Magniy-organik birikma yetarli miqdorda olinsa (2 mol), hosil bo‘lgan keton reaksiyaga kirishib uchlamchi spirtga aylanadi:
Magniy-organik birikma yetarli miqdorda olinsa (2 mol), hosil bo‘lgan keton reaksiyaga kirishib uchlamchi spirtga aylanadi:
5. Murakkab efirlarning spirtli eritmalari natriy metali ta’sirida qaytarilib, ikki xil spirt hosil qiladi. Spirtlardan birida uglerod atomlari soni dastlabki kislotadagiga, ikkinchisida esa dastlabki spirtdagiga teng bo‘ladi:
Bu reaksiya efirlarni nikel katalizatori ishtirokida bosim ostida vodorod bilan qaytarilish orqali ham amalga oshiriladi.
C15H31 – COOC2H5 + 2H2 C15H31 – CH2OH + C2H5OH
6. Murakkab efirlar ishqorlar bilan ham tasirlashadi.
CH3 – COOCH3 + NaOH CH3 – COONa + CH3OH
Ayrim vakillari.Etilasetat CH3COOC2H5 xushbo‘y hidli suyuqlik, 77,2°C da qaynaydi, suvda yomon eriydi. Etilasetat, asosan, erituvchi sifatida keng qo‘llaniladi. Sanoatda u sirka aldegiddan V. E. Tishchenko reaksiyasiga ko‘ra olinadi.
Ayrim vakillari. Etilasetat CH3COOC2H5 xushbo‘y hidli suyuqlik, 77,2°C da qaynaydi, suvda yomon eriydi. Etilasetat, asosan, erituvchi sifatida keng qo‘llaniladi. Sanoatda u sirka aldegiddan V. E. Tishchenko reaksiyasiga ko‘ra olinadi.
Izoamilasetat.CH3COOC5H11 nok hidli suyuqlik, 139°C da qaynaydi. Lok tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Vinilasetat. Asetilenga sirka kislota ta’sir etib vinil-asetat olinadi.
H - C≡C – H + CH3COOH→CH3COOCH=CH2
Vinilasetat rangsiz suyuqlik, 73°C qaynash temperaturasiga ega. Uni polimerlab polivinilasetat olinadi.
Vinilasetatdan yelim, bo‘yoq moddalar olinadi va gidrolizlanishi natijasida polivinilasetat hosil bo‘ladi. Polivinilasetatdan sintetik tola, plyonka, yelim va boshqa moddalar olinadi.
Vinilasetatdan yelim, bo‘yoq moddalar olinadi va gidrolizlanishi natijasida polivinilasetat hosil bo‘ladi. Polivinilasetatdan sintetik tola, plyonka, yelim va boshqa moddalar olinadi.
Mumlar yuqori molekular yog‘ kislotalarning yuqori molekular spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Masalan, asalari mumi - palmitin kislotaning miritsil efiri bo‘lib, u quyidagicha tuzilishga ega: C15H31 – COOC31H63
Asetosirka efir. Asetosirka efir — xushbo‘y suyuqlik. 180° C da qaynaydi. Asetosirka efir murakkab efirlarning kondensatlanish reaksiyasi orqali olinadi. Bunday murakkab efirning kondensatlanishini L. Klayzen kashf etgan bo‘lib u quyidagicha boradi. Dastlab etil asetat natriy etilit bilan birikadi: