205
15.3-rasm. Maysazor fonidagi gullar, manzarali daraxt va
butalaming nafis ko‘rinishdagi kompozitsiyasi.
Natijada o‘simlikning asosiy qismi nobud bo‘ladi, qolgan qismi juda sust o‘sadi, maysazoxning umumiy manzarali ko‘rinishi yo‘qoladi. Shuning uchun chimzor barpo etishda joyni to‘g‘ri tanlash va tuproqni tayyorlab olish muhim ahamiyatga egadir. Demak, maysazorlar barpo qilish uchun, awalo, yer maydonlari to‘g‘ri tanlanishi va zarur bo‘lgan loyiha tuzilishi talab qilinadi. Odatda, loyihada yeming tuzilishi, ya’ni relyefi bo‘yicha tekislash, yo‘llar va manzarali daraxt hamda butalaming joylashuvi, yer osti va usti kommunikatsion tizim-larini o‘tkazib olish, shuningdek, sug‘orish tizimlarini o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Yemi tayyorlash dastlab 30 sm chuqurlikda yer maydonlari ni haydab tekislab olishdan boshlanadi. So‘ng yer yuza qismiga chirigan go‘ng (10-15kg:m2), mayda qum (yengil tuproqda 8-10kg:m2, og‘ir tuproqqa 10-15kg:m2), ammofos (200-250g:m2) va kaliy o‘g‘iti 70-100g:m2 o‘g‘it aralashmasi bir tfclds yoyib chiqiladi va aralashma tuproq bilan qorishib ketishi uchun 10-15 sm chuqurlikda mayin chopiq qilinib, xaskash yordamida yana bir bor aralashtiriladi. Nihoyat yer yuza qismi taxtacha yordamida tekislanib, og‘irligi 20-30 kg bo'lgan g‘altak yordamida zichlanadi.
206
Urug‘lami sepish. Maysazorlar, asosan, urug‘ sepilib barpo etiladi (raygras, betaga (ovsyanita), oddiy maysazorlar uchun aralash urug‘lar sepiladi (betaga - 30%, qo‘ngirbosh, simirik (polovita belaya)- 10, raygras - 30%. Urug‘lami sepish me’yori: raygras - 80 - 100 kg/ga, ovsyanita - 100-120, qo‘ng‘irbosh 45-55, polovita 20-25 kg/ga.
Maysa o‘tlar urug‘lari 15-fevraldan 15-martgacha va kuzda 15-oktabrdan 5-noyabrgacha sepiladi. Sepish chuqurligi-0,5-3 sm. Urug‘lar sepilgandan so‘ng tuproqning ustki qismi Ickislanadi, suv sepiladi. Raygrasning urug‘lari 10 kundan so‘ng, qo‘ng‘irboshniki 15-17, ovsyanitaniki 12-14 kundan so‘ng unib chiqadi.
Chimlash, chim bosish usuli maysazorlar, qiyaliklarda kamroq, asosan, tekis yerlarda qo‘llaniladi. Chim 30x15; 30x20; 60-60 x 20-30 sm kattalikda va 8-10-15 sm qalinlikda kesiladi, so‘ng ular darrov o‘z joyiga ekiladi. Chim bosish yalpi, tasma va kataksimon shaklda olib borilishi mumkin.
Vegetativ usul: ildizlari kesiladi yoki ustki novdalari 3-5 sm u/unlikda kesiladi, uchastkaning ustiga sepiladi, chirindi bilan yopiladi (2-3 sm), (chirindili tuproq bilan), tekislanadi va suv sepiladi.
Gidrosepish. Suv sepiladigan mashinaga urug‘lar, o‘g‘it, suv, bitum emulsiyasi, lateks emulsiyasi joylashtiriladi va kerakli joyga sepiladi. Aralash materiallaming sepilish miqdori -
m2yerga; kichik - 400, bitum emulsiyasi 1, notekis - 40, suv -
4,5 g, maydonga superfosfat - 3 g, ammiakli selitra -6, xlorli kaliy 2 g.
Maysazorlarda parvarishlash ishlarini olib borish. Bunda asosiy ishlar quyidagicha: sug‘orish, o‘rish, begona o‘tlami olish, o‘g‘itlash, ta’mirlash, kasallik va zararkunan da Iardan himoya qilish. Yomg‘irlatib sug‘orish.
Muntazam ravishda maysazorlaming ustki qismi kesilib turiladi. Buning uchun maysani kesadigan elektrli, benzinli motorli maysao‘rgich (gazonokosilka), ishlatiladi. Har 7-10 kun
da 3-4 sm balandlikkacha kesiladi. Maysazorlarda birinchi kesish maysa 10-12 sm o‘sganda o‘tkaziladi. Bundan ertaroq kesilsa, yosh o‘simliklarga jiddiy shikast yetkazish mumkin. Agar vaqtidan kech kesilsa, pastki qismiga soya berib, xlorofill miqdorini kamaytiradi va kesilganda moddalar almashinuvi buziladi. Keyingi kesishlar esa maysaning holati, ob-havo sharoiti va vegetatsiya davri(yil)ga qarab 5-8 sm bo‘lganda bajariladi. Kesishlar bir oyda 4-5 marotabagacha o‘tkaziladi. Kesish ishlari bajarilgandan so‘ng o‘rilgan maysa qoldiqlari maydondan olib chiqib tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |