Asetosirka efir enollarga xos bo‘lgan reaksiyalarga ham kirishadi. U piridin ishtirokida galoid angidridlar bilan atsillash reaksiyasiga kirishadi:

Asetosirka efir kimyo sanoatida kislotalarni, keton birikmalarini va ketokislotalarni sintez qilishda xomashyo sifatida foydalaniladi.
Metakril kislotaning metil efiri. Bu efir o‘tkir hidga ega bo‘lgan rangsiz suyuqlik, 101°C qaynash temperaturasiga ega. Uni aseton, sian kislota va metanolni qo‘shib quyidagi reaksiya bo‘yicha olinadi.

U organik shisha deb atalib, xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida ishlatiladi.
Ishlatilishi: Murakkab efirlar xushbo‘y hidga ega bo‘lgani uchun oziq-ovqat va atir-upachilik sanoatida ishlatiladi. Yana ular salqin ichimliklar, konfetlar va boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.

Ularning ayrim vakillari loklar tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi. Ba’zi xushbo’y hidli birikmalar: