
ko‘ra, bu nomlar va iboralar boshqacha tarjima
qilingan bo‘lishi mumkin: 1) Asl matnning
ma’nosini to‘g‘ri tushunish uchun
1
. 2) O‘zbek
tilidagi mavjud tabiiy iboralarni qo‘llash uchun
2
.
3) O‘zbekcha tarjima ravon chiqishi uchun
3
.
1
Masalan, Ibtido 4:1 da Xudoning “Egam” degan
nomi “Xudo” deb tarjima qilingan, aks holda,
kitobxon “Egam” so‘zini Momo Havo Odam Atoga
nisbatan ishlatgan, deb noto‘g‘ri tushunishi
mumkin.
2
Masalan, ibroniychadagi “Egamiz haqi”
iborasi o‘zbekchaga “Xudo haqi” degan tabiiy
ibora bilan tarjima qilingan.
3
Masalan, ba’zi
hollarda ibroniycha va yunoncha matnda
Xudoning nomlari ishlatilgan o‘rinlarda
o‘zbekchada olmoshlar ishlatilgan, ibroniycha va
yunoncha matndagi olmoshlar o‘rnida esa
o‘zbekchada Xudoning nomlari ishlatilgan.
XUDO
Ibroniychada El yoki Elohim, yunonchada
Teos. Bu nomlar butun koinotning yaratuvchisi
Xudoga nisbatan ishlatilgan asosiy nomlardir.
EGAM, EGAMIZ…
Ibroniychada YHVH
1
, yunonchada Kurios. Eski
Ahdda YHVH Xudoning ismidir. Aslida ibroniycha
so‘zlar unli harflarsiz yozilgan. Qadimgi ibroniy
tilining qonuniyatiga muvofiq, ibroniycha
so‘zlarning faqat undosh harflari yozilgan.
Ibroniycha yozuvlarni o‘qiganlar qaysi o‘rinda
qanday unli tovush talaffuz etilishi kerakligini
bilardilar. Ammo hozirda YHVH undoshlari bilan
qaysi unli tovushlar ishlatilgani ma’lum emas.
Yahudiylar Xudoning ismini juda ham muqaddas
deb bilganlari uchun, Eski Ahd davrining
oxirlariga kelib
2
, bu ismni aytmay qo‘ygan edilar.
Ular Eski Ahdni o‘qiganlarida matndagi YHVH
so‘zining o‘rniga “Egam, Xo‘jayinim” ma’nosini
beradigan Adonay
3
so‘zini ishlata boshladilar.
Yahudiy olimlari birinchi marta Eski Ahdni
qadimgi yunon tiliga o‘girganlarida, YHVH so‘zini
“Ega, Xo‘jayin” ma’nosini beradigan yunoncha
Kurios so‘zi bilan tarjima qilganlar. O‘shandan
beri Eski Ahdning ko‘p tarjimalarida YHVH so‘zi
o‘rniga “Ega, Xo‘jayin” ma’nosini beradigan so‘z
ishlatiladi. Mazkur tarjimada ham bu so‘z “Egam,
Egamiz…” deb berilgan. Ko‘pchilik olimlar YHVH
so‘zini ibroniychadagi bor bo‘lmoq fe’lining ilk
shakli bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydilar. Shu
fikrga ko‘ra, YHVH so‘zi “U bordir”, ya’ni U
abadiydir, hech qachon o‘zgarmaydi yoki “U bor
bo‘lishga sababdir”, ya’ni har bir narsaning kelib
chiqishiga sababchi Udir, degan ma’noni
bildiradi.
Yangi Ahdda Kurios so‘zi aksariyat hollarda
Iso Masihning unvoni sifatida ishlatilgan bo‘lib,
mazkur tarjimada Rabbiy, Rabbim, Rabbimiz…
deb berilgan
4
. Ba’zi hollarda Kurios so‘zi Yangi
Ahdda Xudoga nisbatan ishlatilgan bo‘lib, Uning
Eski Ahddagi ayrim fazilatlarini ifodalaydi.
Bunday hollarda mazkur tarjimada Kurios so‘zi
“Egamiz” deb berilgan. Yangi Ahdda kam
ishlatilgan “Oliy hukmdor, xo‘jayin” ma’nosini
bildiruvchi yunoncha Despotes so‘zi ham
“Egamiz” deb tarjima qilingan.
1
Yahveh deb talaffuz qilingan bo‘lishi mumkin.
2
taxminan miloddan oldingi 400 yillar
3
Adonay
ibroniychadagi Adon so‘zining maxsus ko‘plik
shakli bo‘lib, faqat Xudoga nisbatan qo‘llaniladi.
4
RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… so‘zlariga qarang.
RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ…
Ibroniychada Adon, yunonchada Kurios. Eski
Ahdda Adon
1
so‘zi ko‘pincha Xudoga nisbatan
ishlatilgan ilohiy unvon bo‘lib, Xudo Isroil
xalqining samoviy Shohi ekanligini bildiradi.
Yangi Ahdda Kurios so‘zi Iso Masihga nisbatan
ishlatilgan bo‘lib, Uning ilohiyligini va shoh
sulolasiga mansubligini bildiradi. Shuning uchun
mazkur tarjimada bu so‘z “Rabbiy”, “Rabbim Iso”
yoki “Rabbimiz Iso” deb berilgan. Adon va Kurios
so‘zlari unvon sifatida shohlarga, obro‘li
muallimlar va payg‘ambarlarga izzat–hurmatni
ifodalash uchun ham ishlatilgan. Bunday
holatlarda bu unvonlar matnga to‘g‘ri keladigan
so‘zlar
2
bilan tarjima qilingan. Yangi Ahdda biror
kishi Iso Masihga Kurios deb murojaat qilganda
mazkur tarjimada vaziyatga va matn mazmuniga
Lug‘at
33
to‘g‘ri keladigan so‘z tanlangan.
1
Adonay ibroniychadagi Adon so‘zining maxsus
ko‘plik shakli bo‘lib, faqat Xudoga nisbatan
qo‘llaniladi. Bu so‘zning birlik shakllari Adon va
Adoniy odatda odamga nisbatan ishlatiladi, ammo
ayrim hollarda Xudoning unvoni ma’nosida
kelgan.
2
masalan, janobi oliylari, hazrat
EGAM XUDO, EGAMIZ XUDO…
Ibroniychada YHVH El-
1
. Buning so‘zma–so‘z
tarjimasi YHVH mening Xudoyim, YHVH bizning
Xudoyimiz…. Yangi Ahdning yunoncha matnida
bu nom Kurios ho Teos deb berilgan. Yana EGAM
va XUDO so‘zlariga qarang.
1
Ibroniychada El so‘zi qo‘shimchalar bilan
ishlatiladi.
PARVARDIGOR EGAM, PARVARDIGOR EGAMIZ
Ibroniychada YHVH Elohim. Yana EGAM va
XUDO so‘zlariga qarang.
EGAM RABBIY, EGAMIZ RABBIY
Ibroniychada Adonay YHVH. Yahudiylar Eski
Ahd bitiklarini o‘qiganlarida ibroniycha matndagi
YHVHni Elohim deb o‘qiganlar. Yana RABBIY,
EGAM va XUDO so‘zlariga qarang.
RABBIY XUDO, RABBIM XUDO, RABBIMIZ XUDO
Ibroniychada Adonay Elohim yoki Adonay El-
1
.
Yana RABBIY va XUDO so‘zlariga qarang.
1
Ibroniychada El so‘zi qo‘shimchalar bilan
ishlatiladi.
SARVARI OLAM
Ibroniychada YHVH Sabaot. Sabaot so‘zi
qo‘shinlar ma’nosini beradi. YHVH Sabaot degan
nom Egamiz yeru osmondagi qudratli
qo‘shinning buyuk lashkarboshisi ekanligini
bildiradi. Yangi Ahdning yunoncha matnida bu
nom — Kurios Sabaot. Yana EGAM so‘ziga qarang.
PARVARDIGORI OLAM
Ibroniychada Elohim Sabaot, so‘zma–so‘z
tarjimasi qo‘shinlar Xudosi. Ma’no jihatdan YHVH
Sabaot iborasiga o‘xshaydi
1
. Elohim Sabaot degan
nom Xudo yeru osmondagi qudratli qo‘shinning
buyuk lashkarboshisi ekanligini bildiradi. Yana
XUDO so‘ziga qarang.
1
SARVARI OLAM iborasiga qarang.
QODIR XUDO
Ibroniychada El Shadday yoki Shadday.
Shadday so‘zining ma’nosi aniq emas, lekin ko‘p
olimlar bu so‘zni “tog‘ning Xudosi” deb
izohlaydilar. Tog‘lar kuch–qudrat ramzi bo‘lgani
uchun, ko‘p tarjimalarda bu so‘z Xudoning
qudratini ifodalaydigan nom sifatida berilgan.
Yangi Ahdda yunoncha Pantokrator so‘zi “Qodir
Xudo” deb tarjima qilingan. Bu yunoncha so‘z
“har narsaga qodir” degan ma’noni bildirib,
ba’zan Teos, ya’ni Xudo so‘zi bilan birga
qo‘llangan. Yunoncha matnda dunamis, ya’ni
qudrat so‘zi ba’zan Xudoga nisbatan ishlatilgan.
Bunday hollarda ham bu so‘z “Qodir Xudo” deb
tarjima qilingan. Yana XUDO so‘ziga qarang.
XUDOYI TAOLO
Ibroniychada El Elyon yoki Elohim Elyon,
so‘zma–so‘z tarjimasi Eng yuksak Xudo.
Shuningdek, Elyon so‘zi alohida ham ishlatiladi,
uning so‘zma–so‘z tarjimasi eng yuksak Zot. Bu
so‘z Xudo eng buyuk, eng qudratli, butun koinot
Hukmdori ekanligini bildiradi. Elyon aybsizlarni
oqlaydi, fosiq va yovuzlarni jazolaydi. Yangi
Ahdning yunoncha matnidagi Hupsistos so‘zi
“Xudoyi Taolo” deb tarjima qilingan. Hupsistos
so‘zi “eng yuksak Zot” degan ma’noni bildirib,
ba’zan Teos, ya’ni Xudo so‘zi bilan birga
qo‘llangan. Yana XUDO so‘ziga qarang.
SAMOVIY XUDO
Ibroniychadan va yunonchadan so‘zma–so‘z
tarjimasi osmon Xudosi, osmon va yer Xudosi yoki
osmon Egasi.
BARHAYOT XUDO
Ibroniychadan va yunonchadan so‘zma–so‘z
tarjimasi tirik Xudo. Bu nom Xudo doimo
harakatda ekanini, U O‘z xalqiga g‘amxo‘rlik
qilayotganini bildiradi.
MUQADDAS XUDO
Ibroniychadan va yunonchadan so‘zma–so‘z
tarjimasi muqaddas Zot. Xudoning bu nomini
payg‘ambarlar, ayniqsa Ishayo payg‘ambar ko‘p
ishlatgan. “Muqaddas Xudo” degan nom Isroil
xalqining Xudosi butun borliqdan ustun va
tengsiz ekanligini bildiradi. U tanho, haqiqiy
Xudodir.
QOYA, SUYANGAN QOYA
Ibroniychadan so‘zma–so‘z tarjimasi qoya. Bu
so‘z Xudoga umid bog‘laganlarni Uning O‘zi
himoya qilishini, sog‘–omon saqlashini, Xudoning
o‘zgarmasligini va tamomila ishonchliligini
bildiradi.
OTA, OTAM XUDO, OTAMIZ XUDO…
Eski Ahdning ba’zi parchalarida Xudo Isroil
xalqining Otasi, deb ta’riflangan
1
. Yangi Ahdda
Lug‘at
34
esa Xudo O‘z xalqining Otasi ekanligi haqidagi
tushuncha yanada yorqin ifodalangan. Iso Masih
Xudoni Ota deb chaqirgan. Shu tariqa Iso O‘zini
Xudoning yagona O‘g‘li ekanini, Otasi Xudo
tomonidan bu dunyoga yuborilganini va U bilan
yaqin munosabatda ekanini ta’kidlagan
2
.
Shuningdek, Iso O‘z shogirdlariga ham Xudoni
samodagi haqiqiy Ota deb bilishni o‘rgatgan.
Isoga ishonib, Unga ergashganlar Xudo bilan
yaqin munosabat o‘rnatib, Xudoning komil
sevgisidan bahramand bo‘ladilar. Xudo mehribon
otaday ularga g‘amxo‘rlik qiladi
3
.
1
Misol uchun, Ishayo 63:16, 64:8, Yeremiyo 3:19,
Xo‘sheya 11:1 ga qarang.
2
Yana XUDONING O‘G‘LI
iborasiga va MASIH so‘ziga qarang.
3
Matto 5:48,
Luqo 22:29
Dostları ilə paylaş: |