10
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida yuzlab
akademik litsey va kasbhunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi.
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o‘sdi.
Haykaltarosh
I.Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali,
Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg‘ona va Quvada alFarg‘oniy
(1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh
R.Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M. Bobur» (1993, Andijon), «Abdulla Qodiriy» (1994,
Toshkent), «Cho‘lpon» (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal
va
yodgorliklar
yaratildi.
1999-yilda
Termizda «Alpomish»
haykali va
majmuakompozitsiyasi (A.Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi.
O‘zbekistonda qadimdan amaliy san’at o‘ziga xos tarzda rivojlanib kelgan.
Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik,
zargarlik, ganchkorlik,
yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik,
kashtachilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik,
bezakchilik kabi amaliy san’at turlari tiklandi va yangi ma’nomazmun bilan
rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san’ati ham jadal
rivojlanmoqda. Tasviriy san’at, rassomchilik san’atining rivojida 1997-yilda tashkil
etilgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina»
respublika ijodiy
uyushmasi muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir
Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini
uyg‘otuvchi qator san’at asarlari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur
Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va miniatura san’ati
yangi
ma’nomazmun bilan boyidi. Shahar ko‘chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi
rasmlar o‘rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzurhalovat, zavq
bag‘ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.
Dostları ilə paylaş: