8
O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda.
Birgina 2001-yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarfxarajatlarining 36 foizini
tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln. AQSH dollaridan ziyod chet el investitsiyasi
sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quvlaboratoriya
uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Mustaqillik yillarida
848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari
qurilib, foydalanishga topshirildi.
Respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 6 millionga yaqin o‘quvchi
ta’limtarbiya olmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos
xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi tizimini yaratishdan
iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturining birinchi bosqichi – 19972001yillarda 216 ming o‘quvchi o‘rniga ega
bo‘lgan 44 ta akademik litsey va 291 ta kasbhunar kolleji barpo etildi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta
tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 20012002o‘quv
yilida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 mingdan
ortiq magistrantlar ta’limtarbiya oldilar. 18486 nafar professoro‘qituvchilar mehnat
qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish,
qo‘llabquvvatlash bo‘yicha davlat siyosati yuritilmoqda. Bu borada xalqaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda tashkil etilgan
«Umid» jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 19972001yillarda 785 nafar yigitqiz
rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborildi. Ulardan 519
nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi
yo‘llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqda. 2002yil
iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki
talabalar qabul qilindi.
Ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi
Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning
KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASISTEMPUS ochiq jamiyat instituti,
AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari
bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSh dollari
hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab
professoro‘qituvchilari «Ustoz» jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv
yurtlarida malaka oshirib keldilar.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmunmohiyati jihatidan tengi
yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o‘zbek
modeli» deb e’tirof etildi.
Dostları ilə paylaş: