Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə83/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

Xiyobonlar bog‘-parklarda,aholi hududlarida piyodalaT yuradigan, ikki tomoni manzarali daraxt va butalardan iborat bo‘lgan yashil hududlardir.Uning kengligi 18-50m va undan-da ko‘proq bo‘lishi mumkin. Xiyobonlar maydoni quyidagi o‘lchamlarda taqsimlanadi:

-yashil o‘simliklar hududi uchun - 65% yer maydoni; -gulzorlar barpo qilish uchun - 4-5%;


-tashrif buyuruvchilar sayr qilishlaridagi yo‘l va yo‘laklar uchun - 37%.


Xiyobonlar ochiq va yopiq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Ochiq xiyobonlarda daraxtlar nafis ko‘rinishda, piramidasimon yoki sharsimon shoxlangan bo‘ladi. Yopiq xiyobonlarda daraxt shoxlari tarvaqaylab o‘sgan, qalin soyali (eman, kashtan, sadaqayrag‘och va boshqalar) bo‘ladi. Bog‘larda har xil turdagi doim yashil (samshit, biota va virgin archalaridan) o‘simlik-lardan jonli devorlar tashkil etiladi. Shuningdek, hozirgi zamo-naviy ko‘kalamzorlashtirishda ulardan har xil turdagi hay-

192


kalchalar, turli xil hayvonlar va qushlaming ramziy belgilari yasalib keng foydalanilmoqda.




Jonli devorlar daraxt yoki buta o‘simliklaridan hosil qilingan, balandligi 0,5 m dan 4 m gacha boradigan, qalinligi 1-1,3m gacha yetadigan yashil devorlardir.

14.4-rasm. Ko‘kalamzor hududlardagi yashil devorlar.


Bunda bir qatorli ekishda qatorda 0,67m - bu soya solib turuvchi daraxt turlari uchun. Yorug'sevar daraxt turlari uchun qatorda 1,0 metr.Ikki qatorli ekishda qatorda 1-1,25m, qator orasi esa 0,5-0,6m dan iborat sxemada joylashtiriladi.




Kolalar bog‘chalari va maktablarni ko‘kalamzor!ashtirish Biror-bir hududni ko‘kalamzorlashtirishdan oldin uning

qanday xususiyatlari borligi va qanday maqsadda amalga oshirilayotgani oldindan o‘ylab rejalashtiriladi.Bolalar bog‘cha­ inri, dam olish oromgohlari va maktablar atrofini ko‘kalamzor-lashtirish bunday maskanlar hovlilarini tashqi shovqindan, chang-to‘zon zarralaridan himoyalaydi. Bog‘cha va maktab hov-lisida mikroiqlim yaratadi. Ushbu hududlarda har xil turdagi mnnzarali yaproq va nina bargli daraxt, buta va gul turlaridan



193


barpo etilgan kompozitsion ko‘rinishlar yoshlarni tabiatni, uning o‘simlik va fauna olamini sevishga, asrab-avaylashga undaydi.

14.5-rasm. Olquv maskanlari atrofidagi tog‘li kompozitsiyalar.


Chunki manzarali o‘simliklaming navbatma-navbat gullab turishi, turli xil barglarining tovlanishi, ularda sayroqi qush-laming in qo‘yishi va sayrab turishi bolalaming qiziqishini orttiradi.


Olib borilgan kuzatuvlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bolalar ochiq havoda sayr qilgan, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazganda yil fasllariga bog‘liq holda qatnashadi. Masalan: bolalar qishda 33%; bahor va kuz faslida 48%; yilning yoz faslida 90% ni ochiq havoda o‘tkazadi.


Bolalar bog‘chalari va maktablar hududida bugungi kunda quyidagi ko‘rinishdagi sport maydonchalari va inshootlar qurishga ruxsat beriladi: har xil o‘yinlar o‘tkazish uchun umu­ miy maydonlar, bog‘chalarda alohida bolalar guruhi uchun tashkil etilgan maydonchalar, har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan manzarali besedkalar, maktablarda futbol va voleybol maydon­ chalari, tortilish tumiklari joyi, noyob hayvonchalar va qushlami saqlash joylari, suzish havzalari va yopiq ayvonlar quriladi.



194

14.6-rasm. Ko‘kalamzor hududlardagi tog‘li sharsharalar kompozitsiyasi.


Shuningdek, maktablarda botanika va biologiya fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarini olib borishda har xil manzarali va movali daraxtlar, butalar turlaridan bog‘lar tashkil etiladi.

14.7-rasm. Bolalar va o‘simliklar dunyosi.



  1. Bolalar bog‘chalari hududi quyidagi ko‘rinishda ko‘ka Um/.orlashtiriladi:

195


-yashil daraxtzorlar, ya’ni o‘simlik dunyosi uchun-60%; -har xil maydonchalar uchun - 20% ;


-kichik xiyobon va yo‘laklar uchun - 8%;
-imorat va inshootlar uchun - 12 % yer maydoni ajratiladi.



  1. Maktablar hududi quyidagi tartibda ko‘kalamzor hudu larga ajratiladi:

-yashil o‘simlik dunyosi uchun 53-55% yer maydoni; -yo‘l, yo‘laklar va har xil maydonchalar uchun 35%; -har xil inshootlar uchun 10-12% yer maydonlari ajratiladi. Yirik bolalar bog‘chalari,dam olish oromgohlari va mak-


tablarda lga hisobidan 150-180 donagacha manzarali daraxt va 2000-2500 donagacha manzarali butasimon o‘simliklar joylash-tiriladi. Bolalar bog‘chalari va maktablarning tashqi muhit bilan chegaralarida ikki qatorli himoya qatorlari: eman, Pensilvaniya shumtoli kabi yirik, uzoq yashovchi daraxt turlaridan ekib boriladi. Bolalar yoz faslining issiq kunlarida soya joylarda dam olib o‘ynashi uchun sersoya yaproq bargli daraxtlar joylashti-riladi. Masalan: kashtan, yapon saforasi, sadaqayrag‘och, arg‘u-von, jo‘ka va kashtan bargli eman.

14.8-rasm. Yashil hududlarda ko‘p yillik gullardan foydalanish.


196

Bog‘cha va maktablarga kiraverishda har xil tikansiz gul turlaridan gulzorlar barpo etiladi, bolalar o‘simlik va gullami sevib ardoqlab ularga e’tibor qaratadi, ularga havo issiq bo‘lgan kunlarda suv quyadi, begona o‘tlardan tozalaydi va hokazo. Lekin bog‘cha va maktablaming, bolalar dam olish joylarining yaqinida tikanli va o‘zidan yoqimsiz hid tarqatadigan o‘simliklar ekib bo‘lmaydi. Chunki o‘ynab yurgan bolalar bexosdan tikanli yoki noqulay gaz tarqatuvchi o‘simliklardan jarohat olib qolishi mumkin.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin