202
TO‘QQIZINCHI BO‘LIM
XV bob. Ko‘kalamzorlashtirishda gulzorlar va maysazorlarni tashkil qilish va mavsumiy gul 0‘simIiklaridan foydalanish
Gulzor barpo etish uchun quyidagi ishlar bajariladi: tuproq tayyorlanadi, gulzor loyihadan amalga o‘tkaziladi; gul ko‘chatlari ekiladi; gulzor parvarish qilinadi.
Gilam-mozaika o‘simliklari uchun tuproq 10-15 sm gacha yumshatiladi, yozgi gullar uchun - 30 sm, yirik, ko‘p yil о‘sa il iganlar uchun 40 sm georgina va pionlar uchun - 50-60 sm dan iborat о‘lchamda joylashtiriladi.
15. l-rasm. Klumbaning gilamli-mozaika ko‘rinishidagi kompozitsiyasi.
Gulzomi baquwat tuproqda barpo etishda yer haydaladi, xaskash bilan tekislanadi. Agar tuproq qismi kam bo‘lsa, o'simlik tuproq bilan boyitiladi yoki yaramaydigan tuproq hnshqa tuproq bilan o‘zgartiriladi. Agar tuproqda ozuqa modda о/ bo‘Isa, unga chirindi, torf (2-6 sm qalinlikda) va mineral 0‘g‘itlar (1 m yerga № 30, K-20, R-40 g.) sepiladi. Tuproq qaytadan haydalib, unga ishlov beriladi.
Loyihalash jarayonida gulzorlaming ishchi chizmasiga rnsmning konfiguratsiyasi (shakli) chiziladi. Uning kattaligi,
gullaming nomi ko‘rsatiladi. Bo‘yi balandroq gullar yaqin joylashtiriladi, bo‘yi pastlari esa periferiyaga yaqin bo‘ladi.
15.2-rasm. Gullaming turini tanlashda ulaming gullash vaqti, rangiga e’tibor beriladi.
0 ‘zbekistonda ko‘kalamzor hududlarda klumba va rabat-kalar ikki faslga mo‘ljallab barpo etiladi. Kuzda ikki yilliklar va piyozlilar ekiladi. Ular erta bahorda gullaydi, ikki yilliklari esa qishda ham gullaydi. Bu o‘simliklar bahorda gulli bezak beradi. May oyida ulaming о‘mini yozgilar va gilamsimon o‘simliklar egallaydi.
Ishchi chizmaga muvofiq ravishda, gulzoming shakli amalga o‘tkaziladi. Buning uchun ruletka, qoziqlar, shnur, bur-chak, shablon ishlatiladi. Murakkabroq bo‘lgan suratni amalga o‘tkazish uchun kletkalar yoki trafaret qo‘llaniladi.
Peyzaj usulida barpo etiladigan gulzorlar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: arabeska, parter, miksborder, rokari, alpinariy va h.k.
Arabeskalar - klumbaning har xil murakkab ko‘rinishdagi shakli bo‘lib, tashqi ko‘rinishi turli xil gullar, barglar, qush va hayvonlar timsollarmi shakllantiruvchi ko'rinish namoyon etadi.
Miksborder —to‘g‘ri geometrik yoki erkin shaklda tasvirlan-gan keng rabatka yoki gulzordan iborat kompozitsiyadir.
Наг xil turdagi gulli massivlami gazon bilan uyg‘unlashgan holda ham tashkil etishimiz mumkin.Agar gulli massivlar past bo‘yli gul o‘simliklaridan tashkil topgan bo‘Isa,bunday gulzorlar “gilamli kompozitsiya”, ko‘rinish faqat atirgullardan tashkil topgan bo‘lsa, “rozariy” deb ataladi.
Ko‘chatlar quti, polietilenli xaltacha yoki tuvaklarda kelti-riladi. Ekishdan oldin ko‘chat asta-sekin sug‘oriladi. Ko‘chatlar crtalab yoki kechqurun ekiladi, yaxshisi, bulutli kunda ekish kerak. Ko‘chatlar orasidagi masofa 15-20 sm. Ko‘chatlar ekil gandan so‘ng 2 hafta o‘tib, 1 m2hisobida ammiakli selitra 15 g, superfosfat - 30 g, xlorli kaliy - 20g, ko‘p yilliklari 3 marta o‘g‘itlanadi: bahorda ammiakli selitra bilan, iyulda ammiakli selitra, superfosfat va kaliyli xlor bilan, kuniga 1-2 marta sug‘oriladi, begona o‘tlar olinadi (faslda 5-6 marta), tuproq yumshatiladi.
Gilamsimon va bordyurli o‘simliklar 6 - 1 0 marta kesiladi. Maysazorlar barpo etish uchun urug‘ sepiladi, chim ekiladi,
vegetativ usul bilan ekiladi. Buning uchun maysazorlar barpo qi-lishning maxsus texnologiyasi mavjud. Eng asosiy tadbirlardan biri yer maydonlari tuprog‘ini tayyorlab olishdir. Mutaxas-sislaming bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, tuproq shu qadar mayin bo‘lishi zarurki, gazon urug‘larining o‘sib chiqishiga ta’sir qil-masligi kerak. Chunki faqat unumdor, mayin va mayda donador tuproqda suv, havo, ozuqa moddalar almashinuvining talab etila digan me’yorda bo‘lishini ta’min etishi mumkin. Unumsiz, tar-kibida organik moddalar yetarli bo‘lmagan,qurilish maydo-nining chuqur qatlamidan olingan tuproqlar gazon uchun yaroqsiz hisoblanadi. Bunday tarkibdan iborat bo‘lgan tuproqlarda ekilgan o‘t urug‘lari boshida to‘liq unib chiqishi mumkin, ammo chimli maydonlar sug‘orilishi natijasida tuproq /.ichlasha boshlaydi, o‘simlik ildiz tizimi pastga va yon tomonga o'sib, rivojlanmasdan qisilib qoladi.
|