4.2-rasm. Suv havzalari atrofmi ко‘kalamzorlashtirish uslublari.
Aralash holdagi ko‘kalamzorlashtirish uslubida muntazam va peyzaj uslubi birgalikda qo‘llaniladi. Bunda arxitektura landshaftiga ega bo‘lgan binolar, inshootlar; bog‘-parklarga kiraverishdagi har xil ko‘rinishdagi darvozalar, ma’lum mazmun kasb etadigan haykallar yoki monumentlar, faworalar, shuning dek, biror-bir geometrik ko‘rinishga ega bo'lgan gulzorlaming o‘simliklar vositasida tasvirlanishidan iborat bo‘ladi. Shuning dek, ko‘kalamzorlashtirishda muntazam klassik uslubdan bosh qa landshaffli (Angliya) uslubda ham yashil hududlar barpo etish rejalashtiriladi.
37
4.3-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishning landshaft uslubi.
Landshaft uslubida ko‘kalamzor hududlar barpo etishda atrof-muhit landshaftini tabiiy holicha saqlab qolish, ular orasida ko‘kalamzorlashtirishning har xil ish turlarini bajarish: so‘qmoq yo‘llar tashkil etish, o‘sib rivojlanayotgan o'simlik turlariga tabiiy suv yo‘nalishini tashkil etish, buloqlar, irmoqlar va ular atrofidagi o‘simlik dunyosini tozaligicha ushlab turish kerak bo‘ladi. Buning uchun mutaxassis joyning manzarali va o‘simlik dunyosining biologik xususiyatiga e’tibor berib borishi lozim va hokazo. Shuningdek, o‘simlik olamining bino va inshootlar arxitektura landshaft ko‘rinishiga mosligi ham talab etiladi. Ulami to‘g‘ri joylashtirish kerak.
Nazorat savollari
Ko‘kalamzorlashtirishning umumiy tamoyillari.
Ko‘kalamzorlashtirishning asosiy uslublari.
Manzarali o‘simliklardagi ranglar majmuasini tushun-
tiring.
Garmonik, disgarmonik va nyuans ranglar nima?
Peyzaj va landshaft uslublari.
38
TO‘RTINCHI BOsLIM V bob. Ko‘kalamzorlashtirishda kompozitsiya shakllantirishning kompozitsion turlari
Kompozitsiya ma’lum bir maydonda ko‘kalamzorlashtirish-ning har xil elementlari va predmetlami badiiy asar yaratish maqsadida joylashtirish san’atidir. U ma’lum fikmi bildiradi. Hamma yashil daraxtzorlar bog‘ - saroy (park) san‘atining asaridir. Shu maqsadda daraxtzorlami yaratishda kompozit-siyaning umumiy yo‘llarini bilish kerak (joylashtirish uslubi, koloriti, kelajagi, proporsionalligi va mashtabi, kompozitsiya-ning markazi, soya va yorug‘likning nisbati, kontrastligi, gullashning beto‘xtovligi) daraxtlar, butalar, gullar, gazonli o‘tlar, arxitektura elementlari va inshootlaming kompozitsiya tarzida joylashishini bilish zarur.
Daraxtlar, butalar, gullar, binolar va boshqa inshootlaming har xil rangli bo‘lishi ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonning badiiy ko‘rinishini yaratishda asosiy ahamiyatga egadir.
Inson nigohi ranglaming to‘lqin uzunligi 400 dan 700 mikrometr (mkm)gacha bo‘lganini qabul qiladi. To‘lqin uzunligi 400 - 430 mkm bo‘lganlari binafsharang bo‘lib qabul qilinadi, 470 - 500 mkm havorang, 500 - 570 mkm yashil, 570 - 590 mkm sariq, 590 - 630 mkm och sariq, 630 - 700 mkm qizil ranglar. Bu nurlaming birlashmasi kunduzgi yomg‘lik sifatida his qilinadi. To‘lqin uzunligi 400 mkm dan kam bo‘lgani ultrabinafsha, 700 mkm dan uzuni infraqizildir. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar ko‘rinmaydi. Yuqorida takrorlangan o‘simliklar turidan yon atrofga tarqaladigan va tovlanib turadigan bu nurlar ko‘kalamzor hududlarda ajoyib jonli landshaft namoyon qiladi.
Dostları ilə paylaş: |