144
Go‘zal katalpa(Catalpa speciosa Wardnyer)
11.13-rasm. Katalpa daraxtining ko‘kalamzor hududdagi ko'rinishi.
Shimoliy Amerikaning Indiana, Arkanzas va Missuri shtatlaridan iborat vodiylarida va daryo bo'ylarida tabiiy holda uchraydigan, bo‘yi vatanida 30-35 metrga yetadigan, o‘ta manzarali, keng shox-shabbasi, nafis, chiroyli, tekis tanasi kul-rang po‘stloq bilan qoplangan, barglari uzun, yirik tuxumsimon, nozik ko‘rinishda, uch qismi o‘tkir, asosi biroz yuraksimon shaklda, tiniq, yashil rangli, silliq bo‘lib, uning barglari aprel-may oylarida bizning sharoitda yoyila boshlaydi. Oktabr oxiri - noyabrda to‘kiladi.
145
11.14-rasm. Oppoq rangdagi katalpa gullari.
Gulchalari yirik bo‘lib, keng supurgilariga yig‘ilgan, uzun-ligi 15-30 sm, gultojining pastki bargchasi ikki sariq chiziqli va ko‘p sonli to‘q qizil jigarrang nuqtali. May oyida gullaydi. Mevalarining uzunligi 25-30 sm dan iborat bo‘lib, daraxtni bezab turadi va qishda ham o‘z joyida osilib turadi. Yorug‘sevar tur, nam tuproqlarda ham yaxshi o‘sadi.
11.15-rasm. Manzarali katalpa mevasining tuzilishi.
146
Gazlarga o‘rtacha chidamli daraxt. Ochiq maydonlarda yirik barglari kuchli shamollardan zararlanadi. Unumdor tuproqlarda yosh ko‘chatlari tez o‘sib, bir yilda bir metrgacha o‘sish ko‘r-Hutkichiga ega bo‘ladi. Nisbatan kuchsiz, qumloq tuproqlarda va quruq loyli tuproqlarda ham bemalol o‘sa oladi. Ildiz tizimi luproqning yuza qismida panjasimon ildiz otib tuproqni himoyalash qobiliyatiga ega. Ammo bunday sharoitlarda yirik duraxt bo‘lib yetisha olmaydi. 1 kg da 40-45 ming urug‘, 1000 dona urug‘ining og‘irligi 20-24 gr dan iborat bo‘ladi. Mevasidan 23-20 % urug‘ chiqadi. Ushbu daraxtning saqlangan urug‘i uch yilgacha ko‘karish xususiyatini yo‘qotmaydi. Daraxtdan tayyor-luugan urug‘ qog‘oz yoki mato qopda saqlanadi. Ushbu daraxt-nmg urug‘i erta ko‘klamda yaxshi, tobida qizigan yer maydoni-du oldin iliq suvga 2 kun ivitib qo‘yilib, so‘ng sepiladi. Uning ekilgan urug‘i tez unib chiqadi.
lirug‘i egatning har metriga 3-4 gr dan, 3-4 sm chuqurlikda ekib boriladi. Urug1kuzda ekilganda marza ustini qipiq yoki so-inon kabilar bilan bekitib chiqiladi. 0 ‘simlik nihollari nozik bo'lganligidan tez-tez sug‘orib turiladi. Qalamchasidan ham ko‘paytirish mumkin. Tez o‘suvchi tur bo'lganligidan bir yoshli ko'chatidan ko‘chirib o‘tqazish mumkin. Manzarali ko'chatxonasi yer maydoni 3-5° qiyalikda, xoloz tuproqli yer innydonlarida tashkil etiladi. Ko‘kalamzorlashtirish sohasida UNhbii daraxt ko‘chatidan soliter (yakka tartibda), guruh holida inlirohat bog‘lari, xiyobonlar, yo‘laklar atrofida nafis ko’rinishdagi kompozitsiyalar barpo etishda foydalaniladi.
Soliter (yakka tartibda), guruh holida istirohat bog‘lari, xiyobonlar, yo‘laklar atrofida o'zgacha ko‘rinishdagi kompo/.itsiyalar hosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |