Shifoxonalar va sanoat korxonalarini
ko‘kalamzorIashtirish
Ko‘kalamzorlashtirishning asosiy xususiyatlaridan yana biri
odamlar ko‘proq harakatlanadigan shifoxonalar va sanoat korxo-nalarida yashil hududlar barpo etishdan iboratdir. Shifoxonalar atrofini ko‘kalamzorlashtirish shifoxonaning umumiy sxemasi-dan (bo‘limlar, korpuslaming joylashishidan, qurilish maydon-chalarining tuzilishidan) va manzarali daraxt, buta turlarini joylashtirishdan kelib chiqadi.
14.9-rasm. Dam olish oromgohlari atrofidagi doim yashil archazorlar.
197
Shifoxonalar va sanoat korxonalari atrofida yashil hududlar barpo etishdan maqsad shifoxona bemorlari hamda sanoat korxonalari ishchi-xodimlari kunlik faoliyatida uning hududida havo tarkibi doimo toza bo‘lishi,unda mikroiqlimning mavjud bo‘lishi, hovlida sanitar-gigiyenik sharoitning me’yorida bo‘lishi va hovli ichki hayot faoliyatini tashqi shovqin-surondan, garmsel va chang zarralaridan himoya qilishdan iboratdir. Natijada bemorlar soya-salqin joylarda bemalol dam oladi, sayr qiladi. Ishchilar tushlikda, biroz bo‘lsa-da, hordiq chiqaradi. Ushbu hududlarda o‘ta manzarali, sersoya, keng yaproqli va yam-yashil nina bargli daraxtlar: eman, kashtan, go‘zal katalpa, ipak akatsiya, arg‘uvon va suv bo'ylarida majnuntollar, dam olish besedkalari atrofida manzarali butasimonlar va anvoyi gullar joylashtiriladi.
Bu esa, o‘z navbatida, dam oluvchi bemorlar va sanoat korxonalari ishchi-xodimlari uchun toza havo manbaidir.Yashil o‘simliklar havo tarkibini tozalaydi va havo tarkibidagi zaharli gazlami o‘zida ushlab qoluvchi fitonsidlar ajratadi.
Ko‘kalamzorlashtirilayotgan maydon shifoxona umumiy yer maydonining 70% qismini tashkil etishi yoki har bir bemorga 50 m2 yashil hudud to‘g‘ri kelishi kerak. Yo‘lovchilar yo‘lagi, yo‘llar va kichik xiyobonlar uchun yer maydoni 17% dan oshmasligi kerak. Manzarali daraxt va butalar qatorga olib yoki guruh holida joylashtirilib boriladi.Shifoxona hududida o‘zidan noxush hid tarqatuvchi o‘simliklami ekishga ruxsat berilmaydi. Chunki bunday havo tarkibi ba’zi bemorlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Sanoat korxonalarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari korxo-nalarga kiraverishdan boshlab bajariladi. Masalan, korxonaga kiraverishda uning ishlab chiqarish faoliyatiga mos qandaydir belgi yoki biror-bir yodgorlik, favvoralar o‘matilib, ular atrofida manzarali uzoq yashaydigan daraxt va butalar joylashtiriladi. Bular oddiy eman, go‘zal katalpa, sadaqayrag‘och, kashtan bargli eman, soxta kashtan va suv bo‘ylarida majnuntol, yapon
saforasi, virgin archasi. oq qayin va Tyan-Shan qora qarag‘aylari belgilangan sxemada ekilib, o‘ziga xos kompozitsiyalar yarati-ladi.
Zarar ko‘rsatish darajasiga qarab ishlab chiqarish korxo nalari besh sinfga bo ‘linadi:
I sinf. Yirik kimyoviy, metallurgiya, sement, neftni qayta ishlash korxonalari, yirik elektrostansiyalarda yashil himoya qatorining eni 1000 m dan iborat bo‘ladi.
sinf. Unchalik katta bo‘lmagan kimyoviy va metallurgiya korxonalarida ihota daraxtzorlarining eni 500 m dan iborat bo‘ladi.
1П sinf. Terini qayta ishlash, qog‘oz ishlab chiqarish va tola ishlab chiqarish korxonalarida himoya qatorining eni 300 m dan iborat bo‘ladi.
14.10-rasm. Faworalar va yashil o‘simlik dunyosi.
IV sinfi. Qurilish mahsulotlari, shifer, g‘isht, oyna, chinni, tamaki va paxta tozalash zavodlarida ihota daraxtzorlari qatorining eni 100 m bo‘ladi.
V sinfda parfyumeriya,oyoq kiyimlar, konserva, non, soat vu csdalik sovg‘alar ishlab chiqarish zavodlarida himoya daraxt-y.orlarining eni 50 m dan iborat sxemada tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: |