9
Badiiy
adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik
mafkuraviylik kabi aqida
hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi.
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrabavaylash, ozod va obod Vatan qurish,
barkamol
insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu
bo‘lib qoldi. Badiiy adabiyot rivojiga H.Karomatovning «Qur’on va o‘zbek
adabiyoti»,
O.Sharofiddinovning
«Cho‘lponni
izlab»,
B.Qosimovning
«Maslakdoshlar» asarlari ijobiy ta’sir etdi.
Abdulla Oripov,
Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov,
Xurshid Davron kabi
ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘
bobokalonlarimiz Amir
Temur, Mirzo Ulug‘bek, Z.M. Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va
milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi.
Shukrulloning «Kafansiz ko‘milganlar» romanida,
Nazar Eshonqulovning
«Qora kitob» povestida, O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog‘ay
Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq
boshiga solingan behad kulfatlar, g‘amalamlar haqqoniy tasvirlangan.
Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin
odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat
ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi,
ularga nisbatan nafrat tuyg‘ulari tarannum etiladi.
Omon Muxtorning «To‘rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning
«O‘zbeknoma»
tarixiyfalsafiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning «Biz kim,
o‘zbeklar» badiiytarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A.Qutbiddinning «Izohsiz
lug‘at» she’riy asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: