Qishloq hududlarini ko‘kalamzorIashtirish
Aholi yashash hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda shahar sharoitida qanday tartibda ish olib boriladigan bo‘lsa, qishloq aholi yashash hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda ham xuddi shunday tashkiliy ishlar olib boriladi. Faqat qishloq hududlarini ko‘kalamzorlashtirishning o‘ziga xos jihatlari bor. Bu esa hudud yer relyefining tuzilishiga va majud o‘simlik dunyosining turlariga bog‘liq holda bajariladi. Qishloq joylarida uning hududi quyidagicha past-baland hududlarga ajratiladi:
Selitibli (odamlar ko‘proq harakatlanadigan) hududl Bular aholi yashaydigan uy-joylar, hovlilar, jamoa va maishiy-madaniy imoratlar; sanoat uchun ajratilgan chorvachilik va parrandachilik fermalari, mahsulot saqlash bazalari va bosh-qalar.
Ushbu hududni ko'kalamzorlashtirishda aholi yashash hududlari bilan chorvachilik fermalari mavjud hududlar alohida ajratilgan holda, o‘ziga xos bo‘lgan, uzoq yashovchi, mahalliy sharoitga mos daraxt va buta turlari bilan yashil ihotazorlar tashkil etadi. Bunda daraxt turlaridan himoya to‘siqlari tuzishda birinchi qatorda yirik daraxtlar, ikkinchi qatorda birinchisiga nisbatan ozroq past bo‘yli daraxtlar va keyingi qatorda butasimonlar joylashtiriladi. Masalan: terak turkumi, qayrag‘och turkumi, tikansimon glidechiya, oq akas, dala zarangi, sharq chinori, jiyda turkumi, sharq biotasi; soy bo‘ylarida oq va qora tollar, terak turkumi; jarliklar bo‘ylab: aylant, dala zarangi, qizil va sariq do'lana, pista va boshqa mahalliy sharoitga mos bo‘lgan turlar joylashtiriladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri aholi yashaydigan uylar atrofida unchalik yirik bo‘lmagan manzarali daraxt va buta turlaridan guruh holida yoki daraxt, butalar qatorga olib joylashtirib boriladi. Uylar, ba’-zan, o‘rab olinib, uzumlar so‘riga ko‘tariladi, doim yashil jonli devorlar tashkil etiladi. Hovlilarga kiraverishda unchalik yirik bo‘lmagan rabatkalar yoki chirmovuqli gul o‘simliklaridan man zarali ko‘rinishlar tashkil qilinadi.
200
14.11 -rasm. Qishloq hududidagi olmazor bog'lar va
nina bargli daraxtlar.
Qishloq hududidagi tashqi zona. Bu hududda, asosa mevali bog‘lar, tomorqalar, qishloq uylari atrofidagi ihota daraxtzorlari bo‘ladi. Bunda turar joylar va xo‘jalikdagi mavjud ishlab chiqarish binolari hamda inshootlar oralig‘idagi ihota qatorining eni 30 m dan 300 m gacha bo‘lishi kerak.
Qishloqqa kiraverishdagi avtomobil yo‘lining ikki tomoni da mahalliy terak turkumidan ajoyib ko‘rinishdagi ihota qatori tashkil etiladi. Chunki mirzaterak avtomobildan chiqadigan za-harli gazlarga chidamli boladi. Masalan, Yaponiyada avtomo-billar harakatlanayotgan yo‘llar atrofida mirzateraklardan himoya daraxtzorlari tashkil etilgan.
Qishloq hududlaridagi har xil yodgorliklar, haykallar va monumentlar atrofida mahalliy sharoitga chidamli bo‘lgan yaproq va nina bargli daraxt, buta turlaridan yashil hududlar, shuningdek, har xil turdagi bir, ikki va ko‘p yillik gul turlaridan kiumbalar, gulzorlar barpo qilinadi.
201
14.12-rasm. Qishloq hududidagi ishxonalar atrofmi
ko‘kalamzorlashtirish.
Bunda yaproq bargli daraxtlardan: terak turkumi, yapon sa forasi, oq akas, sadaqayrag‘och, dala zarangi, suv bo‘ylarida majnuntol, qora tol; nina bargli sharq biotasi, virgin archasi, janubiy hududlarda Eldor qarag‘ayi; chorva komplekslari bilan chegaradosh hududlarlarda jiyda turkumi, tikansimon gledichiya, mayda bargli qayrag‘och va boshqalar ekib, o‘z ko‘rkiga ega bo‘lgan kompozitsiyalar tashkil etiladi. Qishloq hududlarida bugun faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlar va dehqon xo‘jaliklari dala shiyponlariga kiraverishda yo'lning har ikki tomonida mahalliy sharoitga mos bo‘lgan manzarali daraxt va buta turlaridan ihota qatorlari tashkil etiladi. Chunki qishloq hududlarida yirik ishlab chiqarish sanoat korxonalari bo‘lmaganligidan bu joylarda qimmatbaho daraxt ko‘chatlarini (kumushrang bargli yoki havo rang bargli qarag‘ay) ekishga sharoit boimaydi.
Dostları ilə paylaş: |