14
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi «Muzeylar faoliyatini
tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni va uning bajarilishini
ta’minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998yil 5 dekabrda qabul qilingan
«Muzeylar
faoliyatini
qo‘llabquvvatlash
masalalari
to‘g‘risida»gi
qarori
mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi.
Madaniyat
ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg‘armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi,
Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va
moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga
olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan
moliyaviy jihatdan qo‘llabquvvatlandi. Muzeylar
faoliyatini muvofiqlashtirish,
ilmiyuslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlash maqsadida
1998-yilda
«O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining
muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali
ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila
boshlandi. Faqat 1999-yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy
yodgorliklar bilan boyidi.
O‘zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta
muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi,
betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlareksponatlar saqlanmoqda va
aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta
shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta
arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan.
Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzeyqo‘riqxonalarida
butun
dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari
saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida
e’tirof etilgan.
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati
asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy
kamolati yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz
muzeyqo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar,
obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya,
Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining
eksponatlari namoyish etildi.
Sport. Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy
qismi sifatida rivojlantirildi.
1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy
tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda
rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport
sog‘lomlashtirish klublari, bolalaro‘smirlar sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari
bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari,
hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport
bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.1992-yil yanvarda O‘zbekiston Milliy
olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993yil sentabrda xalqaro olimpiya qo‘mitasining
101sessiyasida rasmiy e’tirof etildi.
15
Sportning boks turi jadal o‘sdi. 17 marta jahon chempioni Artur
Grigoryan, Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullayev kabi
bokschilarimiz nomi jahonga mashhur. 1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston
shahrida o‘tkazilgan X jahon chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83
mamlakat o‘rtasida AQSH va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o‘rinni
egalladi.
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng
zamonaviy Yunusobod tennis majmuyi barpo etildi.
Yunusobod tennis saroyida
19942002 yillarda O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis
musobaqalari o‘tkazildi. 1999yilning iyul oyida Londonda o‘tgan tennis bo‘yicha
yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon
uchrashuvida g‘olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo‘lga
kiritdi.
1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland
«Everest» cho‘qqisiga ko‘tarilib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar.
Mustaqillik sharofati bilan milliy o‘zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va
Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa
o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro
ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. 1999-
yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan
sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda
o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga
kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga
taraldi. Xalqaro
kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom
Karimov saylandi. 2000-2002yillarda London shahrida 3 marta Islom Karimov nomi
bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash
assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy
kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyoda e’tirof topdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o‘yinlari,
Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda qatnashib, 3000 dan ortiq oltin,
kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.Shunday qilib, mustaqillik yillarida
O‘zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma’nomazmun
bilan boyidi, jahon sportiga
qo‘shildi va xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi.
Dostları ilə paylaş: